K I R I SH
Insoniyat azaldan muayyan qonuniyatlar doirasida harakat qilgan.
Nafaqat inson, balki butun borliq, xoh u tabiat hodisalari, xoh inson anglay
olmaydigan sirli olam bo‘lsin, doimo o‘ziga xos mantiqiylikka ega
bo‘lgan. Hech bo‘lmaganda insonning o‘zi bu hodisalar taraqqiyotiga
mantiqiy izohni topishga harakat qilgan.
Xullas, inson va uning atrofida sodir bo‘layotgan barcha hodisa,
jarayonlar ham, inson tafakkurining taraqqiyoti ham hamisha muayyan
mantiqiylikka bo‘ysungan
Shu o‘rinda, ko‘p yillardan buyon mantiq ilmini o‘zining darslik va
o‘quv qo‘llanmalarida targ‘ib qilib kelayotgan olimlardan biri
V. I. Kirillov
1
tabiat, jamiyat va inson munosabatlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorliklarda obyektiv va subyektiv mantiqiylik borligini to‘g‘ri ajratib
berganligini alohida e’tirof etishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki
haqiqatan ham atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, qolaversa
tafakkurimizda kechayotgan jarayonlar ham ma’lum bir mantiqiylikka ega
ekanligini doimo his qilib turamiz.
Mazkur kitobda barcha mantiqiy aloqadorliklar amal qiluvchi
muayyan qoida haqida emas, aynan tafakkur mantig‘i haqida fikr
yuritiladi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, gap eng avvalo,
tafakkur qonunlari va shakllarini o‘rganuvchi formal mantiq deb ataluvchi
fan haqida bormoqda.
Tahlillarimiz davomida an’anaviy hisoblangan formal mantiqni, uning
hozirgi noan’anaviy bo‘lgan ramziy mantiq singari boshqa yo‘nalishlari
bilan bir qatorda o‘z nufuzini yo‘qotmaganligini, aksincha, jamiyatimiz
taraqqiyotining hozirgi o‘zgarishlarga boy murakkab islohotlar davrida
mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi keng bo‘lgan ertangi kun
mutaxassislarini tarbiyalashda yanada dolzarb ahamiyat kasb
etayotganligini ko‘rsatishga harakat qilganmiz.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganidek, bizga O‘zbekistonning
istiqboli va istiqloli haqida qayg‘urishga, o‘zining va o‘z xalqining,
1
Кириллов В.И. Логика. – М., 2004. – С. 5.
3
vatanning qadr-qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilishga, yuksak
g‘oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og‘ushida mehnat qilishga,
iste’dodi, bor imkoniyatlarini, kerak bo‘lsa jonini yurt istiqboli uchun
eliga baxshida etishga da’vat etuvchi mustaqillik tafakkuriga ega bo‘lgan
yoshlar kerak
2
.
Aynan shu ma’noda, mantiqiy va izchil fikrlovchi mutaxassis sifatida
huquqni muhofaza qilish idoralari xodimini tayyorlashda mazkur kursning
va unda taqdim qilinadigan turli xil mantiqiy o‘yin va mashqlarning
yordami katta bo‘ladi, chunki tinglovchilar bu masalalarni tahlil qilish
jarayonida o‘zida to‘g‘ri fikrlash, qonun-qoidalariga amal qilish
ko‘nikmalari shakllanishining muayyan ilmiy-nazariy va me’yoriy
asoslarini yaratishlari muqarrardir.
2
Qarang:
Каримов И. А. Ватан саждагоћ каби муќаддасдир. Т.3. – Т.,
1996. – 34-б.
4
|