Sintaksis («syntaxis» – qurilma, tartib) – semiotikaning muhim bir
tarmog‘i bo‘lib, tilning tuzilishi, turli belgilar o‘rtasidagi aloqasi hamda
shakllanish usullarini o‘rganadi. Sintaktik
aloqa tufayli mantiqiy
munosabat grammatik jihatdan shakllanadi. Masalan: «
Ob-havo o‘zgardi».
«
Bu xastalikka ta’sir qiladi». «
Shu sababli kasallar o‘zlariga nisbatan
e’tiborni kuchaytiradilar», deb gaplarni o‘zaro bog‘lasak, unda mantiqiy
munosabatlar bilan birga sintaktik aloqa vujudga keladi. Sintaktik aloqa
tufayli
gap yangi sifatga, yangi tuzilishga ega bo‘ladi. Misolimizdagi
uchta sodda gapdan bitta qo‘shma gap hosil bo‘ldi.
Semantika (yunoncha «semantikos» – ifodalovchi) – til belgilari bilan
unda ifodalangan obyekt o‘rtasidagi munosabatni tahlil qiladi, boshqacha
aytganda, belgilarning ma’nosini talqin qilish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi
zamon fanida adabiy til va jonli so‘zlashuv tili semantikasi bilan birga
sun’iy til semantikasini tahlil qilish muammosi ham mavjud. Mantiq
fanida ana shu masalalarga alohida e’tibor beriladi.
Pragmatika (yunoncha «praktikus» – ish, harakat) – kishilarning
belgilarga munosabatini o‘rganadi. Bunda belgilar yordamida odamlar
o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar tahlil qilinadi.
Odatda til
tabiiy va sun’iy tillarga bo‘linadi. Tabiiy yoki milliy til
kishilarning tarixiy birligi asosida paydo bo‘ladigan jonli so‘zlashuvlarida,
keyinchalik grafik yozuvlarida ifodalanadi. Bu esa belgi-axborot tizimini
tashkil qilib, u kishilar o‘rtasida aloqa qilish vazifasini bajaradi. Til orqali
kishilar bir-birlariga axborot beradilar, tajriba
almashadilar hamda ularni
to‘plab keyingi avlodlarga qoldiradilar.
Tabiiy til o‘zining ichki rivojlanish qonuniga ega bo‘lib, rang-barang
ifodalanish, hayotni turli tomonlardan qamrab olish xususiyatlariga ega. U
o‘zining so‘z tarkibi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishi bilan boshqa
tillardan farq qiladi. Til – ma’naviy faoliyatning natijasi bo‘lsa, belgi
axborot sintezidan iborat.
Dostları ilə paylaş: