Fan taraqqiyotida formal mantiq bilan birga dialektik mantiq,
matematik mantiq va intuitiv mantiq singari boshqa noan’anaviy tarmoqlar
ham paydo bo‘lib, rivojlana bordi. Jumladan, nemis olimi G. Leybnitsning
(1646–1716) matematik mantiq haqidagi g‘oyasi XIX asrning ikkinchi
yarmiga kelib, mantiq ilmiga matematik usullarni tatbiq qilishda keng
qo‘llanila boshlashi voqelikka aylanib,
buning natijasida simvolik
(ramziy) mantiq vujudga kela boshladi. Yana bir mashhur nemis
mutafakkiri Gegel (1770–1831) o‘zi yaratgan falsafiy tizimda markaziy
o‘rin egallovchi dialektik usulni mantiqqa tatbiq etishga harakat qildi.
Marksizm falsafasi esa boshlangan ishni oxiriga yetkazdi, ya’ni Gegelning
mantiqqa tatbiq etilgan idealistik falsafiy tizimini materialistik nuqtai
nazardan qayta ishlab, obyektiv olamning dialektikasini
bilish metodi
sifatida xizmat qiluvchi dialektik mantiqni yaratdi.
Shu tariqa vujudga kelgan dialektik mantiq tafakkurning paydo
bo‘lishi, o‘zgarishi va rivojlanishini muayyan prinsip, qoida hamda
talablar asosida o‘rganuvchi fan sifatida shakllana boshladi. Leybnis asos
solgan matematik mantiq negizida intuitiv mantiq, modal mantiq,
konstruktiv mantiq, logitsizm kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘lib,
rivojlana
bordi. Mazkur yangi tarmoqlarning rivojlanishi natijasida an’anaviy
mantiq ilmiga matematik usul va ramziy belgilarning kirib borishi tobora
kuchayib bordi. Bu esa Arastu yaratgan mantiqning dialektik mantiq yoki
matematik mantiq kabi boshqa yangi paydo bo‘lgan tarmoqlardan ajralib
qolishiga olib kelgani yo‘q, aksincha, hozirgi kunda formal mantiq yanada
rivojlanib, o‘zining maxsus formallashgan tili,
muayyan metod va
usullariga ega bo‘lgan fan sifatida o‘z ahamiyatini oshirib bormoqda.
Buning isbotini mazkur fanning oliy ta’lim tizimida mustaqil kurs sifatida
o‘qitilishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Mantiq fanining o‘rganish obyekti
tafakkur hisoblanadi
. Tafakkurni
esa, o‘z navbatida,
falsafa, psixologiya, kibernetika kabi boshqa ko‘pgina
fanlar ham o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: