Закуев А. К. Из истории Арабоязычной логики средних веков. – Баку,
1971. – С. 20.
29
Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan
Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga
qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay
olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini
keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va
uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining
ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga
o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada
ko‘tarilishiga erishdi.
Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish),
«Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi
analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara
«Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r»
(Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli
hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin.
Forobiy o‘zining asarlarida mantiq ilmi, uning predmeti, tuzilishi,
vazifalari, fikrlash jarayonining bosqich va shakllari, mantiqiy qonun-
qoidalari, usul hamda amallari haqida keng ma’lumotlar bergan.
Jumladan, mantiq fanining predmeti va tushunchasining etimologiyasi
haqida gap ketganda, Forobiy qadimgi grek mutafakkirlariga murojaat
qiladi. Uning fikricha, greklar mantiqni uch ma’noda:
– fikrni til orqali ifodalovchi inson nutqi sifatida;
–
inson intellekti yordamida zabt etiluvchi obyektlarga yo‘l
ko‘rsatuvchi so‘z sifatida;
– olamni bilish uchun insonga in’om etilgan ichki ruhiy kuch sifatida
tushunishgan.
Mazkur ta’riflarni to‘ldirgan holda, Forobiy mantiqqa «muayyan
qonun-qoidalar asosida insonning fikrlash intellektini yo‘naltiruvchi va
takomillashtiruvchi fan» deb ta’rif beradi. Ushbu ta’rifni yanada
aniqlashtirsak, Forobiy asarlarida mantiq fanlarning fani sifatida
tafakkurning qonun-qoidalarini o‘rganuvchi bosh fan, hatto san’at deb
baholanadi. Faqat tafakkur qonunlarigina bizga chin haqiqatni ochib bera
oladi. Forobiyning ta’kidlashicha, ularsiz fikrimiz qachon chin, qachon
yolg‘onligini yoki qachon xatoga yo‘l qo‘yganligimizni bila olmaymiz.
Qolaversa, haqiqat zaminida yotgan qarama-qarshiliklar va ularning
yechimlarini topa olmaymiz
11
.
11
Бурабаев М. С. и др. О логическом учении аль-Фараби. – Алма-Ата, 1982.
– С.75–76.
30
Forobiyning asarlarida tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur
shakllari juda keng, qamrovli va batafsil izohlanadi. Ayniqsa, sillogizm,
uning paydo bo‘lish asoslari, figura va moduslari ko‘p o‘rganilgan.
Forobiyning ta’riflashicha, tushuncha – universal tabiatga ega, hissiy idrok
qilinuvchi narsalar haqida bilim beruvchi kategoriya. Bundan tashqari,
Forobiyning mantiq tizimida tushunchani shakllantirishning usul va
amallari, turlari hamda ularning o‘rtasidagi munosabat masalalari ham
keng o‘rin olgan.
Forobiy o‘z mantig‘ida sillogizmlar ta’limotiga katta e’tibor beradi.
Sillogizm ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan asoslardan mantiqan kelib
chiquvchi xulosaning o‘ziga xos turi sifatida ta’riflanadi. Forobiy falsafa,
dialektika, sofistika, ritorika va poetika kabi besh sillogistik san’at
turlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sillogizmning strukturasi haqida gap
ketganda, uni katta asos, kichik asos va natija kabilarga bo‘ladi.
Shuningdek, sillogizm terminlarini ham uchga ya’ni katta, kichik va o‘rta
terminlarga bo‘ladi hamda har biriga alohida ta’rif beradi.
Forobiyning mantig‘i haqida shuni aytishimiz mumkinki, uning
xizmati Arastuning mantig‘i bilan keng ilmiy jamoatchilikni tanishtirishga
muvaffaq bo‘lganligi, qolaversa, tarixda «arab mantiq maktabi» deb nom
olgan yangi yo‘nalishni vujudga keltirganligi bilan baholanadi.
Markaziy Osiyoning yana bir mashhur mutafakkirlaridan biri, Forobiy
mantig‘ining davomchisi, Sharqda «Shayhur-rais» (Olimu-ulamolar raisi)
degan nufuzli unvonga sazovor olim Abu Ali ibn Sinodir. Uning
tibbiyotga, falsafa va mantiqqa oid «Kitob ash-Shifo», «Kitob an-Najot»,
«Kitob al-Ishorat» kabi ko‘plab asarlari bizgacha yetib kelgan. Jumladan,
«Kitob ash-Shifo» asari 18 ta qismdan iborat bo‘lib, ulardan 9 tasi
bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlanadi. Ularda mantiqqa kirish,
tushuncha, hukm, sillogizm, isbot, yo‘l qo‘yilish mumkin bo‘lgan
mantiqiy xatoliklar va ularning oldini olish yo‘llari haqida gapiriladi.
Ibn Sinoning fikricha, grammatika to‘g‘ri gap tuzishning qonun-
qoidalarini o‘rgatgani kabi, mantiq ham tafakkurning qonun-qoidalarini
o‘rganadigan fandir. U har qanday fikrni ifodalashda til-belgi tizimining
o‘ziga xos o‘rin tutishi haqidagi ta’limotni ham yaratadi. Ibn Sino fikrning
dastlabki shakli – tushuncha, uning shakllanish asoslari, turlari haqida
gapirib, ularni yakka va umumiy qismlarga ajratadi. Ibn Sinoning fikricha,
yakka tushunchalar faqat yagona predmetga xos bo‘lib, undan boshqasiga
tegishli bo‘lmaydi. Umumiy tushunchalar esa o‘z ichiga birdaniga bir
necha predmetlarni qamrab oladi. Har qanday narsa va hodisa muayyan
bir tushunchada aks ettiriladi. Narsa va hodisalarning eng muhim, umumiy
31
belgilarini esa ta’riflarda ifodalash lozim. Ibn Sinoning mantig‘ida
ta’riflashdan tashqari, «tavsiflash» mantiqiy amalidan ham foydalanish
zarurligi ta’kidlanadi.
Ibn Sinoning mantig‘ida hukm haqidagi ta’limot muhim o‘rinni
egallaydi. Hukmlarning turlariga kelsak, ular uch sinfga bo‘linadi.
Birinchisi qat’iy hukmlar bo‘lib, ularda mazkur belgining muayyan
predmetga xosligi tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Ikkinchi va uchinchi
hukmlarga shartli hukmlar kiritiladi. Ular esa o‘z navbatida shartli
birlashtiruvchi va shartli ayiruvchi hukmlarga bo‘linadi. Bu ta’limotda
hukm modalliklari haqida ham ko‘p fikrlar keltiriladi.
Ibn Sino mantig‘ida sillogizm, uning figura va moduslari, isbotlash va
uning turlari, shuningdek, sofizmlar haqidagi ta’limotlar ham katta o‘rinni
egallaydi. Ibn Sino mantig‘ining davomchilari sifatida uning shogirdlari
ozarbayjon mutafakkiri Baxmanyor va arab faylasufi Ibn Roshidlarni
ko‘rsatishimiz mumkin. Baxmanyorning mantiqqa oid eng mashhur asari
«Kitob at-tahsil»dir. Mazkur asarda mutafakkir mantiqni ilmiy san’at
sifatida ta’riflab, uning asosiy vazifasi insonlarni to‘g‘ri fikrlashning qoida
va prinsiplariga o‘rgatishdan iborat, deb ta’kidlaydi.
Baxmanyor tasavvurida bilishning usuli va jarayoni bu, eng avvalo,
umumiy tushunchalardan juz’iy tushunchalarga borishdir. Bundan
tashqari, mantiq ikki qismdan iborat deb ta’kidlanadi. Birinchi qismda
mantiqiy amal bo‘lmish – ta’riflar, ikkinchi qismda esa hukm va xulosalar
o‘rganiladi. Baxmanyorning fikricha, mantiq aslida insonga to‘g‘ri
fikrlash qoidalarini o‘rgatuvchi ilmiy san’atdir. Lekin sog‘lom fikrli inson
bu qonunlarni maxsus o‘rganmagan bo‘lsa ham, o‘z fikrini mantiqan
to‘g‘ri va atrofdagilar uchun tushunarli tarzda ifodalash qobiliyati va
ko‘nikmasiga egadir. Bu fikrlar Baxmanyorni mantiqning ilmiy san’at
sifatidagi ahamiyatidan uning hayotiy-amaliy ahamiyatini ustun qo‘yishga
molikligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotlab bermoqda.
Yana bir mashhur mantiqshunos olim sifatida Ibn Roshidni
ko‘rsatishimiz mumkin. Uning «Taxafut al-taxafut» kitobi bevosita
mantiqqa bag‘ishlangan asar hisoblanadi. Bundan tashqari, u ham Forobiy
singari Arastuning bir necha kitoblariga sharhlar yozganligi bilan
mashhur. Eng asosiysi, agar Forobiy Arastuni Sharqqa tanitgan bo‘lsa, Ibn
Roshid Yaqin va O‘rta Sharqdagi eng ilg‘or mutafakkirlarning g‘oyalarini
Yevropaga targ‘ib qilgan olim. Shuningdek, mantiq ilmida Ibn Roshidning
modalliklar haqidagi ta’limoti juda qimmatlidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mantiq ilmining rivojida alohida
maktab maqomiga ega bo‘lgan arab mantig‘ining yaratilishi va
32
shakllanishida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rni juda ham
beqiyosdir. Markaziy Osiyo mutafakkirlarning jahon madaniyati
taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida Prezident I. A. Karimov quyidagi
juda ham o‘rinli fikrlarni bildiradi: – «Kishilik taraqqiyotiga o‘zining
o‘chmas ulushini qo‘shib, mamlakatimiz shuhratini olamga taratib, tarix
sahifalariga abadul-abad muhrlagan Muhammad al-Xorazmiy, Abu
Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, imom al-Buxoriy, imom at-
Termiziy, Bahoviddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug‘
siymolarni yetishtirgan millat har qancha g‘ururlansa arziydi»
12
.
Dostları ilə paylaş: |