3) qisman mos kelish (kesishganlik) munosabati. Qisman mos kelish
munosabatida tushunchalar mazmuni jihatidan har xil bo‘lsa-da, ularning
hajmlari bir-biriga qisman mos keladi. Masalan, oliy o‘quv yurti
o‘qituvchilari va fan doktorlari. Bunda oliy o‘quv yurti o‘qituvchilarining
bir qismi fan doktorlari yoki aksincha, fan doktorlarining bir qismi oliy
o‘quv yurti o‘qituvchilaridir. Mazkur tushunchalar o‘rtasidagi
munosabatning Eyler doirasidagi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Hajmiga ko‘ra bir-birlarini umuman taqozo qilmaydigan
tushunchalarga
sig‘ishmaydigan tushunchalar deb ataladi.
В
А
Sig‘ishmaydigan tushunchalar qarama-qarshilik, zidlik, o‘zaro tobelik
munosabatlarida bo‘ladi.
Qarama-qarshi munosabatdagi tushunchalar bir-biriga hajm jihatidan
teskari va qarama-qarshidir. Masalan, «achchiq – shirin», «ijobiy –
salbiy», «oq – qora», «baland – past» kabilar. Qarama-qarshi tushunchalar
o‘rtasidagi munosabat Eyler doirasida quyidagicha ifodalanadi:
Zidlik munosabatidagi tushunchalar bir-birini inkor qiladi, lekin inkor
qilingan tushuncha noaniq holda qoladi. Masalan, baland – baland emas,
keng – keng emas, jinoyatchi – jinoyatchi emas, ammo uning o‘rniga nima
ekanligi noaniq. Mazkur munosabatlarning Eyler doirasidagi ifodasi
quyidagicha bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: