O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

 
75


 
 
6-mavzu. XULOSA 
• Xulosa haqida umumiy tushuncha 
• Deduktiv xulosa chiqarish: 
• Induktiv xulosa chiqarish 
• Analogiyaga ko‘ra xulosa 
1. Xulosa haqida umumiy tushuncha 
Xulosalash – tafakkurning tushuncha va hukmdan keyingi yuqori 
shakli. Voqelikni bilish jarayonida ma’lum bilimlar asosida yangi bilimlar 
vujudga keladi. Bu bilimlarni keltirib chiqarishning mantiqiy shakli 
xulosalashdir. 
Xulosalash bir yoki bir nechta chin hukmlardan, muayyan qoidalar 
asosida, yangi hukmlarni keltirib chiqaruvchi tafakkur shaklidir. 
Xulosalash asos va natijani hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy 
bog‘lanishni o‘z ichiga oladi. 
Xulosalash uchun keltirilgan hukmlar «asos» deyiladi. Asos 
yordamida chiqarilgan yangi hukm «natija» deb ataladi. Asoslardan 
natijaga mantiqiy o‘tish jarayoni xulosalashdir. Masalan: 
Asos: O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining burchidir
Asos: Karimov – O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi. 
Natija: O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish Karimovning 
burchidir. 
Xulosalash jarayonida asos bilan natija bir-biridan ajratilib, 
yuqoridagi misolda ko‘rsatilganidek, ost-ust shaklida yoziladi. 
Har qanday xulosalash quyidagi talablarga bo‘ysunishi lozim: 
– keltirilayotgan asoslar albatta chin bo‘lishi kerak; 
– asoslar mazmun jihatidan bog‘langan bo‘lishi kerak. 
Agar asos hukmlar mazmunan bog‘lanmagan bo‘lsa, ulardan natija 
kelib chiqmaydi. 
Xulosalash qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra, xulosa chiqarishning 
demonstrativ (zaruriy) va nodemonstrativ (haqiqatga yaqin) turlari 
mavjud.
Demonstrativ xulosada natija mantiqiy qonun sifatida namoyon 
bo‘luvchi ketma-ketlikka ko‘ra asoslardan kelib chiqadi.
76


Nodemonstrativ xulosa chiqarishda xulosalash qoidasi asoslardan 
ehtimoliy natijaning kelib chiqishini ta’minlaydi. 
Bilimlarimizning umumiylik darajasi va mantiqiy xulosalashning 
yo‘nalishlariga ko‘ra, xulosa chiqarish quyidagilarga bo‘linadi: 
– deduktiv (lotincha deductio – keltirib chiqar) xulosa chiqarish; 
– induktiv (lotincha indictio – yagona asosga keltirish) xulosa 
chiqarish; 
– analogiya (grekcha analogia – moslik, o‘xshashlik)ga ko‘ra xulosa 
chiqarish. 
Xulosalashning mazkur shakllari bilish jarayonida chin, haqiqiy 
bilimlarni keltirib chiqarishning asosiy usullari sifatida keyingi 
bayonlarimizning asosini tashkil etadi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin