O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. 
Quyida keltirilgan misolning tezis va argumentlarini aniqlang hamda 
xulosaning demonstrativ yo‘lidan foydalangan holda isbotni tuzing: 
1.1. ayblanuvchi S. aybsiz deb topilgan; 
S.ning aybi isbotlanmagan. 
Agar ayblanuvchining aybi isbotlanmagan bo‘lsa, u holda u aybsiz deb topiladi. 
2. Berilgan tezislarni bevosita isbotlab bering: 
2.1. fuqaro S. o‘g‘rilik uchun jinoiy javobgarlikka tortildi; 
2.2. ayrim jinoyatlar qasddan qilingan jinoyatlar deb hisoblanmaydi; 
2.3. Markaziy Osiyodagi ayrim respublikalar tabiiy foydali qazilmalarga boy 
davlatlardir. 
3. Berilgan tezisni bevosita isbotlab bering: 
3.1. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi tabiiy foydali qazilmalarga boy davlatdir. 
4. Quyidagi tezisni isbotlash uchun argumentlarni keltiring: 
S. sodir etilgan bosqinchilik jinoyatining ishtirokchisi. 
5. Quyidagi muhokamalarda qaysi qoidalar buzilganligini va mantiqiy xatolikni 
ko‘rsating: 
5.1. S. jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas, chunki u firibgarlik bilan 
shug‘ullanmagan; 
5.2. Falsafa va huquq institutining kichik ilmiy xodimi «U» olim. 
Hamma kichik ilmiy xodimlar – olimlardir. 
Demak, «U» ham olim.
 
112


 
 
8-mavzu. MUAMMO. GIPOTEZA. NAZARIYA 
Muammo va uning mohiyati 
Savol va uning mantiqiy tarkibi 
Gipoteza va uning tarkibi 
Nazariya va uning mohiyati 
1. Muammo va uning mohiyati 
Muammo (grek. Problema – vazifa, topshiriq) – bilimlar rivojining 
muayyan bosqichida mantiqan kelib chiqadigan, o‘rganilishi hamda 
yechimiga ega bo‘lishi zarur bo‘lgan vazifadir.
Muammo tafakkurning muayyan bir shakli bo‘lib, ilmiy fakt, g‘oya, 
nazariya va qonunlarning ziddiyatidan kelib chiqadigan, noaniq va to‘liq 
bo‘lmagan bilimlardan aniq va to‘liq bilimlarga o‘tish uslubi sifatida 
emperik va nazariy bilimlar rivojining mantiqiy davomiyligini ifodalaydi.
Muammo ko‘pincha savol bilan tenglashtiriladi, ammo muammo 
nafaqat savolni, balki savollar majmuasini qam o‘z ichiga oladi. Shu 
sababli ayrim savollarning yechimi muammoni hal etilishiga olib 
kelmaydi. 
Muammoni masaladan ham farqlash lozim. Har qanday masala 
tadqiqot uchun asos bo‘la olmaydi. Amaliyotda masalaning yechimi 
ma’lum bir tizimning ziddiyatsizligini isbotlash maqsadida kuzatish va 
eksperimentdan oldin muhokama uchun qo‘yilishi mumkin. Masala ilmiy 
muammoning shakllanishi uchun asos, manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Demak, savol hamda masala bilish va amaliyot jarayonida ilmiy muammo 
uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Muammo esa ilmiy tadqiqotning 
yo‘nalishini belgilab beradigan uslubiy yo‘nalish sifatida amal qiladi. 
Ilmiy muammo bilim rivojining muayyan shakli sifatida, birinchidan, 
emperik va nazariy bilimlarning chuqurligi va to‘liqligi darajasidagi farqni 
ko‘rsatuvchi mantiqiy bilim bo‘lsa, ikkinchidan, yangi va eski bilim 
o‘rtasidagi dialektik ziddiyatni ifodalash shaklidir. 
Ilmiy muammoning tabiati va vazifasi dialektik mantiq doirasida 
to‘g‘ri tushunilishi mumkin. Chunki u o‘z tabiatiga ko‘ra, tabiat, jamiyat 
va tafakkur rivojining umumiy obyektiv qonuniyatlarini ochib beradi. 
Obyektiv olamni bilish jarayonida hodisa va jarayonlarning o‘rtasidagi 
113


sababiy aloqalar aniqlanib, ilmiy muammolar qo‘yilishi uchun obyektiv 
imkoniyatlar yaratiladi.
Ilmiy muammoning quyidagi vazifalari mavjud: 
a) bayon etish;
b) axborot;
v) izohlash; 
g) bashorat. 
Ilmiy muammoning bayon etish vazifasi – tajriba, o‘lchash, 
taqqoslash va yetarlicha faktlarni to‘plash asosida tadqiqotning moddiy 
obyektini aniqlash, to‘plangan dalillarni umumlashtirish va 
tizimlashtirishdan iboratdir. Yangi fakt, gipoteza hamda nazariyalar 
o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni talqin etadi. Muammoning bayon etish 
vazifasi asosan to‘plangan bilimlarni bir butun tizimga yig‘adi va 
umumlashtiradi. Olingan natijalar muammoning tabiatini aniqlash uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Bayon etish vazifasi, jumladan sud-tergov amaliyotida muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, qoldirilgan iz, dalil hamda guvohlar asosida yuz 
bergan hodisani qayta tiklash uchun xizmat qiladi. Bayon etish 
darajasining mukammal bo‘lishiga erishish o‘z navbatida dalillarining 
to‘g‘ri, muayyan tartibda umumlashtirilishini va uning natijasi sifatida 
jinoyatning ochilishini taqozo qiladi. 
Ilmiy muammoning axborot yig‘ish vazifasi kuzatish, eksperiment, 
o‘lchash va taqqoslash natijalarini umumlashtirib, muammo 
qonuniyatlarini ochishga xizmat qiladi. Axborot yig‘ish jarayonida 
muammoga doir axborotlar markazlashtiriladi, natijada turli xil 
qonuniyatlar o‘rtasidagi ichki bog‘lanish aniqlanadi. 
Ilmiy muammoning axborot yig‘ish vazifasi bilimlarning rivoji uchun, 
uni qayta ishlash, mukammallashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilmiy muammolarni qo‘yishda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar 
haqidagi mavjud bilimlarning yetarli emasligini, kelajakda yuz berishi 
mumkin bo‘lgan hodisalar va ularning boshqarish qonuniyatlarini topish, 
o‘zgartirish sabablari va mohiyatini aniqlash zarurdir. 
Axborot – inson tomonidan egallangan barcha bilimlarning majmuasi 
bo‘lmasdan, balki muayyan muammoning mohiyatini aniqlash uchun 
xizmat qiladigan ma’lum bir qismi bo‘lib, nazariya va emperik 
qonunlardan olinadi va muammo bilan bog‘liq hodisalar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni tahlil etadi hamda muammoni yechimiga yo‘naltiradi. 
114


Ilmiy muammoning izohlash vazifasi eski bilimlar tizimidan yangisiga 
o‘tishning mohiyati va sabablarini, qonuniyatlari, nazariya, gipoteza va 
dalillarini aniqlash uchun xizmat qiladi. 
Shuningdek, izohlash ilmiy bilimlarning rivojiga, hodisalarning yuz 
berishi sabablarini tushuntirishga va oldindan aytib berish (bashorat 
qilish)ga xizmat qiladi. Izohlash orqali ilmiy muammolarda hodisaning 
mohiyati, tarkibi, sabablarini aniqlash kabi ilmiy tadqiqotning aniq 
vazifalarini yechishga erishish mumkin. 
Muammoning izohlash vazifasi tadqiqotning boshqa vazifalari uchun 
ham zamin yaratadi. U bir tomondan bayon etish, ikkinchi tomondan 
bashorat etish bilan bog‘langan. Izohlash tajriba va nazariy izlanishlarning 
o‘rtasidagi o‘tish bosqichidir. 
Bizni o‘rab turgan hodisalar dunyosi murakkab, o‘zaro ichki 
bog‘langan tizim bo‘lib, bu tizim bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan va 
mumkin bo‘lmagan jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham ularning 
o‘rtasidagi qonuniy va zaruriy bog‘lanishlarni aniqlash tadqiqotchi oldiga 
hodisalarning kelajagi haqida axborot olish, ya’ni bashorat qilish 
vazifasini qo‘yadi. 
Bashorat qilish – ilmiy bilishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, 
bunda ilmiy muammo nafaqat bayon etish, axborot yig‘ish, izohlash 
vazifalarini, balki hodisalarning yo‘nalishini bashorat etish vazifasini ham 
bajaradi. 
Bashorat qilishda mavjud va ma’lum nazariya hamda qonuniyatlar 
ularning zaruriy bog‘lanishlari va munosabatlari asosida bu nazariya-
qonuniyatlar doirasida aniqlangan noma’lum bilimlar haqidagi farazlar 
o‘rtaga tashlanadi. 
Bashoratning ishonchliligi tadqiqotning rivojlanish qonunlari haqidagi 
bilim darajasiga, hodisalar rivojining dialektik mantiqiy yondashuviga 
bog‘liqdir. Bashorat qilish realdir, chunki kelajak hozirgi jarayonlarda va 
o‘tmish qonuniyatlarida o‘z ildizlariga egadir. 
Ilmiy muammoning yuqorida qisqacha tahlil etilgan vazifalari uning 
tabiatini quyidagicha tavsiflashga asos bo‘la oladi:
birinchidan, ilmiy bilish va amaliy faoliyat keyingi taraqqiyot uchun 
asosiy uslub bo‘lib xizmat qiladi;
ikkinchidan, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, tadqiqotchining ko‘zlagan 
natijalarini olishga xizmat qiladi;
uchinchidan, tadqiq etilayotgan hodisalar rivojlanish qonuniyatlari va 
yangi nazariyalarning ochilishiga xizmat qiladi. 
115



Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin