O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

3. Nozidlik qonuni 
Mantiqiy tafakkurga xos mezonlardan biri – bu uning ziddiyatsiz 
bo‘lishidir. Ziddiyat fikrni chalg‘itib, bilish jarayonini qiyinlashtiradi.
Muayyan 
narsa yoki hodisa to‘g‘risidagi mulohaza bir vaqtning o‘zida 
o‘zgarib, boshlang‘ich mulohazaga zid kelishi mumkin emas. Nozidlik 
qonuni quyidagicha ifodalanadi: aynan bir narsa yoki hodisa haqida 
aytilgan ikki zid fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda chin bo‘lishi mumkin 
emas, hech bo‘lmaganda, ulardan biri albatta xatodir. Mazkur qonun 
doirasida muayyan narsa yoki hodisa haqida bir-biriga zid aytilgan ikki 
fikr bir vaqtda chin bo‘la olmaydi, ulardan biri muqarrar ravishda 
yolg‘ondir.
Nozidlik 
qonunining harfiy ifodasi «A va Ā» yoki «A /\ Ā» A deb 
belgilanib, unda hukm va unga qarama-qarshi bo‘lgan A emas hukmi bir 
vaqtda chin bo‘lishi mumkin emasligi ta’kidlanadi. Nozidlik qonuni 
sig‘ishmaydigan, ya’ni qarama-qarshi va zid munosabatdagi hukmlarda 
amal qiladi. Chunonchi, ikki qarama-qarshi (kontrar) hukmlardan biri 
chin, ikkinchisi yolg‘on bo‘lishi mumkin. Masalan: «Barcha ijtimoiy 
xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyatdir» (O‘zbekiston 
Respublikasi JK 14-m) hukmi – chin, «Hech bir ijtimoiy xavfli qilmish 
(harakat yoki harakatsizlik) jinoyat emas» hukmi esa yolg‘on. Biroq ayrim 
hollarda qarama-qarshi hukmlarning ikkisi ham yolg‘on bo‘lishi mumkin. 
Masalan: «Barcha guvohlar chin ko‘rsatma beradi» va «Hech bir guvoh 
chin ko‘rsatma bermaydi» hukmlarning ikkisi ham yolg‘on.
Yuqorida aytganimizdek, ikki zid (kontradiktor) munosabatdagi 
hukmlar ham bir vaqt va munosabatda chin bo‘lishi mumkin emas: 
masalan, «Mazkur jinoyatning sodir etilishida S. aybdordir» hukmi chin 
va «Mazkur jinoyatning sodir etilishida S. aybdor emas» hukmi esa 
41


yolg‘on. Yoki «Barcha ayblanuvchilar himoyachi olish huquqiga ega» 
hukmi chin bo‘lib, «Ba’zi ayblanuvchilar himoyachi olish huquqiga ega 
emas» hukmi esa yolg‘ondir.
Fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslik nozidlik qonunini 
quyidagi hollarda to‘g‘ri ifodalaydi, jumladan, agar narsa yoki hodisada 
bir belgi tasdiqlanib, boshqa bir belgi inkor etilsa, u holda hukmlar 
o‘rtasida ziddiyat bo‘lmaydi. Masalan: «Ahmad tinglovchi» va «Ahmad 
sportchi emas» hukmlari o‘rtasida ziddiyat mavjud emas, chunki mazkur 
hukmlarda gap turli narsa yoki hodisalar haqida bormoqda. Shuningdek, 
agar bizning bir odam haqida tasdiqlab yoki inkor etib aytgan fikrimiz 
turli vaqtlarda amalga oshganligini e’tiborga olsak, u holda ham fikrda 
ziddiyat bo‘lmaydi. Masalan, «Anvar tinglovchi» yoki «Anvar tinglovchi 
emas» degan ikki hukm ham chin bo‘lishi mumkin, chunki gap bu yerda 
Anvar faoliyatining turli davrlari haqida bormoqda. Fikrlash obyekti turli 
munosabatlarda ifodalanganda ham ziddiyatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Masalan, «IIV tinglovchisi Salimov jinoyat kodeksini yaxshi biladi» 
deganimizda, haqiqatan ham uning bilimlari tinglovchilarga qo‘yilgan 
talab darajasiga nisbatan «yaxshi» deb baholanishi mumkin. Lekin uning 
bu bilimlari tergov bo‘limining boshlig‘iga qo‘yiladigan talablar 
darajasida bo‘la olmaydi. Aynan shu nisbat nazarda tutilganda bizning 
«IIV tinglovchisi Salimov jinoyat kodeksini yaxshi bilmaydi» degan 
fikrimiz ham xato bo‘lmaydi.
Nozidlik qonuni mantiqiy tafakkurning muhim jihatlarini ifodalovchi 
tafakkur jarayonidagi ziddiyatsizlik va izchillikni ifodalaydi. Tergovchi 
jinoyatni ochish uchun muayyan bir taxminni o‘rtaga tashlasa va uni 
haqiqatga yaqin deb hisoblab, unga zid keluvchi fakt va dalillarni hisobga 
olmasa, u albatta xatoga yo‘l qo‘yadi. Shuning uchun ham huquq 
muhofazasi, sud va tergov amaliyotida ayblanuvchi, jabrlanuvchi hamda 
guvohning ko‘rsatmalarida uchraydigan mantiqiy ziddiyatlarni ochish va 
bartaraf qilishda nozidlik qonunini bilish katta amaliy ahamiyatga ega. 
Chunonchi, sud hukmida bayon qilingan xulosalar jiddiy ziddiyatlarga ega 
bo‘lsa, u holda hukm O‘zbekiston Respublikasi JPK 486-moddasiga 
binoan mazkur jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq kelmagan deb 
topiladi va qayta ko‘rib chiqish uchun undan yuqori turuvchi Sud 
organlariga yuborilishi mumkin. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin