chinligi kelib chiquvchi xulosaga «mantiqiy kvadrat bo‘yicha
xulosa
chiqarish» deb aytiladi.
Zid munosabatdagi hukmlarda (A – O, YE – I) uchinchisi istisno
qonuniga amal qilinib, birining chinligidan ikkinchisining yolg‘onligi yoki
teskari natija kelib chiqadi. Masalan:
A. Barcha insonlar mehnat qilish huquqiga ega (chin).
O. Ba’zi insonlar mehnat qilish huquqiga ega emas (yolg‘on).
Yoki boshqa bir misolni olib ko‘raylik:
I. Ba’zi tinglovchilar sportchi (chin).
YE. Hech bir tinglovchi sportchi emas (yolg‘on).
Demak, zid munosabatdagi hukmlarning har ikkisi qam chin
bo‘lmaydi, ulardan biri albatta yolg‘on bo‘lishi kerak: Ach – Oyo; Ayo –
Och; Ech – Iyo; Eyo – Ich (Bu yerda chin – «ch», yolg‘on – «yo» deb
belgilanmoqda).
Qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar (A – YE)ni xulosalashda
birining chinligidan ikkinchisining yolg‘onligi
kelib chiqadi, ammo
birining yolg‘onligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi.
Masalan :
A. Barcha O‘zbekiston fuqarolari qonun oldida tengdirlar (chin).
YE. Hech bir O‘zbekiston fuqarosi qonun oldida teng emas (yolg‘on).
Hukmlar o‘rtasidagi qarama-qarshi munosabat ziddiyatsizlik
qonuniga bo‘ysunadi va «chin, yolg‘onlik» ketma-ketligida quyidagicha
ifodalanadi:
Ach – Yeyo ; Ech – Ayo ; Ayo – YE (ch. yoki yo.); Eyo – A (ch. yoki
yo.).
Qisman mos kelish munosabatidagi hukmlar (I – O)ni xulosalashda
birining yolg‘onligidan boshqasining chinligi kelib chiqishi, ammo
birining chinligidan boshqasining chinligi ham, yolg‘onligi
ham kelib
chiqishi yoki har ikkisi chin bo‘lishi qam mumkin. Masalan:
I. Ba’zi guvohlar to‘g‘ri ko‘rsatma berishdi (chin).
O. Ba’zi guvohlar to‘g‘ri ko‘rsatma berishmadi (chin yoki yolg‘on).
Qisman mos munosabatdagi hukmlarni xulosalashda «chin,
yolg‘onlik» ketma-ketligini quyidagicha ifodalash mumkin:
Iyo – Och; Oyo – I.ch; Ich – O (ch. yoki yo.); Och –I (ch. yoki yo.).
Bo‘ysunish munosabatidagi (A – I, YE – O) hukmlarda
bo‘ysundirayotgan hukmning chinligidan bo‘ysunuvchi hukmning chinligi
kelib chiqadi. Ammo bo‘ysunuvchi hukmning chinligi bo‘ysundiruvchi
hukmning chinligini keltirib chiqarmasligi ham mumkin. Masalan:
O. Ayrim militsiya xodimlari oliy ma’lumotga ega emas (chin).
81
YE. Hech bir militsiya xodimi oliy ma’lumotga ega emas (yolg‘on).
Bo‘ysunish munosabatidagi hukmlarni xulosalashda «chin,
yolg‘onlik» ketma-ketligini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ach –Ich; Ech – Och; Ich –(ch. yoki yo.); Och – E(ch. yoki yo.).
Bevosita xulosaning mazkur mantiqiy usullari tafakkurni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bilvosita xulosa chiqarish yoki oddiy kategorik (qat’iy) sillogizm.
Oddiy-qat’iy sillogizm – vositali deduktiv xulosa chiqarishning muhim
turlaridan biri. «Sillogizm» yunoncha «Syllogismos» so‘zidan olingan
bo‘lib, «hisoblamoq», «sanamoq» ma’nolarini anglatadi.
Ikki yoki undan ko‘p oddiy-qat’iy hukmlar (asoslar)dan xulosa
chiqarishga «sillogizm» deb aytiladi. Hukmlarning aniq va ravshan, bir-
biri bilan mantiqan bog‘langanligi hamda oddiy va qat’iyligi tufayli oddiy-
qat’iy (kategorik) sillogizm deyiladi.
Oddiy-qat’iy sillogizmning tarkibi uch qat’iy hukm: ikki asos va bir
xulosa, ya’ni uch termindan iborat bo‘ladi. Sillogizm terminlari hukm
terminlari «S» – subyekt va «R» – predikatdan farq qilib, katta,
kichik va
o‘rta terminlar bilan belgilanadi.
Sillogizmning kichik termini (S) xulosa subyektidagi tushunchaga,
katta termini (R) xulosa predikatidagi tushunchalarga to‘g‘ri keladi va
«chekka terminlar» deb ham yuritiladi.
Tarkibida kichik termin bo‘lgan hukm «kichik asos», tarkibida katta
termin bo‘lgan hukm esa «katta asos» deb ataladi. Sillogizmning har
ikkala, katta va kichik asoslarini bog‘lovchi, lekin xulosada ishtirok
etmaydigan tushuncha «o‘rta termin»
deb atalib, lotincha «M» harfi
(lotincha «medius» – o‘rta) bilan belgilanadi. Masalan:
Katta asos – Barcha ommaviy axborot vositalarida (M) senzuraga yo‘l
qo‘yilmaydi (R).
Kichik asos – «Huquq» jurnali (S) ommaviy axborot vositasi (M).
Xulosa – «Huquq» jurnalida (S ) senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi (R).
Misolimizda «Ommaviy axborot vositalari» tushunchalari o‘rta termin
(M) bo‘lib, u xulosada qatnashmayapti, «senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» (R)
katta hajmli termindir, chunki u xulosada predikat bo‘lib kelmoqda.
«Huquq jurnali» (S ) kichik hajmli tushuncha bo‘lib, xulosada subyekt
maqomida kelmoqda. Demak, katta termin
qatnashgan hukm katta asos,
kichik termin qatnashgan hukm kichik asosdir.
Sillogizm asoslari muayyan ketma-ketlikda oldin katta asos, keyin
kichik asos va xulosa tarzida keladi.
82
Qat’iy sillogizm qoidalari. Qat’iy sillogizm fikrlash jarayonida ko‘p
uchraydi. Sillogizmda har doim ham chin asoslardan chin xulosa kelib
chiqmaydi. Chin xulos chiqishi uchun sillogizm qoidalariga amal qilish
lozim. Terminlar va asoslarga nisbatan qoidalar mavjud bo‘lib,
ularga
amal qilish chin xulosani olish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: