O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Маковельский А. О. История логики. – М., 1967. – С. 400.
36


va shakllarini uning obyektiv mazmunidan ajratilgan holda o‘rganuvchi 
fandir. 
I. Kant Arastuning mantig‘ini tanqid qilgan bo‘lsa-da, uning mantiq 
ilmi tarixidagi xizmatiga katta baho beradi. U Arastu haqida gapirar ekan, 
uning mantiqdagi barcha kengliklarni ishg‘ol qilganligini va keyinchalik 
mantiqda o‘rganiluvchi masalalarning hajmi o‘zgarmaganligini, aksincha 
gap faqat mazkur masalalarning yechimini qay darajada 
takomillashtirishga erishilganligi haqida borishi mumkinligini ta’kidlagan. 
Kantda tafakkurning formal mantiq qonunlari tizimida birinchi asos 
vazifasini «ziddiyat» va «ayniyat»ning birlashgan qonuni, ikkinchi asosni 
«yetarlicha asos» qonuni, uchinchi asosni «uchinchisini istisno» qonuni 
bajaradi. 
Bundan tashqari, Kantning mantiqiy tizimida alohida o‘rinni 
xulosalar, mantiqiy xatoliklar, sillogizmning figura va moduslari haqidagi 
ta’limotlar egallagan. Umuman olganda, Kantning mantiq va bilish 
nazariyasidagi o‘ziga xos o‘rni, bir tomondan, real sabab bilan mantiqiy 
asoslanishni aynanlashtiruvchi ratsionalizm tanqid ostiga olinganligida 
namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, uning ta’limotidagi agnostik 
chegaralanganlikda ko‘rinadi. 
Mantiq fanining rivojlanishida yaratgan dialektik tizimi bilan butun 
bir fanga o‘zgartirish olib kirishga muvaffaq bo‘lgan mashhur nemis 
mutafakkiri Gegelning (1770–1831) ham o‘rni beqiyosdir. Gegel formal 
mantiqni tanqid qilib, dialektik mantiqni vujudga kelishining metodologik 
asosini yaratdi va rivojlantirdi. Uning fikricha, dunyodagi barcha 
mavjudliklar «mutlaq ruh»ning rivojlanishidagi muayyan bosqichlardan 
iborat deb sanaladi. Gegelning ta’limotiga ko‘ra, mutlaq g‘oya uch 
bosqichni: tezis, antitezis va sintezni bosib o‘tadi. 
Gegelning dialektik mantig‘idagi «mutlaq ruh» rivojlanishining 
birinchi va ikkinchi bosqich bevosita borliq va mohiyat harakatidan iborat 
bo‘lib, ularning sintezi uchinchi bosqichni, ya’ni tushunchani ifoda etadi. 
O‘z navbatida, tushuncha rivojlanish jarayonida quyidan yuqoriga harakat 
qilib, hukm va xulosalarda, undan keyin esa eng oliy bosqichda g‘oyaga 
aylanadi. G‘oyada tushunchadagi subyektivlik (inson ongi bilan 
bog‘liqlik) obyektivlikka (inson ongidan tashqaridagi «mutlaq 
ruh»ga) 
o‘tadi. Shu tariqa «olam ruhi» yoki «mutlaq g‘oya» bilan 
ifodalangan, tabiat va jamiyatdan ham ilgari mavjud bo‘lgan qandaydir 
ruhiy ibtido o‘zining boshlang‘ich bosqichi, ya’ni o‘zining sof azaliy 
shakliga qaytadi. Mazkur jarayonning doimiy takrorlanishini e’tirof 
etilishi bir tomondan Gegel dialektikasini rivojlanishining ichki manbaini 
37


ochib beruvchi ilg‘or ta’limot sifatida ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, ushbu 
tizimdagi butun olam rivojlanishining ibtidosini ilohiylashgan «mutlaq 
ruh» bilan bog‘lashlik Gegel dialektikasidagi idealistik cheklanganlikni 
ko‘rsatadi. 
Xulosa qilib aytganda, Gegel o‘z ta’limotidagi butun olam 
harakatining ichki bog‘lanishlarini ochib beruvchi rivojlanish g‘oyasini 
mantiq ilmiga tatbiq qilishga harakat qiladi va shu tariqa «dialektik 
mantiq» deb nom olgan yangi yo‘nalishning nazariy asoslarini yaratishga 
muvaffaq bo‘ladi. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, an’anaviy mantiqqa 
matematik metodlarning kirib kelishi bilan mantiq ilmi o‘z rivojining 
yangi bosqichiga ko‘tarildi. Maydonda mantiqning matematik mantiq, 
konstruktiv mantiq, modal mantiq, intuitiv mantiq, munosabatlar mantig‘i 
hamda ehtimollar mantig‘i kabi tarmoqlari paydo bo‘la bordi. Bu davrda 
Jorj Bul, David Gilbert, Bertran Rassel, Yan Lukasevich va Alfred Tarskiy 
kabi mutafakkirlar o‘z asarlarida hozirgi zamon fan taraqqiyotini aks 
ettiruvchi mantiqning yangi tarmoqlarini yaratishga va rivojlantirishga 
muvaffaq bo‘lishdi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin