O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Qadimgi Sharq mantig‘i tarixining falsafiy maktablar tarixi bilan bog‘liqligi 
nimada? 
2. Dxarmakirti mantiq tizimining mohiyati nimadan iborat? 
3. Qadimgi hind mantig‘i sillogizmining tarkibini mashhur «Tepadagi olov» 
misolida tushuntirib bering. 
4. Protagorning «To‘lov borasidagi sudlashuv» asaridagi sofizmning mohiyatini 
ochib bering. 
5. Platon «Fedon» va «Davlat» asarlarida mantiqning qonunlarini qanday 
tushuntirib bergan? 
6. Aristotel mantiqda qanday ta’limotga asos solgan? 
7. Mantiq ilmining rivojida Forobiyning xizmati nimadan iborat? 
8. F. Bekon induktiv metodining mohiyatini ochib bering. 
9. Leybnis yaratgan mantiqiy qonunning mohiyati nimadan iborat? 
38


3-mavzu. MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI 
• Mantiqning qonunlari haqida tushuncha 
• Ayniyat qonuni 
• Nozidlik qonuni 
• Uchinchisi istisno qonuni 
• Yetarlicha asos qonuni 
1. Mantiqning qonunlari haqida tushuncha 
Har qanday fanning asosini uning qonunlari tashkil etadi. Jumladan, 
falsafa fanining qonunlari o‘zida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining 
umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi. Yuridik qonunlar esa fuqarolarning 
ma’lum bir jamiyatdagi xatti-harakatlarini boshqarib turish hamda 
ularning huquq va majburiyatlarini belgilab berish uchun mavjud 
hokimiyat qarori bilan ta’sis etiladi. 
Qonun va umuman qonunning tushunchalarida nimalar ifodalanadi? 
Qonun – muayyan munosabatlarda voqealar rivojining xususiyati va 
yo‘nalishini belgilovchi, narsa va hodisalarning muhim, zarur, barqaror va 
takrorlanuvchi munosabatlarini o‘zida ifodalovchi kategoriya. Bu umumiy 
ta’rifdan kelib chiqib tafakkur qonuni tushunchasini ta’riflash mumkin.
Mantiq qonuni fikr va muhokamalar o‘rtasidagi zaruriy, muhim, 
barqaror va takrorlanuvchi aloqalarni o‘zida ifodalaydi. Boshqa fanlarning 
qonunlari singari tafakkur qonunlari fikrlashning mantiqiy to‘g‘ri amalga 
oshirilishini ta’minlaydi. 
Fikr chin yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin. Voqelikka mos kelmaydigan 
fikr yolg‘on bo‘ladi. Masalan: «O‘zbekiston – Yevropa mintaqasida 
joylashgan» degan muhokama yolg‘on, chunki u davlatning geografik 
joylashuv o‘rniga mos kelmaydi. 
Fikr mazmunining chinligi tafakkur jarayonida to‘g‘ri natijalarga 
erishishning zaruriy shartidir. Zaruriy shartlardan yana biri mantiqiy 
to‘g‘ri tafakkur yuritishdir. Agar bu shartlar bajarilmasa chin fikrdan ham 
yolg‘on natija olish mumkin. 
Tafakkurning mantiqiy to‘g‘riligi mantiq qonunlari bilan shartlangan 
bo‘lib, ular tafakkur qilish jarayonida fikrlarning zaruriy aloqadorligini 
ifodalaydi. Mantiq qonunlarining buzilishi mantiqiy xatoliklarni keltirib 
chiqaradi. 
39


Mantiq fanining asosiy qonunlari ayniyat, ziddiyat, uchinchisi istisno 
va yetarlicha asos qonunlaridir. Ularda tafakkurga nisbatan umumiy 
talablar mujassamlashgan bo‘lib, mantiqiy tafakkurning asosiy 
xususiyatlarini muayyanlik, ziddiyatsizlik, izchillik va asoslaganlik kabi 
muhim mantiqiy tamoyillar ifodalaydi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin