Sig‘ishmaydigan hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar
Qarama-qarshi munosabatlar. Umumiy tasdiq hukmi (A)
bilan
umumiy inkor hukmi (YE) o‘rtasida qarama-qarshi munosabat mavjud.
Chunki bir hukm (A) to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchi hukm (YE) xato yoki ikkalasi
birdaniga xato bo‘lishi mumkin, biroq ikkalasi qam birdaniga to‘g‘ri
bo‘lmaydi. Masalan, «Inson hayotiga suiqasd qilish – eng og‘ir jinoyat»
(A) yoki «Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat emas» (YE).
Bularning biri to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchisi xato. «Hamma insonlar jinoyat
sodir etadilar» (A) yoki «Hech bir inson jinoyat sodir etmaydi» (YE). Bu
hukmlarning har ikkalasi ham xato.
Zid munosabatlar. Bunda birinchi hukm to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchisi xato
bo‘ladi yoki aksincha. Ammo ikkalasining birdaniga xato bo‘lishi mumkin
emas. Umumiy tasdiq hukmi (A) bilan juz’iy inkor (O) hukmi va
umuminkor hukmi (YE) bilan juz’iy tasdiq (I) hukmi o‘rtasida zid
munosabat mavjuddir. Masalan, «Hamma huquqiy qonunlar huquq
normalarini belgilaydi» (A) to‘g‘ri yoki «Hamma huquqiy qonunlar huquq
normalarini belgilamaydi» (YE) xato. «Hech bir qush qish vaqtida issiq
71
mamlakatlarga uchib ketmaydi» (YE) xato yoki «Ba’zi qushlar qish
vaqtida issiq mamlakatlarga uchib ketadi» (I) to‘g‘ri.
Sodda
hukmlar o‘rtasidagi munosabatni eslab qolish uchun «Mantiqiy
kvadrat» deb ataluvchi vositadan foydalaniladi. Unda hukmlar o‘rtasidagi
munosabat ko‘rsatilgan.
A Qarama- qarshi YE
b
b
A, YE va YE, A – qarama-qarshi
o‘
z
o‘
A, I va YE, O – bo‘ysunish
y
i
y
A, O va YE, I – zid
s
d
s
I, O va O, I – qisman mos kelish
u
d
u
n i n
i
z
i
sh
sh
I qisman mos kelish O
Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlardan keyin hukm modalliklari
haqidagi muhokamaga e’tiborimizni qaratsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xo‘sh, modallik nima?
Modallik lotincha «modus» so‘zidan olingan bo‘lib, «mezon»,
«og‘ish» degan ma’nolarni anglatadi hamda predmet va uning belgilari
to‘g‘risida aniq bilimlarni beradi.
Hukmning xarakterini asoslaydigan yoki predmet va uning belgilarini
aks ettiruvchi subyekt bilan predikatning o‘zaro bog‘liqligi ifodalangan
qo‘shimcha ma’lumotga hukm modalligi deyiladi.
Mantiqda modallik M operatori bilan belgilanadi va quyidagicha
ifodalanadi: M (S – R dir ), M (S – R emas).
Ma’lumki hukmlarda haqiqat masalasi, uning to‘g‘ri yoki xato
ekanligi asosiy o‘rinni egallaydi. Modallik ko‘p belgili hukm hisoblanadi.
Hukmlarni modal jihatdan tahlil qilish – ular o‘rtasidagi munosabatni
o‘zaro aniqlash asosida qo‘shimcha ta’rif berish.
Odatda qat’iy hukm a–ā (S – P) belgiga ega deb fikr yuritiladi.
Modallik hukmida esa bu tasdiqni yaxshilash yoki yomonlash, zarur
nozarur, ehtimollik yoki isbotlanganlik masalalari hal qilinadi. Mana shu
nuqtai nazardan modall hukmlarni mantiqan ehtimollik, voqelik, zarurlik
turlariga bo‘lamiz.
72
Ehtimollik hukmida predikat subyekt belgisini taxminan tasdiqlaydi
yoki inkor qiladi. Masalan, «Ehtimol do‘stingiz ertaga kelib qolar»
Mavjudlik hukmida predikat subyektdagi belgining borligini
tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Masalan, «Kitobning eskiligi o‘z-o‘zidan
ko‘rinib turibdi».
Zaruriy hukmda predikat subyektdagi belgini albatta tasdiqlaydi yoki
inkor etadi. Masalan, «Fasllarning almashinishi zaruriy hodisadir».
Hukmlar modallikka ko‘ra aletik modallik, epistemik modallik,
deontik turlariga bo‘linadi.
1 . Aletik (yunoncha «alethika» so‘zidan kelib chiqib, «haqiqat» degan
ma’noni anglatadi) modallik – subyekt bilan predikat o‘rtasidagi mantiqiy
bog‘lanishlarni yoki ularda aks etgan hodisalar o‘rtasidagi haqiqiy
bog‘lanishlarni zarurat va imkoniyat terminlarida ifodalaydigan axborot.
Aletik modallikda ifodalangan axborot subyekt bilan predikat
o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Yoxud mavjudlik hodisalari
o‘rtasidagi munosabatni aks ettirishiga ko‘ra, mantiqiy va faktik
modalliklarga bo‘linadi.
Faktik (dalilli) modallik – hukmdagi subyekt va predikat o‘rtasidagi
tasdiq yoki inkorning tashqi olam voqea-hodisalari bilan bog‘liqligini
ifodalaydi. Faktik modallik chin va yolg‘on modalliklarga bo‘linadi.
Chin dalilli modallik hukmlardagi fikrning obyektiv reallikka muvofiq
kelishidir. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasining IIV Akademiyasi
Toshkent shahrida joylashgan».
Yolg‘on faktik modallik deb, hukmlardagi fikrning obyektiv
voqelikka mos kelmasligiga aytiladi. Masalan, «Hech qanday jinoyat
ochilmay qolmaydi».
Mantiqiy modallik – hukmdagi subyekt bilan predikat o‘rtasidagi
bog‘lanishning chin yoki yolg‘onligini (hukmlarning tarkibiy tuzilishi
asosida) mantiqiy izohlaydi.
Mazkur modalliklar hukmlarning mantiqiy tuzilishiga qarab, to‘g‘ri
(chin) yoki noto‘g‘riligini (yolg‘on) farqlashga xizmat qiladi. Jumladan,
mantiqiy qonunlarning o‘zi mantiqiy chin hukmlarga, o‘z-o‘ziga zid
fikrlarni ifodalovchi hukmlar esa mantiqiy yolg‘on hukmlarga misol
bo‘lishi mumkin.
2. Epistemik (bilishga oid) modallik – hukmda ifodalangan
bilimlarning asoslanganlik darajasi haqida qo‘shimcha ma’lumotni berish.
Bilimlar o‘z tabiatiga ko‘ra asoslangan (ishonchli) va ehtimolli
(muammoli) bo‘lishi mumkin. Chin yoki yolg‘onligi isbotlangan bilimlar
73
«ishonchli bilimlar» deb ataladi va «isbotlangan», «rad etilgan» so‘zlari
yordamida ifodalanadi. Masalan, «Bosqinchilik jinoyatida fuqaro S. ning
ishtiroki isbotlangan». «Uning bergan yolg‘on ko‘rsatmalari rad etildi».
Muammoli (ehtimolli) modallik hukmi berilgan bilimlarning yetarlicha
asoslanmaganligini anglatib, «ehtimol», «bo‘lishi mumkin» so‘zlari
yordamida ifodalanadi. Masalan, «Ehtimol, 2005 yil 13 mayda Andijonda
sodir bo‘lgan mudhish voqealar xalqaro hamjamiyatni «terrorizm» deb
ataluvchi bu baloga qarshi birgalikda kurashishda yanada jipslashtirishga
olib kelishi mumkin».
3. Deontik (me’yoriy) modallik – inson xatti-harakatlarining muayyan
me’yoriy umuminsoniy, axloqiy yoki huquqiy tizimlar doirasida
muvofiqlashtiruvchi qoidalarda ifodalangan hukmdir. Huquqiy
munosabatlar sohasida deontik modalliklar huquqiy-majburiy, huquqiy-
taqiq va huquqiy-taqdim qoidalar shaklida namoyon bo‘ladi.
Huquqiy-majburiy qoidalar «majbur», «shart», «kerak», «zarur» kabi
so‘zlar vositasida ifodalanadi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston
Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir».
Huquqiy-taqiq qoidalar «taqiqlanadi», «man etiladi», «yo‘l
qo‘yilmaydi» hamda «mumkin emas» so‘zlari vositasida ifodalanadi.
Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlari
qat’iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas»
Huquqiy-taqdim qoidalar «huquqiga ega bo‘ladi», «huquqlidir»,
«haqli» kabi so‘zlar yordamida ifodalanadi. Masalan, «Har bir inson
xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik
huquqiga ega».
Yuqorida keltirilgan misollarda keltirilganidek, modalliklar hukmda
ifodalangan fikr haqida qo‘shimcha ma’lumot berib, insonning xatti-
harakatlarini muayyan qoida va haqiqatlar doirasida muvofiqlashtirishga
imkon beradi. Shu ma’noda uning huquqni muhofaza qiluvchi organlari
xodimlarining faoliyatida amaliy ahamiyati kattadir.
Dostları ilə paylaş: |