Sun’iy til tabiiy til asosida paydo bo‘lgan yordamchi belgilar
tizimidan iborat bo‘lib, ilm va boshqa jarayonlar haqida berilgan
axborotlarda ishlatiladi. Belgi asosida alfavitlar tuziladi. Ular aniq ma’noli
mantiqiy axborot jarayonlarini ifodalaydi. Gap shundaki, voqealarning
formal modeli yaratilganida fikrda uning eng umumiy xossasi aks etib,
nomuhim tomonlari soqit qilinadi. Formal ifoda esa, aniqligi bilan ajralib
tursa-da, biroq, konkret mazmundan uzoqlashadi, ya’ni mavhumlashadi.
Mana shu hollarda tabiiy til tizimidan yoki qo‘llanib kelgan sun’iy til
belgilaridan foydalaniladi. Hozirgi zamonda sun’iy til turli fanlarda,
13
jumladan, matematika, ximiya, kibernetika, hisoblash texnikasi va boshqa
sohalarda keng qo‘llanilmoqda.
Zamonaviy mantiq ilmi ham sun’iy til yordamida fikrlashning qonun
va shakllarini nazariy tahlil qilmoqda. Shuning uchun ham u «simvolik
mantiq» deb yuritiladi.
Endi belgilarning o‘zi nima va ularning mantiq uchun ahamiyati
qanday, degan savolga javob berish kerak.
Belgi bu moddiy predmetning (hodisa yoki ish-harakatning) hissiy
idrok qilinishi bo‘lib, boshqa predmetning xossasi yoki munosabati
to‘g‘risida axborot beradi . Ular ikkiga bo‘linadi, ya’ni nutqiy belgilar va
nutq bilan ifodalanmaydigan belgilar.
Nutq bilan ifodalanmaydigan belgilarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
nusxa belgisi, masalan, fotosurat, barmoq izlari va h. k.;
xossa belgisi, masalan, tutun – olovning xossasi, haroratning oshishi –
kasallik belgisi va h. k.;
signal belgisi, masalan, qo‘ng‘iroq – darsning boshlanishi yoki tamom
bo‘lishi belgisi;
ramziy belgilar, masalan, yo‘l-harakat belgilari va boshqalar.
Belgilarning ikkinchi turi nutqiy belgilardir. Ular insonlar o‘rtasida
aloqa vositasini ta’minlaydi. Nutqiy belgilarning vazifasi predmetlarning
nomini ifodalash. Predmetlarni ifodalash uchun «nom» (ot) tushunchasi
ishlatiladi.
Nom (ot) – predmetni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi. «Predmet»
deganda narsalar va ularning belgilari, xossalari, munosabati hamda
jarayon va hodisalar tushuniladi. Predmetlar doimiy o‘zgarib tursa-da,
ularning sifatiy barqarorligi nomda ifodalanadi. Nomlar oddiy («Alisher
Navoiy», «kitob») va murakkab («O‘zbekistondagi eng katta daryo»)
bo‘ladi. Oddiy nom bo‘laklarga ega emas, murakkabi esa bo‘laklardan
tashkil topadi.
Atoqli otlar kishilar, predmet va hodisalarning nomini bildirsa («Al-
Xorazmiy», «Orol dengizi»), turdosh otlar turkum predmetlarni ifodalaydi
(masalan, «kitob», «yulduz»). Har qanday nom ma’no va mazmunga ega.
Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganishda mantiq kategoriyalari
qam muhim o‘rin tutadi. Semantik kategoriyalar til ifodalarining
sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir-biridan qanday obyektlarni aks ettirishi
bilan farq qiladilar. Shunga ko‘ra, mantiq ilmida quyidagi semantik
kategoriyalar mavjud: gap, deskreptiv va mantiqiy terminlar.
14
Gap o‘z navbatida, darak, so‘roq va undov gaplarga bo‘linadi. Gap
xabar, savol, hukm va normani /buyruq/ ifodalashi mumkin. Hukmni
ifodalovchi gap predmetga xossa yoki munosabatning xosligini tasdiqlaydi
va u darak gapdan iborat bo‘ladi.
Gapda predmetlarni va ularning xossalarini aks ettiruvchi ifodalar
«deskreptiv terminlar» deyiladi. Deskreptiv terminlar, o‘z navbatida,
predmetning nomlari, funksional belgilar va predikatlar (narsalarning
xossa va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar)ga bo‘linadi.
Predmetlarning nomlari alohida so‘z yoki so‘z birikmalaridan iborat
bo‘lib, ular moddiy (avtotransport, to‘pponcha, elektromagnit to‘lqinlari
va h. k.) hamda mavhum (iroda, muomala layoqati, xayol) predmetlarni
ifodalaydi. Predmetning nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z
mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni predmetni ifodalaydi va
mantiqda «denotat» deb ataladi. Nomning ma’nosi esa predmetning
muhim, umumiy belgilarini ifodalaydi va «konsept» deb ataladi. Masalan,
«4» belgisi bilan «2+2», «6-2» bir ma’noga, biroq turli xil mazmunga ega.
Yoki boshqa misolni olaylik. «Xamsa»ning muallifi, «O‘zbek klassik
adabiyotining asoschisi» kabi birikmalarda ma’no bitta bo‘lib, gap Alisher
Navoiy haqida bormoqda. Shuningdek, nomlar yakka («General Sobir
Rahimov») yoki umumiy («general») bo‘lishi mumkin. Bunda yakka nom
bitta predmetni, umumiy nom esa predmetlar turkumini aks ettiradi.
Funksional belgilar buyumlarning muayyan (bajaradigan vazifasiga
ko‘ra) ahamiyatini ifodalaydi. Mazkur belgilarga matematikadagi «+», «–
», «x (u)», «sin», «log» kabi maxsus belgilar hamda tabiiy tildagi «hajm»,
«og‘irlik», «bo‘y», «masofa», «rang» kabi belgilar kiradi.
Bundan tashqari, tilda mantiqiy, ya’ni predikativ terminlar ham
uchraydi, ularni quyida ko‘rib chiqamiz. Predikatlar predmet va uning
belgisi o‘rtasidagi munosabatni tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikrning
tildagi ifodasidir. Ular gapda asosan kesim o‘rnida keladi (ish boshlamoq,
katta bo‘lmoq, tabriklamoq, sevmoq va h. k.). Predikatlar predmetga
tegishli belgini ko‘rsatsa, bir o‘rinli (paxta oqdir), ikki predmetning o‘zaro
munosabatini ko‘rsatsa, ko‘p o‘rinli predikat deb ataladi (Vali Salimaga
gul sovg‘a qildi).
Mantiqning formallashtirilgan tilini yaratishda semantik
kategoriyalarni muayyan belgilarda aks ettirish lozim bo‘ladi. Ana shu
belgilar mantiqning alifbosini tashkil qiladi. Ularni, o‘z navbatida,
predikat mantig‘i tili va mulohazalar mantig‘i tilining simvollarida
mulohazalar mantig‘ida ifodalash mumkin.
Tilning predikatlar mantig‘ida qo‘llaniladigan belgilari:
15
a, b, c…. – yakka atoqli yoki tavsifiy predmetlarning nomi
ifodalangan belgilar, ya’ni «mantiqiy o‘zgarmas» belgi. U «konstant» deb
ataladi .
x, u, …. – predmetlarning umumiy nomini ifodalovchi belgilar, ular
«mantiqiy o‘zgaruvchilar» deb ataladi.
P
1
, Q
1
, R
1
, P
2
, Q
2
, R
2
, ….P
n
, Q
n
, R
n
, … – predikatlarni ifodalovchi
belgilar. Indekslar predikatlarning o‘rnini, ya’ni 1-bir o‘rinli, 2-ikki o‘rinli,
n-ko‘p o‘rinliligini ko‘rsatadi.
,
– fikrlarning miqdoriy tavsifini ifodalovchi belgilar. Ular
«kvantor» deb ataladi ( – umumiylik kvantori «hamma», «har qanday»,
«hamma vaqt» kabi so‘zlarda ifodalansa, – mavjudlik kvantori
«bo‘ladi», «ba’zida uchraydi» , «mavjud» kabilarda ifodalanadi).
P, q, r…. – propozitsional o‘zgaruvchanliklar hukmini ifodalovchi
belgilar.
Mulohaza mantig‘ining belgilari:
/\ – konyunksiya (birlashtiruvchi) – (a /\ v) – «va», «ham», «hamda»;
\/ – dizyunksiya (ayiruvchi) – (a \/ v) – «yoki», «yo», «yoxud»;
→ – implikatsiya (shartli) – (a → v) – «agar… , u holda…»;
≡ – ekvivalent (tenglik) – ( a ≡ v ) – «faqat va faqat shundaki…»
– inkor, ya’ni « » yoki «ā», har ikkala holda ham «a» emas degani.
Mazkur ramziy belgilarga izoh berib, shuni aytish mumkinki, agar
predikatlar muhokama jarayonini hukmlarning ichki tuzilishi bilan bog‘liq
jihatini o‘rganuvchi formallashgan mantiqiy tizim deb hisoblansa,
mulohazalar mantig‘i hukmlarning ichki tuzilishini emas, balki ularning
o‘zaro aloqasini tahlil qiladigan formallashgan mantiqiy tizim sifatida
qabul qilinadi.
Yuqorida keltirilgan sun’iy mantiqiy til yordamida shakllangan va
formallashgan mantiqiy tizim tuzish mumkin. Ular yordamida tabiiy fan,
xususan, huquqiy tilning barcha sohalari bo‘yicha formallashtirilgan
(rasmiylashtirilgan, qonunlashtirilgan) tizim yaratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |