S –
Taqsimlangan
P –
Taqsimlanmagan
YE – umumiy inkor hukmi «Hech bir S – P emas». Masalan:
«Akademiyamizning hech bir tinglovchisi qobiliyatsiz emas». Bu hukmda
ikki termin (S va R) bir-birini hajmiga ko‘ra to‘laligicha inkor etganligi
uchun taqsimlangan hisoblanadi.
Jumladan,
Akademiyamizning hech bir
tinglovchisi qobiliyatsizlar qatoriga kirmaydi va aksincha,
qobiliyatsizlarning hech biri Akademiyamizning tinglovchilari safida
bo‘lmaydi. Demak, mazkur misolimizda ham subyekt, ham predikat
taqsimlangan bo‘ladi.
Biroq bu qoidadan hukmlarning ayrim turlari istisnodir. Jumladan,
ta’riflash shaklidagi hukmlarda R hajmi S hajmiga mos keladi. Bunda R
taqsimlangan, to‘liq ochilgan. Masalan, «Hamma kvadratlar teng tomonli
to‘g‘ri to‘rt burchak» degan ta’rifda R ning hajmi to‘liq olingan. Chunki u
subyektning hajmiga to‘laligicha kiradi. Umumiy ajratib ko‘rsatuvchi
hukmlarda ham R to‘liq olingan va bo‘lingan bo‘ladi. Masalan,
«Planetamizda faqat insongina ongli mavjudotdir». Demak, S bilan R ning
hajmi teng bo‘lgan umumtasdiq hukmlarda R taqsimlangan va to‘liq
olingan bo‘ladi. Ularning sxemasi quyidagicha:
S – Taqsimlangan
S
P
P – Taqsimlanmagan
I – juz’iy tasdiq hukm «Ba’zi S – R dir» degan tuzilishga ega. Bunda S
to‘liq hajmda olinmagan. R esa ham taqsimlangan, ham taqsimlanmagan
bo‘lishi mumkin. Masalan, «Ba’zi tinglovchilar sportchilardir». Bunda
hamma
tinglovchilar emas, balki ba’zi tinglovchilar olinmoqda. Hamma
sportchilar emas, balki ularning tinglovchi sportchilari olinmoqda. Demak,
bunda S ham R ham to‘liq
olinmagan, ya’ni taqsimlanmagan bo‘ladi.
S – Taqsimlangan
66
P
S
P – Taqsimlanmagan
Boshqa
bir misolni olaylik. «Ba’zi o‘qituvchilar professorlardir»
desak, bunda S to‘liq olinmagan, taqsimlanmagan, R esa to‘liq olingan va
taqsimlangan. Uning sxemasi quyidagicha:
S – Taqsimlanmagan
P – Taqsimlangan
O – juz’iy inkor hukmi «Ba’zi S – R emas» tuzilishiga ega.
S ning bir
qismi R ni butunlay inkor qiladi. Demak, bu hukmda S to‘liq olinmagan
va taqsimlanmagan, R esa hamma vaqt taqsimlangan bo‘ladi. Masalan,
«Hayvonlarning ba’zilari yirtqich emas». Bunda hamma hayvonlar emas,
balki ayrim hayvonlar olinmoqda (S), «yirtqich emas» (R) esa yirtqich
bo‘lmaganlarning
barchasi subyektda ifodalangan, ba’zi hayvonlarning
guruhiga kirmaydi. Demak, juz’iy inkor hukmda S taqsimlanmagan, R esa
taqsimlangan bo‘ladi. Uning sxemasi
quyidagicha
:
S – Taqsimlanmagan
P – Taqsimlangan
Dostları ilə paylaş: