ОММАБОП
ИЛМИЙ
To‘liq induksiya. To‘liq induksiyada birorta belgining muayyan sinfga
kiruvchi bir predmetga xosligini aniqlash asosida, uning mazkur sinfdagi
barcha predmetlar uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
Masalan:
Taftish komissiyasiga jazoni ijro etish muassasasining barcha besh
otradidagi tartib-intizomning ahvoli haqida
xulosa tayyorlash vazifasi
yuklatilgan. Komissiya muassasaga tegishli otradlarning har birida maxsus
taftish olib borib, ularning hech birida tartib-intizomning buzilganligi
haqida birorta ham ma’lumot topa olmasa, unda
ularning hammasi haqida
bir umumiy xulosaga, ya’ni mazkur jazoni ijro etish muassasasining
barcha besh otradida tartib-intizomning talab darajasida ekanligi haqida
xulosa chiqarishi mumkin.
Mazkur xulosa to‘liq induksiya bo‘lib, u sxemada quyidagicha
ifodalanadi:
S
1
– P belgiga ega.
S
2
– P belgiga ega.
S
n
– P belgiga ega.
………………………………………………….
S
1
, S
2
, ……… S
n
K sinfni tashkil etadi.
Demak, K sinfning har bir predmeti R belgiga ega.
To‘liqsiz induksiya. Muayyan sinfga
mansub ayrim narsa yoki
hodisaning belgilari asosida mazkur sinfga kiruvchi boshqa barcha narsa
yoki hodisalarga shu belgining xosligi haqida xulosa chiqarishga «to‘liqsiz
induksiya» deb aytiladi.
To‘liqsiz induksiyada o‘rganilayotgan narsa yoki hodisaning barcha
holatlarini kuzatish imkoniyati bo‘lmasa, ularning ayrim qismlarini
o‘rganish asosida butun bir sinfga yoki turga kiruvchi barcha narsa va
hodisalar haqida xulosalashda qo‘llaniladi.
To‘liqsiz induksiya bir sinfga
mansub barcha hodisalarni
tekshirmaydi, balki ayrim hodisalardagi belgini mana shu tur uchun
tegishli deb hisoblaydi. Masalan:
O‘g‘rilik – jinoiy javobgarlikka tortiluvchi qilmishdir.
Bosqinchilik – jinoiy javobgarlikka tortiluvchi qilmishdir.
96
Firibgarlik – jinoiy javobgarlikka tortiluvchi qilmishdir.
O‘g‘rilik, bosqinchilik va firibgarlik o‘zgalar mulkini talon-taroj
qilishga qaratilgan jinoyatdir.
Demak, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qaratilgan barcha
jinoyatlar javobgarlikka tortiluvchi qilmishlardir.
Mazkur xulosa to‘liqsiz induksiya bo‘lib, sxemada quyidagicha
ifodalanadi:
S
1
– P belgiga ega.
S
2
– P belgiga ega.
S
3
– P belgiga ega.
………………………………………………….
S
n
–
P belgiga ega
S
1
, S
2
, S
3
…………. S
n
lar K sinfiga mansub.
Demak, barcha K sinfdoshlar R belgiga ega.
To‘liqsiz induksiyaga ko‘ra olinadigan umumiy natijalar ehtimoliy
xarakter kasb etadi hamda ulardan fan va amaliyotda ilmiy nazariya yoxud
kashfiyotlarni yaratishda keng qo‘llaniladi. Lekin deduktiv xulosaga
nisbatan to‘liqsiz induksiyada noto‘g‘ri xulosalash ehtimoli ko‘proq
bo‘lishi mumkinligini nazarda tutishimiz lozim.
To‘liqsiz induksiya xulosaning asoslash uslubiga ko‘ra ommabop
(oddiy sanash orqali ) va ilmiy induksiyalarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: