2. Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar
Tushunchaning turlari haqida gapirishdan oldin ularni turlarga
bo‘lishning eng asosiy mezoni bo‘lmish tushunchalarning hajmi va
mazmuni haqida tasavvur hosil qilishimiz lozim. Tushunchaning hajmi va
mazmuni uning mantiqiy tarkibini tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi deb, uning mohiyatini tashkil etuvchi
predmetlarning yig‘indisiga aytiladi.
Tushuncha o‘zida bir turkumga mansub narsa va hodisalarni
birlashtiradi. Masalan, «inson», «yulduz», «jinoyat» tushunchalari.
Bularning har biridan o‘z hajmiga bog‘liq bo‘lgan boshqa tushunchalar
doirasida ham foydalanish mumkin. Jumladan, «inson» tushunchasida
o‘tgan, hozir va kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha
odamlar haqidagi bilimlar mujassamlashtiriladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tushunchaning mantiqiy tuzilishi bir
tomondan uning hajmi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan mazmuni bilan
ifodalanadi.
Narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilarining
yig‘indisiga tushunchaning mazmuni deyiladi. Ta’riflardan ko‘rinib
turibdiki, tushunchaning mazmuni, unda ifodalanishi mumkin bo‘lgan
barcha muhim belgilarni aks ettirar ekan. Masalan, «ziyoli o‘qituvchi».
«Ziyoli» tushunchasi o‘zida madaniyat, ilm, ma’naviyat sohibini
gavdalantiradi.
Tushuncha hajm va mazmun birligidan iborat. Shuning uchun hajmsiz
mazmunli, mazmunsiz hajmli tushunchalar bo‘lmaydi.
Tushunchalarning hajmi va mazmuni o‘rtasidagi munosabat shakl va
mazmun o‘rtasidagi o‘zaro teskari nisbat qonunidagidek namoyon bo‘ladi.
Ya’ni, tushunchalar hajmining kengayishi ular mazmunining
mavhumlashuviga, hajmning qisqarishi mazmunning boyishiga olib
keladi.
Masalan, «jinoyat» iborasining hajmi keng, mazmunini ifodalovchi
muhim belgilari ham nisbatan mavhum.
«O‘g‘rilik» so‘zi hajm jihatidan jinoyatdan torroq, lekin mazmunan
boy.
Mazkur teskari nisbat qonuni hamma tushunchalarda emas, balki
ba’zi turdagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi. Buyumlarni umumiy
belgilarga qarab ajratish tushunchalarni turga ajratishdir. Tushunchada
ifodalangan hodisalar guruhi hajm jihatidan munosabatlariga qarab jins va
tur guruhlariga bo‘linadi. Jins turga nisbatan keng bo‘ladi.
50
Demak, narsa va hodisalar bir xildagi jins va tur guruhlariga oid
bo‘lgandagina ularning o‘rtasidagi hajm va mazmun munosabatlarining
teskari aloqadorligini ko‘rishimiz mumkin. Aks holda, bu munosabat
amalga oshmaydi. Masalan, «uy» tushunchasining hajmi qanchalik
kengaymasin, «poeziya» tushunchasi torayib qolmaydi yoki aksincha.
Hajm va mazmun tushunchani turlarga bo‘lishning eng asosiy mezoni
hisoblanadi. Mazkur mezonga binoan tushuncha muayyan turlarga
bo‘linadi.
Tushunchalar hajmiga ko‘ra, nol (bo‘sh), yakka, umumiy
chegaralangan yoki umumiy chegaralanmagan tushunchalarga bo‘linadi.
Nol tushunchalar – insoniyat tajribasida uchramagan, fanda qayd
etilmagan narsa va hodisalarni ifodalovchi hajmsiz tushunchalar. Masalan,
shayton, ajina, farishta va boshqalar.
Yakka tushunchalar ayrim, alohida predmet, hodisa va jarayonlarning
umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Masalan, Sirdaryo, General
Rahimov, Samarqand shahri va boshqalar.
Umumiy tushunchalar – bir yoki bir necha guruh narsa va
hodisalarning muhim, umumiy tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir.
Masalan, yulduz, fabrika, jinoyat, jamiyat.
Umumiy tushuncha bilan yakka tushunchalar orasida jamlovchi yoki
boshqacha aytganda, to‘planma tushunchalar alohida o‘rin egallaydi.
To‘planma tushunchalar – bir to‘plam, bir guruh predmetlarning
butun, yaxlit holatda aks etishi. Masalan, xalq – kishilarning to‘plami,
militsiya – ichki ishlar organlari xodimlarining to‘plami, armiya –
askarlarning hamda harbiylarning to‘plami. Lekin askar va odam
tushunchalari to‘planma emas. Chunki bu tushunchalar to‘plamni emas,
balki bir guruh predmetlarni aks ettiradi.
Chegaralangan tushunchalar – tushunchalarning narsa va hodisalarni
hisoblash imkoniyatini vujudga keltiruvchi xislatga ega bo‘lishi. Masalan,
«Akademiyaning tinglovchilari», «1- kurs rahbar zobitlari» va boshqalar.
Chegaralanmagan tushunchalarda narsa va hodisalarning tarkibidagi
son-sanoqsiz holati namoyon bo‘ladi. Masalan, atom, yulduz, mikrob va
boshqalar.
Tushunchalarning mazmuniga ko‘ra turlari quyidagilardan iborat:
aniq, mavhum, ijobiy, salbiy, nisbatli hamda nisbatsiz tushunchalar.
Aniq tushunchalar – obyektiv borliqdagi moddiy holatda mavjud
bo‘lgan narsa va hodisalarni real aks ettiruvchi tushunchalar. Aniq
tushunchalar predmetlarning belgilarini yaxlit belgilaydi. Masalan, shahar,
haykaltarosh, militsioner va h. k.
51
Narsa-hodisalarning sifat yoki munosabat belgisini predmetning
o‘zidan ajratilib, mustaqil holda aks ettiruvchi tushuncha mavhum
tushuncha deb aytiladi. Mavhum tushunchada narsa va hodisalar emas,
balki ularning qandaydir bir xususiyat yoki munosabati yaxlit, mavjud
narsa shaklida in’ikos ettiriladi. Masalan, qahramonlik, sotqinlik, mardlik,
johillik.
Ijobiy tushunchada esa narsa va hodisalarga xos sifatlarning
mavjudligi ifodalanadi. Masalan, obro‘li kishi, madaniyatli milisioner.
Narsa va hodisalarga muayyan sifatlarning mansub emasligi salbiy
tushunchalarda qayd etiladi. Masalan, vijdonsiz, intizomsiz, savodsiz va
boshqalar.
Demak, ijobiy va salbiy tushunchalar tushunchaning mazmuniga
qarab, buyumlarda belgining borligini tasdiqlashi yoki uni inkor etishi
bilan bir-biridan farq qiladi. Ammo ijobiy va salbiy tushunchalarni ularga
nisbatan bizning munosabatimiz bilan almashtirish xatodir. Masalan,
millatchi, bosqinchi, jinoyatchi.
Salbiy holatlarni ifodalasa-da, bu tushunchalar mantiqda ijobiy
tushunchalar deb ataladi.
Mazmuniga ko‘ra tushunchalar nisbatli va nisbatsiz tushunchalarga
bo‘linadi.
Nisbatli tushunchalar buyumlarda o‘zga buyumlar bilan muayyan
aloqadorlik mavjud ekanligini ifodalaydi. Masalan, ota-bola, aka-uka va
boshqalar.
Nisbatsiz tushunchalar buyumlarning mustaqil mavjudligini ifoda
etadi. Masalan, oy, yulduz, jinoyat, qonun kabilar.
Tushunchalar taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarga
bo‘linadi.
Taqqoslanadigan (qiyoslanadigan) munosabatlar o‘zaro muhim va
umumiy belgilarga ega bo‘lgan tushunchalar orasida sodir bo‘ladi.
Masalan, tarix, adabiyot, mantiq, falsafa kabi tushunchalarning o‘rtasidagi
muhim umumiylik ularning barchasi fan ekanligi, ya’ni fanning turli
tarmoqlari ekanligida.
Taqqoslanmaydigan (qiyoslanmaydigan) munosabatlar o‘zaro
umumiy jihatlari bo‘lmagan buyumlar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Masalan, musiqa – tarvuz, yurak – traktor, qahramonlik – madaniy o‘g‘it
tushunchalari o‘rtasida muhim umumiylik yo‘q. Shuning uchun ularni
52
taqqoslab bo‘lmaydi. Mantiq fani esa faqat taqqoslanadigan
tushunchalarni o‘rganadi.
Taqqoslanadigan tushunchalar hajmiga ko‘ra sig‘ishadigan va
sig‘ishmaydigan tushunchalarga bo‘linadi.
Sig‘ishadigan tushunchalar o‘zaro teng ma’noli, tobelik va
kesishganlik munosabatida bo‘ladi.
1) teng ma’noli (ayniyat) munosabatlar. Hajmlari bir-biriga to‘la teng
keladigan tushunchalar ayniyat munosabatidagi teng ma’noli
tushunchalardir.
Ayniyat munosabatidagi tushunchalar mazmun jihatidan aynan bir
predmetni turli tomondan ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston poytaxti bilan
O‘rta Osiyodagi eng katta shahar tushunchalarining o‘rtasida ayniyat
munosabati bor. Chunki har ikkala tushunchada ham bir obyekt –
«Toshkent shahri» ifodalanayapti.
Hajmlari teng, biroq mazmuni har xil bo‘lgan tushunchalar o‘rtasidagi
munosabat ayniyat munosabatidir.
Ayniyat munosabati Eyler doirasida quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: |