В
А
54
А
А
EMAS
O‘zaro tobelik munosabatida ikki yoki undan ortiq tushuncha bir
tushunchaning hajmiga kiradi. Masalan, «chiziq» tushunchasiga «egri
chiziq», «to‘g‘ri chiziq», «siniq chiziq» tushunchalari kiradi. «Jinoyat»,
«o‘g‘rilik», «qotillik» tushunchalarining ham o‘rtasida o‘zaro tobelik
munosabati mavjud. Chunki «o‘g‘rilik» bilan «qotillik» tushunchalari
«jinoyat» tushunchasiga tobe bo‘lib, lekin o‘zaro bir-biriga bo‘ysunmaydi.
Mazkur munosabat Eyler doirasida quyidagicha ifodalanadi:
В
А
С
3. Tushunchalar ustida mantiqiy amallar
Tushunchalar ustida umumlashtirish, chegaralash, bo‘lish, ta’riflash,
tasniflash kabi mantiqiy amallarni bajarish mumkin.
Tushunchalarni umumlashtirish usuli yordamida bir tushuncha
hajmini tashkil etuvchi buyumlarga xos bo‘lgan ayrim belgilarni birma-bir
olib tashlash yo‘li bilan boshlang‘ich tushunchaning hajmi kengaytiriladi.
Boshqacha aytganda, tor hajmdagi tushunchalardan keng hajmdagi
tushunchaga boriladi. Masalan, «yozuvchi» tushunchasidan «aqliy mehnat
egasi», «inson» tushunchalariga o‘tilganda fikr nisbatan hajmi tor
tushunchadan hajmi keng tushunchaga qarab harakatlanadi.
Tushunchalarning chegaralanishi usulida tushunchaning hajmi
toraytiriladi. Masalan, yozuvchi, o‘zbek yozuvchisi, «Navoiy» romanining
muallifi.
Tushunchani ta’riflash.
Tushunchaning mazmunini, muhim
belgilarini ochishga qaratilgan jarayon ta’riflash yoki definitsiya deb
ataladi.
55
Buyumlarning muhim belgilari ko‘pligi sababli tushunchaning ta’rifi
ularning barchasini to‘liq aks ettira olmaydi. Formal mantiqda buyumlarni
to‘g‘ri ta’riflash uchun muhim belgilarni ajrata olish tartibiga katta e’tibor
beriladi.
Ta’riflash tur, tur belgisi va jins tushunchasi sxemasida harakat qiladi.
Masalan, idrok (tur) predmetlarning yaxlit obrazini aks ettiruvchi (tur
belgisi) ruhiy jarayondir (jins tushunchasi). Mazkur ta’rifning eng yaqin
tur va jins belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflashga misol sifatida
ko‘rsatishimiz mumkin.
Ta’riflar genetik, nominal va real turlarga bo‘linadi.
Genetik ta’rif. Genetik ta’riflash (yunoncha «genesis» so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, «manba» degan ma’noni anglatadi) buyumlarning paydo
bo‘lishi va kelib chiqishini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Masalan,
«O‘zbekiston Respublikasi – Markaziy Osiyodagi, sobiq O‘zbekiston
Sovet Sotsialistik Respublikasining hududida, 1991 yil 31 avgustda paydo
bo‘lgan yangi mustaqil davlat», deb genetik ta’riflashimiz mumkin.
Nominal ta’rif. Nominal ta’rifda tushunchani ifodalagan so‘z, nom va
terminning ma’nosi bayon etiladi. Masalan, «teleskop» grekcha «tele» –
uzoq, «skop» – ko‘raman, so‘zlaridan olingan bo‘lib, osmon jismlarini
uzoqdan kuzatishda ishlatiladigan predmetdir. Demak, nominal ta’rifdan
ta’riflanuvchi terminning ma’nosini ochib berishda qo‘llaniladi.
Real ta’rif. Tushunchada ifodalangan predmetning mohiyati va
muhim belgilarini ochib berilishiga «real ta’rif» deyiladi. Masalan,
«Huquqiy davlat o‘z faoliyatida faqat qonunga suyanib ish ko‘radigan
siyosiy tashkilotdir» desak, unda biz mazkur tushunchaning barcha
mohiyatli belgilarini ochgan bo‘lamiz va bu real ta’rif bo‘ladi.
Tushunchalarni ta’riflash. Ta’riflash teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni
ta’riflanuvchi tushunchaning hajmi ta’riflovchi qismning hajmiga teng
bo‘lishi kerak. Masalan, dogmatizm – aqidalarga asoslangan hamda qotib
qolgan ta’limot (teng hajmli).
Ta’riflashda eng yaqin jins tushunchasini olish kerak. Masalan, badiiy
adabiyot – voqelikni so‘z va timsollar orqali aks ettiradigan san’at.
Ta’rifning tur belgisi faqat ta’riflanuvchi predmetga tegishli bo‘lishi
va uning boshqa predmetlardan farqini ko‘rsatib berishi lozim. Masalan,
falsafa – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojining eng umumiy
qonunlarini o‘rganadigan ijtimoiy fan.
Ta’rif inkor shaklida bo‘lmasligi kerak. Ta’riflanuvchi tushuncha
boshqa tushunchalar bilan birga ifodalanishi va uning mohiyatini ochib
berishi lozim.
56
Ta’rif badiiy iboralarsiz aniq bayon qilingan bo‘lishi kerak. Masalan,
hayot – bino kabi chuqur asos va mustahkam poydevorga ega bo‘lishi
kerak, degan fikr to‘g‘ri, lekin so‘zning ta’rifi emas.
Tushunchalarni bo‘lish. Bo‘linuvchi tushunchaning hajmini nisbatan
kichik hajmli boshqa tushunchalarga ajratish tushunchalarni bo‘lishdir.
Masalan, «davlat» tushunchasini muayyan asos «boshqarish» usuliga
ko‘ra bo‘ladigan bo‘lsak, unda yakka hokimlikka asoslangan va
Respublika tipidagi davlatlarga bo‘linadi.
Bo‘lish qoidalari:
– bo‘lish doimo bir asosga ko‘ra olib borilishi lozim;
– bo‘lishning a’zolari yoki qismlari bir-birini inkor etishi shart;
– bo‘lish mutanosib bo‘lishi lozim;
– bo‘lish uzluksiz bo‘lishi kerak.
Dixotomik bo‘lish. Dixotomik bo‘lish buyumlarni ikki guruhga, ya’ni
belgi mavjud bo‘lgan narsalar (ular odatda bo‘lish asosini tashkil qiladi)
va bu belgiga ega bo‘lmagan narsalarga ajratadi. Boshqacha aytganda,
tushuncha ikki qarama-qarshi yoki zid tushunchalarga bo‘linadi. Masalan,
sud hukmi adolatli yoki adolatsiz bo‘lishi mumkin. Hayvonlar umurtqali
yoki umurtqasizlarga, jismlar organik yoki noorganik jismlarga bo‘linadi.
Tushunchalarni tasniflash. Tasniflash predmetlarni bir-biriga
o‘xshashligi yoki farqiga qarab, ma’lum guruh, tur yoxud sinflarga
bo‘lishdir.
Bunda har bir narsa bir sinf yoki bir guruh narsaga muayyan
munosabatda bo‘lgan va bu sinfdagi narsalar tuzilishida ko‘rsatilgan
joydan o‘rin olgan bo‘ladi.
Tasniflashni tabiiy va sun’iy turlarga bo‘lish mumkin. Tabiiy
tasniflash – narsalarning muhim belgilari va ular amal qiladigan
qonuniyatlarga qarab sinf va guruhlarga bo‘lish. U sun’iy tasniflashdan
farqli ravishda, narsalarning qaysi guruhga mansubligini aniqlashda
narsadagi tegishli belgilarni hisobga oladi. Bu esa narsaning xususiyati
haqida fikrlashga imkon beradi. Masalan, muayyan bir jinoyat o‘rganilib,
uning qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida kilinganligi, qanday sharoitda
sodir bo‘lgan va uning jamiyat uchun qanchalik xavfli yoki xavfsizligi
ko‘rib chiqilgandan so‘ng, bu ish Jinoyat kodeksining qaysi modda va
bandiga oidligi aniqlanadi. Tabiiy-ilmiy tasniflashning mumtoz
namunasini D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlari davriy tizimining
jadvalida ko‘ramiz.
Tabiiy tasnif bilan birga yordamchi sun’iy tasnif ham mavjud. Sun’iy
tasnif tashqi belgilarga asoslanib, turli-tuman narsa va ularni aks ettiruvchi
tushunchalarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Masalan,
57
kutubxonadagi kitoblarning predmetiga, muallifiga qarab tartibga solish,
telefon kitobchasi yoki sinf jurnalida odamlarning familiyasini alifbo
tartibida ro‘yxatga olish va boshqalar. Sun’iy tasniflash tabiiy tasniflash
mavjud bo‘lgan taqdirda ishlatiladi. Ammo u narsalarning mohiyati haqida
xabar bermaydi.
Biz yuqorida tushunchaning mohiyatini ochib beruvchi barcha
xususiyat va sifatlarni ko‘rib o‘tdik. Xulosa qilib, tushunchaning inson
hayotidagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati haqida muayyan tasavvurga
egamiz desak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |