O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

ikkinchisi, oqibatdan sababga boruvchi xulosauchinchisi, analogiyaga 
ko‘ra xulosa.
Nyaya mantiq maktabi o‘ziga xos besh qismli sillogizm qonun- 
qoidalarini yaratdi. Unga ko‘ra, sillogizm dastlab (1) tasdiqlanuvchi tezis, 
(2) asos, (3) misol, (4) tatbiq qilish hamda (5) xulosa kabi elementlardan 
tashkil topgan bo‘lishi kerak. 
Mazkur sillogizmning tarkibiy qismini o‘sha davr uchun mashhur 
bo‘lgan «Tepalikda tutun bormi, demak u yerda olov bor» degan qoida 
misolida ko‘rsatishimiz mumkin. Unga ko‘ra, besh qismdan iborat 
sillogizmning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi: 
– tezis (tepalikda olov bor); 
– asos (tepalikdan tutun chiqyapti); 
– misol (qayerda tutun bo‘lsa, shu yerda olov bor); 
– shu holatga nisbatan qo‘llash (bu tepalikda tutun bor); 
– xulosa (demak, bu tepalikda olov bor). 
Hind mantiq ilmining keyingi rivojlanishi Dignaga va Dxarmakirti 
kabi buyuk mutafakkirlarning nomlari bilan bog‘liq. Mantiq faqat Dignaga 
20


va Dxarmakirti kabi buddaga falsafa namoyandalarining ta’limotlaridagina 
muayyan tartib-qoidalarga asoslangan, tizimlashgan, to‘laqonli fan 
darajasiga yetgan. Miloddan oldingi, taxminan VI asrda yashab, ijod etgan 
Dignaganing asosiy asari sifatida «Bilish manbalari haqida» kitobi tan 
olinadi. Dignaga mantiq ilmini muayyan tizimga ega bo‘lgan mustaqil fan 
darajasiga ko‘taradi. Sillogizm Dignaga mantig‘ida ham boshqalardagi 
singari isbotlash amali bilan aynanlashtiriladi. Dignaga mantiqiy 
asoslashning uch asosiy xususiyati haqidagi ta’limotni yaratadi. Unga 
ko‘ra, mantiqiy asoslash, birinchidan, xulosa obyekti, ya’ni kichik 
terminning tezis bilan bog‘liq bo‘lishi kerakligi (masalan, hind mantig‘i 
uchun an’anaviy hisoblangan «tog‘ cho‘qqisida olov bor»), ikkinchidan, 
bir turdagi obyektlar bilan bog‘liq bo‘lishi lozimligi (ya’ni «olov bor 
joyda, albatta tutun bo‘lishi muqarrarligi» haqidagi asosni keltirish usuli 
bilan), uchinchidan esa asoslarni bir turda bo‘lmagan obyektlar bilan 
bog‘liq bo‘lmaganligi (ya’ni «suv bor joyda olov bo‘lmagani kabi tutun 
ham bo‘lmasligini» e’tirof etuvchi misolni keltirish mumkinligi) bilan 
belgilanadi. 
VII asrda yashagan Dxarmakirti Dignaga mantiqiy ta’limotining 
davomchisi hisoblanadi. Uning «Mantiq tomchisi» («Mantiq haqida 
qisqacha darslik»), «Mantiqiy asoslash haqida qisqacha darslik» va «Ilmiy 
bahslar to‘g‘risidagi qo‘llanma» kabi asarlari bizgacha yetib kelgan.
Dxarmakirtining mantiq tizimi 4 qismga bo‘lib o‘rganiladi: 1) idrok 
haqida ta’limot; 2) «o‘zi uchun» xulosa; 3) «o‘zgalar uchun» xulosa; 4) 
mantiqiy xatoliklar. 
Idrok va xulosa Dxarmakirti ta’limotida dunyoni bilishning eng 
to‘g‘ri usullari sifatida ta’kidlanadi. Uning fikricha, idrok – dunyoni 
bilishning dastlabki bosqichi. Dunyoda real va muayyan ko‘rinishga ega 
bo‘lgan barcha obyektlarni faqat bevosita sezish orqali idrok qilish 
mumkin. Idrok qilingan narsa, hodisalar va ular to‘g‘risida inson 
tasavvurida hosil bo‘lgan bilimlarning amaliyotga mos kelishi va 
haqiqiyligini xulosa orqali aniqlash mumkin. Xulosa esa, o‘z navbatida, 
ikkiga, ya’ni «o‘zi uchun xulosa» (obyekt haqida o‘zida hosil bo‘lgan 
bilimlar) hamda «o‘zgalar uchun xulosa» (obyekt haqida boshqa 
birovlarga ma’lumot berish)larga bo‘linadi. Mazkur xulosalar tahlil 
qilinganda o‘xshashlik va tafovut sillogizmlari ham keltiriladi. Bundan 
tashqari, mantiqiy xatoliklar va ularni bartaraf etish usullari ham 
Dxarmakirtining mantiq tizimida katta o‘rinni egallaydi. 
Hind mantig‘ining keyingi rivojlanish davri VIII–XVII asrlar bilan 
bog‘liq bo‘lib, unda mantiq ilmi asosan matematik mantiq – implekatsiya 
21


singari amallarni hamda umumiy hukmlar haqidagi ta’limotlarni 
rivojlantirish bilan boyitilgan. 
Hind mantig‘ining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatishimiz mumkin: 
– 
deduksiya va induksiyaning dialektik birligini sodda, primitiv 
shaklda ifodalovchi, har qanday umumiy holatlarni aniq va faktik misollar 
bilan asoslash lozimligi haqida o‘ziga xos besh qismli sillogizm ta’limot; 
– hind mantig‘ida hukm tafakkurning alohida shakli emas, balki 
xulosaning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etiladi;
– xulosani «o‘zi uchun» va «o‘zgalar uchun» degan turlarga bo‘ladi. 
Qadimgi Gretsiyada mantiq ilmining paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
falsafiy maktablar va ular o‘rtasidagi murosasiz bahslar bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan. Har bir falsafiy tizimning tarkibida mantiq 
elementlarining borligi kuzatilgan. Chunonchi qadimgi falsafiy 
maktablardan biri bo‘lmish «Pifagorchilar ittifoqi» butun mavjudlikni 
qarama-qarshi tushunchalar sifatida quyidagi o‘n juft kategoriyaga 
bo‘lgan:
– cheklilik va cheksizlik; 
– toq va juft; 
– birlik va ko‘plik; 
– o‘ng va chap; 
– erkak va ayol;
tinchlik va harakat
– to‘g‘ri va egri chiziqlar; 
– yorug‘lik va qorong‘ilik;
– yaxshilik va yomonlik; 
– kvadrat va uzaytirilgan to‘rtburchak. 
Bundan tashqari, qadimiy falsafiy maktablardan bo‘lmish Eley 
maktabining namoyandalari Ksenofan, Parmenid va Zenon asarlarida ham 
mantiq elementlari o‘zaro bog‘langan deduktiv xulosalar asosida tuzilgan 
isbotlar shaklida o‘z ifodasini topgan. 
Protagor, Gorgiy, Trasimax, Prodik va Gippiy kabi sofistlar esa 
mantiq elementlari bilan sug‘orilgan notiqlik ilmini rivojlantirishga katta 
hissa qo‘shadilar. Jumladan, Protagorning (mil. old.481–411 y.) mazkur 
masalaga bag‘ishlangan «Bahslashuv san’ati» deb nomlangan asarini 
misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Sofistlarning dastlabki avlodiga 
tegishli bo‘lgan Protagorning bahslashayotgan kishini so‘z ustomonligi 
bilan yengish yo‘llariga bag‘ishlangan asarlaridan biri «To‘lov borasidagi 
sudlashuv» deb nomlanadi. Mazkur asar Protagorning o‘z shogirdi Evatl 
22


bilan tuzgan shartnomasi haqida bo‘lib, unga binoan Evatl o‘z ustoziga 
olgan ta’lim-tarbiyasi uchun haqni birinchi yutib chiqqan sud jarayonidan 
berishi lozim bo‘ladi. Protagor Evatldan o‘z haqini talab qilganda, 
shogirdi hali birorta ham sud jarayonida qatnashmaganligini vaj qilib 
ko‘rsatadi. Darg‘azab bo‘lgan Protagor o‘z shogirdini sudga berishi va 
unda yutib chiqsa, sud qaroriga binoan, mag‘lub bo‘lsa, o‘zlarining 
shartnomalariga binoan, xullas, har ikki holda ham Evatldan o‘z haqini 
undirib olishini ta’kidlaydi. Lekin shogirdi Evatl ham bo‘sh kelmasdan, 
ustozining aforizmini uning o‘ziga qaytarib, har ikki holda ham to‘lovni 
to‘lamasligini isbotlashga harakat qiladi
6
. Mazkur sofizm uzoq vaqt o‘z 
yechimini topa olmaydi, faqat Leybnitsgina o‘zining asarlarida bunga 
aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘ladi. 
Qadimgi Gretsiyada birinchi bor mantiq tizimini Demokrit 
(mil. oldingi.460 – 370) yaratishga harakat qiladi. Uning mantiq ilmiga 
bag‘ishlangan «Mantiq to‘g‘risida» yoki «Qonun» deb nomlanuvchi uch 
kitobdan iborat asarining ma’lum bir qismlarigina bizgacha yetib kelgan. 
Demokrit «Mantiq to‘g‘risida»gi asarida Protagor qoidasidan uning 
o‘ziga qarshi foydalanadi. Demokritning fikricha, agar Protagor 
o‘rgatganidek, tasavvur qilingan narsaning barchasi haqiqat bo‘lsa, u 
holda Protagor qoidasiga qarshi chiqish ham haqiqat bo‘lib chiqadi. 
«Masalan, – deydi Demokrit: —agar kimdir hamma narsa ham haqiqat 
emas deb tasavvur qilsa, u holda bu fikrning o‘zini ham haqiqat emas deb 
tan olishi lozim bo‘ladi. Modomiki, shunday ekan, u holda Protagorning 
hamma narsa haqiqat, degan qoidasining yolg‘onligi o‘z-o‘zidan ma’lum 
bo‘lib qoladi»
1
. Demak, Demokrit mazkur bahs orqali haqiqatni hech 
kimning fikriga bog‘liq bo‘lmagan holda obyektiv ekanligini isbotlab 
bergan, degan xulosaga kelishimiz to‘g‘ri bo‘ladi. 
Demokritning ta’kidlashicha, haqiqatga hissiy bilish, alohida faktlarni 
kuzatish va ularni aql yordamida umumlashtira olish orqaligina erishish 
mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, hissiy idrok Demokritning mantiq 
tizimida tafakkurning birlamchi elementi sifatida tahlil qilinadi. Bilishning 
keyingi bosqichida alohida faktlarni hissiy idrok qilish orqali olingan 
ma’lumotlardan sodda hukmlar tuzilishi e’tirof etiladi. Sodda hukmlar esa 
o‘z navbatida subyekt va predikatdan iborat bo‘ladi.
Demak, ko‘rib turganimizdek, Demokrit o‘zining mantiq tizimida 
bilish dialektikasini hissiy idrokdan boshlab xulosalarga, undan 
6

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin