S K2 D – K2 – a, v, s xususiyatlariga ega.
Ehtimol , K2 ham – d xususiyatiga ega.
Bu yerda: A, V, S, D – bu predmetlardir.
K
1
va K
2
– ularning o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalamoqda.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishning
barcha turlaridan olingan
natijalarning ehtimoliy tabiati yuqori bo‘lmasa-da, ular ham ayrim xato va
yanglishlardan holi emas, chunki qiyoslash yetarli isbot bo‘la olmaydi.
Analogiya bo‘yicha xulosalar ishonchli bo‘lishi
uchun quyidagi
mantiqiy qoidalarga rioya etish lozim:
– o‘rganilayotgan predmetlar muhim belgilari jihatidan bir-biriga mos
kelishi kerak;
– umumiy muhim belgilar imkoni qadar ko‘p aniqlanishi kerak;
– aniqlanayotgan belgi boshqa o‘xshash belgilar bilan bog‘liq bo‘lishi
lozim;
– mos kelmaydigan belgilar muhim bo‘lmasligi lozim.
Fan tarixida analogik xulosalash natijasida juda ko‘p
kashfiyotlar
qilinganligi sir emas. Shuning uchun xulosaning boshqa turlari singari
analogik xulosa ham insonning hayoti faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: