Murakkab hukmlardan xulosalar chiqarish
Nafaqat oddiy hukmlardan, balki murakkab hukmlardan qam xulosa
chiqarish mumkin. Asoslari yo shartli, yo ayiruvchi yoki ham shartli, ham
ayiruvchi hukmlar bo‘lib, ularning o‘zaro yoki qat’iy hukmlar bilan
birikishidan tashkil topgan xulosalarga murakkab hukmlardan xulosa
chiqarish deyiladi.
Bu xulosa chiqarishning o‘ziga xosligi shundaki, asoslardan olingan
xulosa qat’iy sillogizmdagi kabi o‘rta terminlarning munosabatidan emas,
balki hukmlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishdan kelib chiqadi. Shuning
uchun ham asoslarning subyekt – predikat tartibidagi tarkibi hisobga
olinmaydi. Murakkab hukmlardan xulosa chiqarishning keng tarqalgan
turlari quyidagilardir:
– sof shartli xulosa;
– shartli qat’iy xulosa;
– ayiruvchi qat’iy xulosa;
– shartli ayiruvchi xulosa.
Har ikki asos yoki asoslaridan biri shartli hukm bo‘lgan sillogizmga
«shartli xulosa chiqarish» deb aytiladi. Ma’lumki, hukm: «Agar a bo‘lsa,
unda v bo‘ladi» tartibida kelsa, u «shartli hukm» deyiladi. Shartli
xulosalash esa o‘z navbatida sof shartli va shartli qat’iy xulosalarga
bo‘linadi.
Sof shartli xulosa. Ikki asos va xulosani shartli hukmlardan tashkil
topgan vositali xulosalashga sof shartli xulosa chiqarish deyiladi. Masalan:
Agar o‘qishni xohlasang, (A) imkoniyat qidir (V).
Agar imkoniyat qidirsang, (V) maqsadingga yetasan (S).
Agar o‘qishni xohlasang, (A) maqsadingga yetasan (S).
Uning formulasi quyidagicha:
Agar A bo‘lsa, V bo‘ladi
Agar V bo‘lsa, S bo‘ladi.
yoki [(a → v) ^ (v → s)] → (a → s).
Demak, A bo‘lsa, S bo‘ladi.
90
Shartli-qat’iy (kategorik) xulosa chiqarish. Asoslardan biri shartli,
ikkinchisi va xulosa qat’iy hukmlardan iborat bo‘lgan xulosalashga shartli-
qat’iy xulosa chiqarish deyiladi. Masalan:
Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda (A) jinoyat ishini
muhokama qilish keyinga qoldiriladi (V).
Prokuror sud majlisiga kelmadi (A).
Sud jinoiy ishning muhokamasini keyinga qoldirdi (V).
Birinchi asos – shartli hukm asos (A) va oqibatning (V) bog‘lanishini
ifodalaydi. Ikkinchi asos qat’iy hukm bo‘lib, unda «prokurorning sud
majlisiga kelmaganligi» tasdiqlanadi. Ikkinchi asos natijaning chinligini
keltirib chiqarmoqda. Shartli qat’iy xulosa chiqarishning ikki, ya’ni tasdiq
va inkor moduslari mavjud.
Tasdiq modusi (modus ponens)ning formulasi quyidagicha:
a→v
a yoki
[(a
→ v) ^ a ] → v
v
Asoslarni tasdiqlash natijasida xulosani tasdiqlab ishonchli xulosalar
tuzish mumkin. Masalan:
Agar Oliy Majlis yangi saylansa (a), Vazirlar Mahkamasi o‘z
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi (v).
Oliy Majlis yangi saylandi (a).
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi (v).
Inkor
modusi (modus tollens)ning formulasi:
a →v
v
yoki
[(a → v)^ v ] → a
a
Xulosani
inkor etish natijasida qam, asoslarni inkor etib ishonchli xulosa
tuzish mumkin. Masalan:
Agar jinoyat sodir etilgan bo‘lsa (a), jinoiy ish qo‘zg‘atiladi (v).
Jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan (v emas).
Demak, jinoyat sodir etilmagan (a emas ).
Shartli-qat’iy xulosa chiqarish nafaqat ishonchli xulosalarni, balki
ehtimoliy xulosalarni ham beradi. Birinchi ehtimoliy modusning formulasi
quyidagicha:
a → v
v yoki
[(a→v) ^v] →a
Ehtimol , a
Ikkinchi ehtimoliy modusining formulasi quyidagicha:
91
a →v
a
yoki
[ (a →v) ^ a] →v
Ehtimol
v
Birinchi va ikkinchi ehtimoliy modus formulalarida ifodalangan
xulosa chin va ishonchli hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |