O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Mantiq fanining bahs mavzui nimadan iborat? 
2. Mantiq fanida bilish jarayoni va uni talqin qilish asoslarini aytib bering. 
3. Tafakkur qonunlari deganda nimani tushunasiz? 
4. Tafakkur shakllari nimalardan iborat? 
5. Quyida keltirilgan misollardagi fikrning shakli va mazmuni o‘rtasidagi farqni 
ko‘rsating. 
5.1. «Jamiyat», «jinoyat», «jazo»;
5.2. «Barcha jinoyatlar o‘z ijtimoiy xavflilik darajasiga ega bo‘lgan 
harakatlardir». 
5.3. «Bu jinoyat qasddan qilingan jinoyat emas». 
6. Fikrning chinligi bilan mantiqan to‘g‘riligi o‘rtasida qanday farq borligini 
quyidagi misollar asosida tushuntirib bering. 
6.1. a) IIV Akademiyasining ba’zi tinglovchilari sportchilardir; 
b) Salimov IIV Akademiyasining tinglovchisi; 
v) demak, Salimov sportchi. 
6.2. O‘g‘rilik jinoiy javobgarlikka tortiluvchi harakatdir. 
6.3. Og‘ir kunda do‘stiga yordam bermaslik jinoiy javobgarlikka tortiluvchi 
harakatdir.
7. Tilning belgilarini o‘rganuvchi fanni va uning tarmoqlarini ayting. 
8. Tabiiy va sun’iy tillar deganda nimani tushunasiz? 
18


2-mavzu. MANTIQ FANI RIVOJLANISHINING ASOSIY 
BOSQICHLARI 
• Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakllanishi 
• O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq ilmining rivojlanishi 
• Yangi davr (XVII – XIX asrlar) va hozirgi zamon mantiq ilmi 
taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari 
1. Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakllanishi 
Mantiqqa oid dastlabki fikrlar Qadimgi Gretsiya va Hindistonda 
paydo bo‘lgan bo‘lib, Aristotel nomi bilan bog‘liq. Grek mantig‘i G‘arbiy 
va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va O‘rta Osiyo xalqlarining keyingi 
rivojlanishda o‘zlashtirilgan bo‘lsa, hind mantig‘i esa Xitoy, Yaponiya, 
Tibet, Mongoliya, Seylon va Indoneziyada keng tarqalgan. Shu bois 
mantiq ilmining tarixi haqida gap ketganda, dastavval ikkita katta maktab, 
ya’ni hind mantig‘i hamda qadimgi grek mantig‘i maktablari ko‘rsatiladi. 
Hind mantig‘i dastlab fan sifatida emas, balki hind falsafasining 
tarkibiy qismi sifatida shakllangan. Shuning uchun ham hind mantig‘ining 
tarixi buddizm, braxmanizm, nyaya, vaysheshika, sankxya, yoga, vedanta, 
chorvaka hamda lokayata kabi falsafiy maktablarning tarixi bilan bog‘liq 
hisoblanadi. Manbalarda keltirilishicha, hind mantig‘ining rivojlanishi 
to‘rt davrga bo‘linadi: 
1) ilk Budda mantig‘i (ko‘p sonli silligizus) miloddan avvalgi VI – V 
asrlardan to milodiy II asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi; 
2) Nyaya va Vaysheshika mantiq maktablari ( mil. III – V asrlar); 
3) Dignaga va Dxarmakirti mantig‘i (mil. VI – VIII asrlar); 
4) taxminan VIII – XVII asrlarni o‘z ichiga oluvchi davr.
5
Hindistondagi turli maktablar o‘rtasida falsafiy bahslarning avj olib 
borishi notiqlik san’atining rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu esa, o‘z 
navbatida, mantiq ilmining dastlabki bosqichi bo‘lmish ilk Budda 
mantig‘ida notiqlik mahorati, uning qonun-qoidalari hamda usul va 
vositalari shakllanishiga olib keldi. 
Jumladan, ushbu mantiqda nutqqa ko‘p e’tibor berilib, uning chiroyli, 
izchil va mukammal bo‘lishining shart-sharoitlari ham batafsil tahlil 
5
Маковельский А.О. История логики. – М., 1967. – С. 35.
19


qilingan. Bundan tashqari, dastlabki Hind mantig‘ida besh, yetti hatto o‘n-
qismli sillogizmlar (Gautama) haqida ta’limotlar ham yaratilgan. 
Hind mantig‘ining keyingi bosqichi Nyaya va Vaysheyshika 
maktablari bilan bog‘liq bo‘lib, unda mantiq ilmi garchi tizimlashmagan 
qisqa aforizmlar shaklida bo‘lsa-da, mustaqil fan sifatida birinchi bor 
Nyaya maktabida o‘z ifodasini topadi. Nyaya maktabi qarashlari jihatidan 
Vaysheshika falsafiy maktabiga yaqin bo‘lib, Vedalarning mavqeini inkor 
etmaydi, lekin hayot haqiqatlarini zabt etishning asosiy sharti va usuli 
sifatida mantiq va uning qonun-qoidalarini ko‘rsatadi. Nyaya maktabining 
asoschisi Gautama «Nyaya sutra» deb nomlanuvchi besh kitobdan iborat 
asarining dastlabki qismlarida bahs olib boruvchi tomonlar uchun amal 
qilinishi lozim bo‘lgan bahslashish san’ati qonunlarining muayyan tartib-
qoidalarini ko‘rsatib o‘tadi. Nyaya maktabining «asosiy yodgorligi» deb 
hisoblangan mazkur kitobda, asosan, dunyoni bilish vositalari sifatida 
kategoriyalar keltiriladi.
Unda dunyoni bilishning dastlabki manbai «sezgi» deb e’tirof etiladi. 
Bilishning obyekti bo‘lib hamma narsalar, hatto voqelikda bo‘lmagan 
xayoliy narsalar ham xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, Nyaya 
mantig‘ida haqiqat va unga erishish yo‘llari sifatida isbotlash, sillogizm, 
xulosa hamda haqiqat yo‘lidan chalg‘ituvchi yolg‘onni asoslash, sofistika 
kabi masalalar har tomonlama o‘rganiladi. Masalan, xulosa uch turga 
bo‘lib o‘rganiladi: Birinchisi, sababdan oqibatga boruvchi xulosa, 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin