O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Falsafa tafakkurning borliqqa, dunyoga bo‘lgan munosabati bilan 
shug‘ullanadi. Shu ma’noda falsafa inson ongi, tafakkuridagi dunyoviy 
bilimlar, qarashlar tizimini o‘rganishi bilan kishilarning dunyoqarashi 
haqida ta’lim beradi. 
Fiziologiya tafakkurning tabiiy asosini, ya’ni inson miyasi 
faoliyatidagi fikrlash jarayonining mexanizmini tahlil qiladi. Fiziologik 
jarayonsiz inson miyasida sezgi, idrok, tasavvur, xotira, xayol, hissiyot
fikrlash kabi jarayonlar yuz bermaydi. 
6


Psixologiya esa tafakkurning normativ rivojlanishi, uning vazifalarini 
boshqa ruhiy holatlar (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, xayol, diqqat va shu 
kabilar) bilan aloqasini inson faoliyatining natijasi sifatida o‘rganadi. 
Psixologiya fikrlashning taraqqiyoti, yuzaga kelish qonuniyatlari, turli 
bosqichlardan iborat ruhiy jarayonlarning aloqasini o‘rganadi. Demak, u 
tafakkurni jarayon sifatida o‘rganish bilan birga, undagi boshqa ruhiy 
holatlarni, ongli va ongsiz bosqichlarni ham o‘rganadi. Mantiq esa boshqa 
fanlardan farqli o‘laroq, tafakkurning shakl va qonunlarini o‘rganadi. 
Demak, mantiq, ya’ni biz o‘rganayotgan formal mantiq tafakkurning 
shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan sifatida bilish jarayoni bilan 
bog‘liq masalalarni ham tahlil qiladi. Shu o‘rinda insonning bilish jarayoni 
o‘z mohiyati va tabiatiga ko‘ra o‘zaro farq qiluvchi ikki bosqichdan iborat 
ekanligini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastavval inson 
dunyoni sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilish shakllari orqali taniydi. 
Keyingi bosqich aqliy bilish bilan bog‘liq bo‘lib, u tafakkurning 
tushuncha, hukm va xulosa kabi shakllarida namoyon bo‘ladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, hissiy bilishning asosiy shakllari uchta 
bo‘lib, ular sezgi, idrok va tasavvurdir. Hissiy bilishning bu uch zaruriy 
ko‘rinishlari muhim xususiyatlarga ega.
Sezgilar olam narsalarining ayrim tomonlarini aks ettiradi. 
Chunonchi, olamni sezgilar vositasida aks ettirganimizda uning ba’zi 
tomonlari sariq, qizil, ko‘k rangda ekanligi, dumaloqligi ko‘z o‘ngimizda 
gavdalanadi. 
Idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab bo‘lib, u sezish asosida 
vujudga keladi. Idrokda predmetlarning ayrim xossalari emas, balki butun 
holi aks etadi. 
Masalan, daraxtni ko‘rganimizda uning qanday bargliligi, qaysi daraxt 
turiga mansubligi, mevali – mevasizligi va shu kabilar haqida o‘ylasak-da, 
lekin u baribir tasavvurimizda yaxlit holda, faqat daraxt sifatida aks etadi. 
Hissiy bilishning yuqori bosqichi tasavvurdir. Tasavvur – narsalar va 
narsalarning xususiyatlarini bevosita ular bilan bog‘liq holda aks ettirish. 
Tasavvurda kishining olam voqea-hodisalari bilan hissiy bog‘lanishi bir 
qadar vositali bo‘lib, tafakkur orqali amalga oshadi. Chunonchi, eng yaqin 
do‘stingiz yoki ota-onangizni tasavvur qilganingizda ularning barcha 
jihatlari – yuz tuzilishi, rangi, xatti-harakatlari, bo‘y-basti, yurish-turishi 
va boshqa sifatlari xotirangizda gavdalanadi. Demak, tasavvur hissiy 
bilishning shunday ko‘rinishidirki, unda biz narsalar bilan nafaqat 
odatdagidek (sezgi va idrokdagidek) hissiy munosabatda bo‘lamiz, balki 
aql, xotira kabi ong turlari bilan ham bog‘lanishda bo‘lamiz. 
7


Hissiy bilish orqali biz narsa va hodisalarning bevosita tashqi 
ko‘rinishi, xususiyatlari hamda tashqi aloqalarini bilamiz. Biroq ular bizga 
narsalarning mohiyati, ichki bog‘lanishi, rivojlanish qonunlari va zaruriy 
bog‘lanishlarini ochib bera olmaydi. Biz bunga tafakkur va aqliy bilish 
orqali erishamiz. Hissiy bilish va sezgilar inson bilishining quyi bosqichini 
tashkil qilib, bu bosqich asosida ijtimoiy mehnat jarayonining ikkinchi 
yuqori bosqichi – aqliy bilish, ya’ni tafakkur paydo bo‘ladi. Sezgilar orqali 
obyektiv reallikdan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, ularning o‘zaro 
munosabatlari hamda ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va asosiy 
tomonlarini ajratib olish, qonuniyatlarini ochish aqliy bilish – tafakkurda 
amalga oshiriladi. Hissiy va aqliy bilish inson bilishining o‘zaro 
bog‘langan ikki bosqichi bo‘lib, biri ikkinchisisiz namoyon bo‘lmaydi.
Tafakkurning shakllarida namoyon bo‘luvchi aqliy bilish hissiy 
bilishdan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: 
birinchidan, tafakkur hissiy bilishdan farqli o‘laroq, voqelikni o‘z 
aniq tabiatidan mavhumlashtiradi, uning muhim belgilarini 
nomuhimlaridan ajratib, umumlashgan obrazlar shaklida aks ettiradi. 
Masalan, huquqshunoslikda «davlat» deganda, tafakkurda o‘ziga xos 
alohida takrorlanmas belgilarga ega bo‘lgan aniq bir davlatni emas, balki 
barcha davlatlarga xos bo‘lgan umumiy va muhim belgilarni 
umumlashtirgan, majburlash vositasi va usullariga ega bo‘lgan, jamiyatni 
boshqaruvchi siyosiy tashkilot sifatidagi mavhumlashgan obraz 
gavdalanadi; 
ikkinchidan, tafakkur voqelikni faqatgina sezgilar orqali emas, balki 
muayyan tajriba va bilimlar orqali chuqurroq bilishdir. Masalan, jinoyatni 
bevosita kuzatmasdan, mavjud dalillar asosida, u haqda xulosa chiqarish 
mumkin; 
uchinchidan, inson aqlida hosil bo‘lgan har qanday fikr faqat tilda 
(so‘z va gaplar shaklida) moddiy ifodasini topishi mumkin; 
to‘rtinchidan, tafakkur voqelikni ijodiy va faol aks ettiruvchi 
jarayondir. 
Tahlillarimizdan ko‘rinib turganidek, tafakkur – bilishning yuqori 
bosqichi. Unda narsa va hodisalar hamda ular o‘rtasidagi umumiy, muhim 
bog‘lanishlar nomuhimlaridan ajratilib, mavhumlashtirilgan holda 
tushuncha, hukm va xulosalarda aks ettiriladi va tilda namoyon bo‘ladi. 
Lekin shu o‘rinda tafakkurning muhim belgilarini hamda hissiy 
bilishning sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllaridan farqini ajratib 
ko‘rsatish shartli ekanligini ta’kidlab o‘tish zarur. Chunki real bilish 
jarayonida hissiy bilish ham, tafakkurning shakllari ham bilish 
8


jarayonining ajralmas ikki tomoni sifatida namoyon bo‘ladi. Jumladan, 
hissiy bilish aqliy bilishga o‘tish uchun asos yaratib bergani singari, 
tafakkur ham qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, sezgi 
organlaridan olingan ma’lumotlarga bevosita suyangan holdagina harakat 
qila oladi.
Demak, bilish aslida hissiy va aqliy bosqichlardan iborat bir butun 
jarayon ekan. Bilish jarayonining bu dialektik birligini, yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, falsafa o‘z bahs mavzui doirasida tahlil qiladi. Formal 
mantiq fanida esa bilish jarayoni emas, balki uning muhim bir bosqichiga 
bog‘liq bo‘lgan jihati, ya’ni tafakkurning shakl va qonunlari o‘rganiladi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin