O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Paralogizm, sofizm va paradoks 
Muhokama yuritish yoki isbotlash jarayonida mantiqiy qonun-
qoidalarning buzilishi hamda ularning talablariga rioya etmaslik turli xil 
xatoliklarni keltirib chiqaradi. 
Tafakkur jarayonida anglanmay yo‘l qo‘yilgan xato bu paralogizmdir. 
Grekcha «paralogismos» so‘zi – «noto‘g‘ri mulohaza» degan ma’noni 
anglatadi. 
Paralogizm – tafakkurning nomukammalligi va bilimning yetarli 
darajada emasligi natijasida masalaning mohiyatini to‘la tushunib 
yetmasdan turib xatolikka yo‘l qo‘yish. 
109


Raqibni chalg‘itish maqsadida yolg‘onni rost qilib ko‘rsatish usuliga 
«sofizm» deb aytiladi. Sofizm grekcha «sophisma» so‘zidan olingan 
bo‘lib «ayyorlik, uydirma» degan ma’nolarni anglatadi.
Muhokama jarayonida raqibni noto‘g‘ri yo‘lga olib kirish maqsadida 
turlicha sofistik usullardan foydalanuvchilar «sofistlar» deb ataladi. Ular 
ongli ravishda o‘zlarining noto‘g‘ri fikrlarini chin deb ko‘rsatishga 
urinadilar. Sofistlar o‘z e’tiqodlarining chin yoki yolg‘onligidan qat’iy 
nazar tushunchalarning o‘rnini almashtirish va turli mazmunda qo‘llash 
natjasida ularni haqiqat sifatida singdirishga urinadilar. Buni qadimdagi 
mashhur «Shoxli» sofizmi misolida ham ko‘rib chiqishimiz mumkin: 
«Sen hech narsa yo‘qotmagan bo‘lsang, demak, u senda». 
«Sen shox yo‘qotmagansan». 
Demak, «sening shoxing bor». 
Bunday xulosa chiqarish mantiqiy noto‘g‘ri fikrlash natijasidir. 
Sofistlar so‘zlarning ko‘p ma’noli ekanligidan, omonim va sinonimlardan 
foydalanib, tezisni almashtirish, yolg‘on voqelikni chin deb qabul qilishga 
asoslanadilar. Shu o‘rinda mashhur «Protagor va Evatl» paradoksini ko‘rib 
chiqaylik. Protagor o‘z o‘quvchisi Evatl bilan shartnoma tuzadi. Unga 
ko‘ra, Evatl huquqshunoslikni o‘rganib, ustoziga o‘qish haqini birinchi 
sud ishini yutib chiqganidan so‘ng to‘lashiga kelishadilar. O‘qishni 
tugatib, Evatl sud ishlarida qatnashmay yuradi va o‘qish haqini to‘lashdan 
bosh tortadi. Protagor uni sudga beradi va sudning qarori qanday 
bo‘lishidan qat’iy nazar, u o‘z ulushini olishga haqli deb biladi. U 
quyidagicha fikr yuritadi: agar sud Evatl ustidan o‘qish haqini to‘lash 
to‘g‘risida hukm chiqarsa, demak, u o‘z ulushini sud hukmiga binoan 
undirib oladi. Agar sudda Evatl yutib chiqsa ham u o‘zaro kelishuvga 
binoan o‘z haqini olishi kerak. 
Evatl esa har ikki holatda ham haq to‘lamasligini e’lon qilib, uni 
shunday asoslaydi: agar sud pulni to‘lash haqida hukm chiqarsa, Evatl sud 
ishini yutqazgan bo‘ladi va shartnomaga binoan o‘qish haqini to‘lamaydi. 
Agar sud o‘qish haqini to‘lamaslik to‘g‘risida hukm chiqarsa, demak u sud 
qaroriga binoan o‘qish haqini to‘lamaydi. Mazkur misol asosida biz 
sofizmning asl tabiatini ko‘rsatishga harakat qildik. 
Paradoks – bu hal qilib bo‘lmaydigan zid fikrdan tashkil topgan 
mulohaza bo‘lib, unda ma’lum bir holatning chinligi ham, yolg‘onligi ham 
isbotlanishi mumkin. Paradoks (yunoncha «raradoxa» – qarshi fikr 
ma’nosida) – «g‘ayritabiiy fikrlash» ma’nosini anglatadi. Qadimdan 
«Yolg‘onchi» yoki «Axilles va toshbaqa» deb nomlangan yoki shunga 
o‘xshash juda ko‘p paradokslar ma’lum. Bunday paradokslarni mutlaqo 
hal etib bo‘lmagan. Masalan, «Yolg‘onchi» paradoksida isbotlanishicha, 
110


yolg‘onchi o‘zining yolg‘on gapirganiga iqror bo‘lsa, demak u rost 
gapirgan bo‘ladi. Rost gapirgan odam esa yolg‘onchi bo‘lmaydi. Bundan 
esa yolg‘onchining yolg‘onchi emasligi haqida xulosa kelib chiqadi. 
Mazkur misoldagi paradoks shundan iboratki, mantiqan to‘g‘ri 
yuritilgan mulohaza bir vaqtning o‘zida ham chinlik, ham yolg‘onlik 
maqomiga kiritib bo‘lmaydigan, bir-birini istisno qiluvchi, qarama-qarshi 
natijalarga olib keladi. Ko‘p vaqtlar paradokslarga yechimi yo‘q, ma’nosiz 
fikriy mashg‘ulot sifatida qarab kelindi. Matematik mantiq va matematik 
to‘plam nazariyalarining yaratilishi bunday paradokslar uchun bir necha 
yechimlarning topilishiga asos bo‘ldi. Shu o‘rinda biz paradokslarning 
tahlili mantiqiy nazariyalarni mukammallashtirishi lozimligini yana bir bor 
ko‘rsatib berganligini ta’kidlashimiz mumkin. 
Isbot va munozara 
Isbotlash mantiqiy amalining asosiy maqsadi muhokamaga qo‘yilgan 
tezisning chinligini asoslash. 
Chinligi isbotlanishi lozim bo‘lgan har qanday tezis bahs va munozara 
jarayonida asoslanadi. Shuning uchun ham munozara bilimlarning 
rivojlanishida muhim amaliy vosita bo‘lib, haqiqatni aniqlashning shakli 
sifatida ahamiyatlidir. 
Munozara orqali hal etiladigan muammoning ilmiy yoki hayotiy 
bo‘lishi munozarada ishtirok etayotgan tomonlarning fan va tajriba bilan 
bog‘liqlik darajasi, mantiqiy qoida va qonuniyatlardan foydalanish 
ko‘nikmalari bilan bog‘liqdir. 
Munozaraning ikki asosiy turi mavjud. Bu – bahs va tortishuvdir. 
Bahs – fikrlar to‘qnashuvi bo‘lib, munozara jarayonida muxoliflar 
muhokama etilayotgan muammoni o‘z nuqtai-nazari bo‘yicha asoslab, bir-
birining dalillarini inkor etadi. To‘g‘ri bahs yuritishning talablari sifatida 
zaruriyatsiz bahslashmaslik, mavzusiz bahs yuritmaslik yoki bahs 
davomida mavzudan chetga chiqmaslik, uni o‘zgartirmaslik, mantiqiy 
qonun-qoidalarga amal qilish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf 
etish, to‘g‘ri asoslangan isbotlarni tan olish va bahsni o‘z vaqtida to‘xtata 
olish kabi bir qator qonun-qoidalarni ko‘rsatishimiz mumkin. Bahs 
yuritishning bunday qonun-qoidalariga amal qilish o‘z navbatida fikrlash 
madaniyatini oshirishga imkon beradi. 
Tortishuv – bahslashuvchi tomonlarning asosiy harakati muhokama 
etilayotgan masalada o‘z nuqtai nazarlarini qanday bo‘lishidan qat’iy 
nazar albatta tasdiqlashdir. Tortishuvda tomonlar muhokama etilayotgan 
masalani o‘z manfaatlariga yo‘naltirish maqsadida isbotlanmagan 
dalillardan ham foydalanishadi. Ayrim hollarda tortishuv mavzui chetda 
111


qolib, muxoliflar bir-birining hissiyotlariga ta’sir etish orqali tortishuv 
muammosini yechishga harakat qiladilar. Lekin mantiqsiz har xil yo‘llar 
orqali erishilgan g‘alaba uzoqqa bormaydi, bu mantiqda «safsatabozlik» 
(demagogiya) deyiladi. 
Safsatabozlik o‘z oldiga noto‘g‘ri faktlar, yolg‘on va’dalar, 
kayfiyatiga ko‘ra maqtov va turli yorliqlar yordamida odamlarni aldashni 
maqsad qilib qo‘yadi. Safsatabozlik shuhratparastlikka «qarindosh» bo‘lib, 
siyosiy elita namoyandalarining turli va’dalar bilan odamlar o‘rtasida 
soxta obro‘ qozonishida namoyon bo‘ladi. Demak, munozara fikrlar 
rivojining alohida shakli sifatida muayyan bir mantiqiy qoidalarga amal 
qilishni taqozo qilar ekan. Ularning buzilishi esa yuqorida ko‘rib 
o‘tganimizdek, demagogiyaga ya’ni safsatabozlikning turli ko‘rinishlariga 
olib kelishi muqarrar.
To‘g‘ri tashkil etilgan munozara mantiqiy amal sifatida insoniyat 
bilimlarining rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin