O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Mantiq maruzalar kursi

Raddiya usullari 
Raddiya – berilgan tezisning asoslanmaganligi yoki yolg‘onligini 
aniqlash orqali isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amal. 
Raddiyaning tarkibi ham isbotlash tarkibi kabi uch qismga bo‘linadi.
– raddiya tezisi – rad etilishi lozim bo‘lgan muhokama;
– raddiya dalillari – tezisni rad etishga qaratilgan muhokama; 
– raddiya demonstratsiyasi – raddiyaning tezis va dalillarini 
bog‘laydigan usul. 
Raddiya uch, ya’ni tezisni rad etish, argumentlarni rad etish hamda 
demonstratsiyani rad etish usullarida amalga oshiriladi. 
Tezisni rad etish amali quyidagi usullardan iborat: 
Dalillar vositasida rad etish. Tezisni asoslash uchun keltirilgan 
dalillarni inkor etish orqali tezis rad etiladi. Agar tezis dalillar bilan 
solishtirganda bir-biriga zid kelsa, tezis rad etiladi. 
Tezisdan kelib chiqadigan xulosaning yolg‘onligini (yoki zidligi) 
aniqlash orqali rad etish. Tezisdan kelib chiqadigan xulosaning haqiqatga 
zid ekanligi isbotlanadi. 
Antitezisni isbotlash orqali tezisni rad etish. Rad etilishi lozim 
bo‘lgan tezisga nisbatan unga zid keladigan hukm keltiriladi va natijada 
uning chinligi isbotlanadi. Agar antitezis chin bo‘lsa, tezis yolg‘on bo‘ladi. 
Boshqacha aytganda, uchinchisi istisno qonuniga muvofiq antitezisning 
chinligidan tezisning xatoligi keltirilib chiqariladi. 
Asos yoki dalillarni rad etishda tezisni asoslash uchun keltirilgan 
dalillarning chin emasligi yoki tezisning chinligini isbotlash uchun 
ularning yetarli emasligi tanqid qilinadi. Keltirilgan dalil va asoslarning 
yetarlicha ishonchli emasligi, tezisning ham chinligiga shubha tug‘diradi. 
106


Demonstratsiyaning rad etish usuli isbotlash shaklida, dalillar va 
tezisning o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish yo‘qligini ko‘rsatib beradi. Agar 
tezis dalil va asoslardan kelib chiqmasa, uning ishonchli emasligi haqida 
xulosa qilinadi. Demonstratsiyaning rad etish usulini qo‘llash deduktiv, 
induktiv va analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish qoidalari hamda undan 
kelib chiqadigan xatolarni hisobga olishni taqozo etadi. 
Yuqorida tahlil etilgan raddiya usullari nafaqat yakka tartibda, balki 
birgalikda ham qo‘llaniladi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin