O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Маковельский А.О. Књрсатилган асар. – 139-б.
23


haqiqatning mezoni 
– 
amaliyotga o‘tishini ilmiy ko‘rsatib berishga 
muyassar bo‘lgan ekan.
Shu bilan birga, Demokrit asoslarida muayyan mantiqiy qonunlar ham 
tahlil qilinadi. Jumladan, Demokrit o‘zining «hech bir narsa sababsiz 
paydo bo‘lmaydi, hamma narsa muayyan sabab va zarurat hisobiga paydo 
bo‘ladi» degan qoidaviy tezisi orqali asos qonunini antologik asosda 
tushuntirib berishga muvaffaq bo‘ladi.
Demokritning mantiq ilmiga qo‘shgan yana bir katta qissasi induktiv 
va analogik xulosaning dastlabki asoslarini yaratib bera olganligidadir. 
Demokritning induktiv mantig‘i keyinchalik Epikur maktabining vakillari 
tomonidan rivojlantiriladi. Shuningdek, Demokritning mantiqiy 
ta’limotlari Aristotel hamda F. Bekonning mantiqiy tizimlariga sezilarli 
ta’sir ko‘rsatgan.
Mantiq ilmining rivojlanishida yana bir yunon mutafakkiri Suqrot 
(mil. old.469–399y.) ham o‘ziga xos o‘ringa ega. Suqrotning ijodida 
birinchi o‘ringa uslub masalasi chiqadi. Mazkur usul haqiqiy bilimlarga 
umumiy tushunchalar orqali erishish mumkinligini isbotlovchi g‘oyaga 
asoslanadi. Suqrot haqiqiy bilimni erishilishi lozim bo‘lgan vazifa deb 
biladi. Shuning uchun ham Suqrot falsafani haqiqatga aylangan bilim 
emas, balki donishmandlikni sevish, haqiqatni izlash yo‘lida unga 
erishishga intilish, deb izohlaydi. Shu o‘rinda Suqrot «Men faqat hech 
nima bilmasligimni bilaman» degan tarixiy iborani aytadi. Suqrot o‘zini 
haqiqiy bilim egasi deb bilmasa-da, lekin unga erishuvchi usulning sohibi 
ekanligiga ishongan. 
Suqrot tavsiya etgan usulga ko‘ra, induksiya va definitsiya mantiqiy 
amallari asosida bahslashuvchi tomonlar munozara qilinayotgan mavzuni 
real hayotga yaqin misollar bilan bog‘lash, to‘ldirish va ularning nisbatini 
taqqoslash orqali haqiqiy bilimga erishishlari mumkin. 
Suqrot suhbatdoshi bilan og‘zaki bahslashuv davomida juda ko‘p 
yangi va ishonarli mantiqiy usullarni yaratgan o‘z davrining eng mashhur 
mutafakkiri bo‘lgan. Uning mantiqqa oid ilmiy merosini Aflotun, Yevklid, 
Fedon, Antisfen va Aristipp kabi shogirdlari o‘zlarining asarlarida keyingi 
avlodga yetkazishga harakat qilishgan. 
Aflotun 
(mil. old. 428 – 347 y.) 
o‘zining 
«Fedon», 
«Davlat», 
«Parmenid», «Teetet», «Sofist» kabi dialoglarida Suqrotning mantiqiy 
usullaridan foydalangan hamda ularga asoslangan holda o‘z mantiqiy 
tizimini yaratgan. Jumladan, Suqrotning umumiy tushunchalar 
narsalarning mohiyatini belgilashi haqidagi ta’limotidan kelib chiqqan 
Aflotun umumiy tushunchalarni inson subyektidan tashqari bo‘lgan va 
24


moddiy olamga bog‘liq bo‘lmagan, o‘z-o‘zicha mavjud «mutlaq g‘oya» 
darajasiga ko‘taradi. Aflotunning ta’limotiga ko‘ra, g‘oyalar birlamchi, 
abadiy va o‘zgarmas bo‘lib, ular «haqiqiy borliqni» ifodalovchi o‘ziga xos 
olamni yaratadi. Shuning uchun ham haqiqat va bilimni hissiy idrok va 
sezgilardan emas, aynan sof tushunchalar va g‘oyalardan izlash lozim. 
Aflotun dialektikasi tushunchalar haqidagi ta’limot bo‘lib, uning 
asosiy usuli esa tushunchalarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Unda 
tushunchalarni shakllantirish amali Suqrotning induksiya va aniq hayotiy 
misollarni keltirish usullariga asoslangan holda amalga oshirilgan.
Aflotun tushunchalarning hajmi va mazmuniga ko‘ra turlarga 
bo‘linishini hamda ularning o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan munosabatlarni muayyan bir tizim 
sifatida tasvirlab, piramidaning eng yuqori cho‘qqisiga «g‘oyalar 
g‘oyasini» qo‘yadi. Barcha tushunchalarni umumiy juft kategoriyalarga 
birlashtiradi. Ular jumlasiga «borliq va yo‘qlik», «aynanlik va tafovut», 
«harakat va tinchlik», «birlik va ko‘plik», «miqdor va sifat» kabi 
kategoriyalar kiradi. 
Aflotun «Fedon» va «Davlat» deb nomlanuvchi asarlarida 
ziddiyatsizlik va yetarlicha asos qonunlari haqidagi fikrlarni rivojlantiradi. 
Jumladan, «Fedon»da ziddiyatsizlik qonuni quyidagicha tushuntiriladi: 
«Har qanday muayyan bir alohidalikka ega bo‘lgan narsa, ayni bir vaqtda 
va ayni shu munosabatda bir-birini istisno etuvchi ziddiyatli 
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin emas»
7
. Aflotun bu prinsipning 
to‘g‘riligini bir necha hayotiy misollarni keltirish yo‘li bilan isbotlaydi. 
Aflotun o‘zining yana bir «Parmenid» deb ataluvchi asarida ayniyat 
qonunining mohiyatini haqiqiy borliqning doimiy va o‘zgarmasligiga 
aynan mos keluvchi haqiqiy g‘oyada, deb biladi. Ayni bir vaqtda 
tafovutlardan batamom xoli bo‘lgan alohida bir butunlikning bo‘lishi 
mumkin emasligini va aksincha, o‘zaro bir-birini taqozo qiluvchi qarama-
qarshi tomonlarning bo‘lishi mumkinligini ham e’tirof etadi.
Aflotunning tafakkur shakli sifatida hukm tahliliga oid fikrlari 
ko‘proq «Sofist» va «Teetet» asarlarida keltiriladi. Masalan, Aflotun 
ijodining dastlabki davrida tushuncha tafakkurning elementar shakli deb 
atalgan bo‘lsa, «Teetet»da hukm tushunchalar asosida tuzilgan yangi birlik 
sifatida izohlanib, o‘zining mantiqiy-grammatik tuzilishiga ko‘ra ega va 
kesimning o‘rnida kelgan subyekt va predikatdan iborat bo‘lgan 
tasdiqlovchi yoki inkor turlariga bo‘lingan. Mazkur asarda keltirilishicha, 
7

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin