O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

2. Ayniyat qonuni 
Har qanday fikr muhokama jarayonida mazmunan muayyanligi, 
barqarorligi va aniqligini saqlab qolishi lozim. Bu tafakkurning asosiy 
xususiyati bo‘lgan ayniyat qonunida ifodalanadi, ya’ni muayyan 
muhokama jarayonida har qanday tushuncha yoki hukm o‘z-o‘ziga aynan 
bo‘lishi lozim. Ayniyat qonunining harfiy ifodasi a ≡ a, yoki A ≡ A 
bo‘ladi. Bu yerda «a» – har qanday fikr, tushuncha yoki hukmni 
ifodalaydi. Harflar o‘rniga har qanday konkret mazmunga ega bo‘lgan 
chin hukm yoki tushunchani qo‘yishimiz mumkin. 
Masalan: «Ahmad o‘g‘rilik qildi» yoki «Ahmad o‘zgalar mulkini 
yashirincha o‘zlashtirdi» degan ikki hukmda bir inson nazarda tutilayotgan 
bo‘lsa ham unda bir xil, ya’ni aynan fikrlar ifodalanmoqda. 
Fikrning o‘z-o‘ziga aynanligi haqida gapirayotganimizda, mantiq fani
avvalo, fikr hajmining aynanligini nazarda tutadi. A=Aga teng ifodadagi 
mantiqiy o‘zgaruvchi «a» o‘rniga turli xil konkret mazmundagi fikrlar 
(agar ular bir xil hajmga ega bo‘lsa) qo‘yilishi mumkin. 
Masalan: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti 
(I. A. Karimov) va «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarining muallifi 
(I. A. Karimov). 
Bu fikrlar formal mantiq nuqtai nazaridan bir xil hajmga ega. Chunki 
har ikkala fikrda ham bir inson nazarda tutilmoqda, ammo fikrlar mazmun 
jihatidan bir xil emas. Agar rivojlanish jarayonida fikrlanayotgan 
predmetning hajmi o‘zgarsa, u holda ayniyat qonuni amal qilmaydi. 
Ayniyat qonuni fikrimizning aniqligini ifodalab, obyektiv reallikda 
narsa va hodisalarning har doim harakatda, o‘zgarishda ekanligini, shu 
bois fikrning aniqligi ma’lum bir vaqtdagina ma’noga egaligini ko‘rsatadi. 
Chunonchi, ba’zi qonunlar vaqt o‘tishi bilan yangi davr talablariga 
mos va muvofiq keladigan qonunlar asosida to‘ldirilishi yoki yangisining 
qabul qilinishini talab etadi. Masalan, mustaqillikning dastlabki davrlarida 
qabul qilingan qonunlar hozirgi kunning talablari asosida qayta 
ishlanmoqda va to‘ldirilmoqda. Shunga ko‘ra, mazkur qonunlarning 
o‘zgarmasligi haqidagi fikrlar muayyan davrga nisbatan chinlik 
xususiyatiga ega. Ular har qanday muhokamada amal qiladi. 
40


Tafakkur qonunlari davlat tomonidan o‘rnatiladigan qonunlardan 
farqli ravishda odamlar tomonidan o‘rnatilmaydi. Ular insonning xohish 
irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda shakllanadi hamda narsa va 
hodisalarning muayyan jihatlarini aks ettiradi. Lekin ular narsa va 
hodisalarning qonuni hisoblanmaydi. 
Mantiqiy qonunlar inson bilishining ko‘p asrlik tajribasi bilan 
bog‘langan narsa va hodisalarning xususiyatlari va aloqalarini o‘zida aks 
ettiradi. 
Mantiq qonunlari tafakkur tarkibining elementlari va fikrlashning 
shakllari – tushuncha, hukm, xulosalar o‘rtasidagi to‘g‘ri 
bog‘lanishlarning zaruriy shartidir. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin