O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

5. Yetarlicha asos qonuni 
Muayyan bir narsa, hodisa yoki faktlar haqidagi fikrimiz chin yoki 
yolg‘on bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham fikrning chinligini, uning 
voqelikka mos kelishini asoslash va isbotlash lozim. 
Fikrning asoslaganligi va isbotlanganligi yetarlicha asos qonunining 
talabi bo‘lib, u quyidagicha ifodalanadi: Har qanday fikr yoki mulohaza 
agar u yetarlicha asoslangan bo‘lsa yoki har bir fikr o‘z isbotiga ega 
bo‘lsagina chin deb hisoblanadi. Fikrning yetarlicha asosi yoki 
muhokamaning tasdig‘i bo‘lib tajriba, amaliyot yoki mavjud fakt va 
dalillar xizmat qiladi. Masalan, huquqiy amaliyotda ayblash va hukm 
qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi JPKning 82-moddasida ko‘zda 
tutilgan ayblov xulosalari yetarlicha asoslangan va isbotlangan bo‘lishi 
lozim. Bular quyidagilar: 
– jinoyatning obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati 
va miqdori, jinoyatning shaxsini tavsiflovchi holatlar
– sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli; 
– jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; 
– jinoyatning to‘g‘ri yoki egri, qasd bilan yoxud beparvolik yoki o‘z-
o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligining sabab va maqsadlari; 
– ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. 
44


Yetarlicha asos qonuni yuqorida ko‘rib o‘tilgan mantiqiy qonunlarga 
so‘zsiz amal qilishni nazarda tutadi hamda fikr, mulohaza va 
muhokamaning chinligini chinligi isbotlangan boshqa fikrlarning 
yordamida asoslab berilishini talab etadi. Agar «a» hukmning chinligidan 
«v» hukmning chinligi kelib chiqsa, unda «a» – «v» uchun asos bo‘lib, 
«v» – «a» asosning natijasidir. 
Asos va natijaning aloqasi implikatsiya belgisi orqali ifodalanib, a 
→v, ya’ni a – asos, v – natija shaklida bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, 
«Agar «v» mavjud bo‘lsa, uning asosi «a» ham mavjuddir». Masalan: 
qishda sodir bo‘ladigan ko‘pgina avariyalarni keltirib chiqaruvchi 
avtotransport harakatlarining yo‘nalishidagi keskin o‘zgarishlarning sodir 
bo‘lishini yo‘llarning muzlashi bilan asoslash mumkin.
Yetarlicha asos qonunining yuridik amaliyotdagi ahamiyati, eng 
avvalo, har bir qonunbuzarlik bo‘yicha qabul qilingan qarorning albatta 
o‘z asosiga ega bo‘lishi shartligini talab qilishda namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin