O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Mantiqiy qonunning yuridik qonunlar bilan o‘zaro aloqadorligi nimada 
ifodalanadi? 
2. Mantiqiy qonunning turlari haqida tushuncha bering. 
3. 
Quyidagi muhokamalarda mantiqning qaysi qonuni talablarining 
buzilganligini aniqlang:
3.1. Balog‘at yoshiga yetmaganlar harbiy xizmatga chaqirilmaydi. 
Salimov harbiy xizmatga chaqirilmagan.
Demak, Salimov balog‘at yoshiga yetmagan. 
3.2. «Kecha Akademiyaning ishxonasida naryadda bo‘lganligim uchun falsafa 
fani bo‘yicha bugungi ma’ruza darsida uxlab qoldim» (Tinglovchining tushuntirish 
xatidan). 
4. Quyidagi ikki versiya (taxmin)ga uchinchisini istisno qonunini qo‘llash 
mumkinmi? 
4.1. Harbiy qismning kiyim-kechak omborida aniqlangan kamomad noma’lum 
shaxslar tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘rilikning natijasidir. 
4.2. Harbiy qismning kiyim-kechak omborida aniqlangan kamomad ombor 
xizmatchisi erkin yollangan fuqaro S. ning hech qanday nazoratsiz ombordagi kiyim-
kechaklarning kam miqdorda, doimiy ravishda yashirincha olib chiqishga muvaffaq 
bo‘lganligining natijasidir. 
5. Quyidagi hukmlarda mantiqiy qonun talablarining ifodasini ko‘rsatib bering. 
5.1. Fuqaro S.ning qilgan harakati O‘zbekiston Respublikasi JKda o‘g‘rilikdir. 
5.2. Fuqaro S.ning qilgan harakati O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-
moddasiga ko‘ra, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish deb 
ta’riflanadi. 
6. Quyidagi muhokamalarning chinlik yoki yolg‘onlik holatlarini mantiqning 
qaysi qonuni asosida tushuntirib berish mumkin? 
45


6.1. Ayblanuvchi K.ning bergan ko‘rsatmalari yolg‘on hisoblanadi. 
6.2. Ayblanuvchi K.ning bergan ko‘rsatmalari chin hisoblanadi. 
7. Quyida keltirilgan gapdagi tagiga chizilgan so‘zlar qavs ichidagi so‘zlar bilan 
almashtirilsa, ularning o‘rtasidagi aynanlik saqlanib qoladimi? 
7.1. 
Ichki ishlar vazirligidan chiqqan buyruqlar (ko‘rsatmalar, qarorlar) 
tizimdagi barcha boshqarma va bo‘linmalar uchun me’yoriy hujjat hisoblanadi.
7.2. Har kim fikrlash (so‘z, e’tiqod) erkinligi huquqiga ega. 
8. Mantiqiy qonunlarni bilish va ulardan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi hosil 
bo‘lishining yuridik amaliyot uchun ahamiyati haqida gapirib bering. 
46



Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin