O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Isbot va raddiyaning qoidalari hamda xatoliklari



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

3. Isbot va raddiyaning qoidalari hamda xatoliklari 
Tezisning chin yoki yolg‘onligini asoslash jarayonida muayyan bir 
qoidalarning buzilishi mantiqiy xatoliklarni keltirib chiqaradi. 
Isbotlashning tuzilishiga ko‘ra qoidalar quyidagilarga bo‘linadi:
– tezis qoidalari;
– asos, dalil qoidalari;
– demonstratsiya qoidalari. 
Tezis qoidalari. Tezis qoidalari uning mantiqiy jihatdan aniq va 
ravshan bo‘lishini talab qiladi. Ba’zi bir hollarda, masalan, ilmiy maqola, 
ma’ruza yoki arizalar yozishda biz o‘z fikrimizni aniq va lo‘nda ifodalab 
bera olmaymiz. Demak, to‘g‘ri tafakkur yuritish qonunlariga, jumladan 
ayniyat qonuniga amal qilmaymiz. 
Tezis isbotlash jarayonida o‘zgarmasligi lozim. Bu qoida ham 
tafakkur qonuniyatlaridan kelib chiqib, isbotlash jarayonida tezis 
mazmunining o‘zgarmasligini talab etadi. 
Isbot va raddiyada tezisga nisbatan xatoliklar. Tezisni almashtirish 
xatoligi. Isbotli tafakkur yuritish qoidalariga ko‘ra, tezis aniq va ravshan 
bo‘lib, isbotlash va raddiyaning butun jarayonida o‘zgarmasligi lozim. 
Agar bu qoidalarga amal qilinmasa, tezisni almashtirish xatoligi kelib 
chiqadi. Agar biz aniq bir jinoyatning kelib chiqish sabablarini tadqiq etib, 
uning boshqa hodisalar bilan aloqadorlik masalasiga baho berish va 
bog‘lashga harakat qilsak, uning mazmuni o‘zgarib, tezisni almashtirish 
xatoligi kelib chiqadi. 
Insonning shaxsiy sifatlarini o‘rinsiz asos qilib ko‘rsatish vositasida 
tezisni almashtirish. Bu xatolikda muayyan bir shaxs oldida turgan tezisni 
isbotlashda aniq dalillar yordamida emas, balki bu tezis muallifining 
shaxsiy sifatlarini bayon etish vositasida tezisni isbotlamoqchi yoki rad 
etmoqchi bo‘ladi. Masalan, totalitar tuzum davrida kommunistik partiya 
rahbarlarining fikri mutlaq haqiqat sifatida qabul qilinib, hatto biror-bir 
mulohazaning isboti sifatida asos qilib olingan. Bundan tashqari, 
107


ko‘pincha ilmiy dissertatsiyalarning muhokamasida ilmiy ish mazmuniga 
emas, balki dissertatsiyaning shaxsiy sifatlariga e’tibor berish holatlari 
ham uchrab turadi. 
Tezisning almashish xatoligi ikki, ya’ni haddan tashqari isbotlashga 
urinishda hamda kam isbotlashga uringan hollarida namoyon bo‘lishi 
mumkin. 
Birinchi xatolikda, ya’ni bir xil tezisning o‘rniga, undan kuchliroq 
tezisni isbotlashga urinish natijasida asosiy tezis isbotlanmay qoladi. 
Masalan: aybdorning aybsizligini uning yaxshi odam ekanligi, 
jamoatchilikda faol ekanligi va shunga o‘xshash xislatlarini bayon etish 
yordamida bu insonning ayb ish qilishi mumkin emasligini isbotlamoqchi 
bo‘ladilar. 
Ikkinchi xatolik kam isbotlashga urinishdan ham kelib chiqadi. 
Masalan, biror-bir insonning yaxshi inson ekanligini uning ma’lumoti 
oliyligi bilan isbotlamoqchi bo‘ladilar, lekin xalqimiz «olim bo‘lish oson, 
odam bo‘lish qiyin», degan maqolni yaxshi biladi.
Asos yoki dalillarga nisbatan qoidalar. Tezisni isbotlash uchun 
keltirilgan dalillar chin bo‘lishi va bir- biriga zid kelmasligi lozim.
Tezisni tasdiqlash uchun keltirilgan dalillar yetarlicha asos bo‘lishi 
lozim. 
Asos va dalillar tezisdan mustaqil ravishda isbotlangan hukmlardan 
iborat bo‘lishi kerak. 
Isbotlashning asos yoki dalillardagi xatoliklari 
Dalillarning chin bo‘lmasligi xatoliklari. Dalil sifatida olingan 
hukmlar chin bo‘lmay, chin sifatida talqin etiladi. Bu xatolikka ataylab 
yo‘l qo‘yilishi mumkin. Masalan, sud amaliyotida ayblanuvchi yoki guvoh 
o‘zining jinoiy qilmishlarini yashirish uchun ayrim hollarda ataylab 
noto‘g‘ri ko‘rsatmalar berishi mumkin. 
Dalilning yetarlicha asos bo‘lmasligi xatoliklari. Agar tezis 
isbotlanmagan dalillarga tayansa hamda dalil tezisni isbotlash o‘rniga 
uning ahamiyatini bo‘rttirishga harakat qilsa, mazkur xatolik yuzaga 
keladi. Masalan, ayblanuvchining aybdorligini isbotlashda chinligi 
tekshirilmagan taxminiy dalillar asos qilib olinsa, ularning noto‘g‘riligi, 
albatta, yuzaga chiqib qoladi. 
Aylanma isbot etish xatoligi. Bu xatolikda tezisni dalillar vositasida, 
dalilni esa tezis yordamida isbot etishga harakat qilinadi. 
Masalan: «Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritishga qodir», 
degan tezisni «Qilichni qinga kiritishga bir kalima shirin so‘z qodir», deb 
isbotlasak, yuqorida keltirilgan xatolikka yo‘l qo‘yiladi. 
108


Tezisning asoslash (demonstratsiya) usuliga nisbatan qoidalar va 
isbotlash shaklida uchraydigan xatoliklar 
Asoslash usuli qoidasida, eng avvalo, tezis argumentlardan mantiqiy 
tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi kerak. Buning uchun tezis 
asoslardan xulosa chiqarishning umumiy qoidalariga asoslanib, xulosa 
shaklida keltirib chiqarilishi zarur. 
Asoslash usuli (demonstratsiya)ga doir xatoliklar 
Yuzaki (soxta) isbotlash xatoligi. Agar tezisni tasdiqlash uchun 
keltirilgan dalillardan tezis kelib chiqmasa, «kelib chiqmaydi» degan 
xatolik yuz beradi. Bu mantiqiy xatolikka ko‘pincha tezisga aloqador 
bo‘lmagan dalillarni keltirish oqibatida yo‘l qo‘yiladi. Masalan, shaxsning 
jinoyat sodir etganligini isbotlash uchun aniq ashyoviy dalillarni keltirish 
o‘rniga uning tashqi ko‘rinishi, xulq-atvori kabi xususiyatlarini dalil 
sifatida keltirish soxta isbotlash xatoligini keltirib chiqaradi. 
Aniq fikrdan noaniq fikrga o‘tish xatoligi. Bu xatolik tezisni isbotlash 
uchun keltirilgan dalillar muayyan vaqt va munosabatga nisbatan 
o‘zgarmas deb qabul qilinib, barcha holatlarda qo‘llansa yuz beradi. 
Bunday xatolikka jinoiy ishni kvalifikatsiya qilishda Jinoiy kodeksga 
kiritib boriladigan o‘zgartishlarni e’tiborga olmasdan qilingan xulosalarda 
yo‘l qo‘yilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 66-
moddasiga 2001 yil 29-avgustda kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra 
«Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish» 
to‘g‘risidagi 66
1
-moddasi kiritildi. Bu o‘zgartish natijasida surishtiruv 
jarayonida bo‘ladigan ko‘pgina ishlar tomonlarning kelishuviga ko‘ra 
sudgacha to‘xtalishi mumkin. Shu va shunga o‘xshash boshqa 
o‘zgartishlarni bilmaslik, yuqorida aytganimizdek, jinoiy ishlarni 
kvalifikatsiya qilishda qo‘pol xatoliklarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin