2. Sodda hukm va uning turlari
Hukmning turlari. Hukm tafakkurning shakli sifatida sodda va
murakkab turlarga bo‘linadi. Agar fikr birgina hukmdan iborat bo‘lsa,
sodda, bir qancha sodda hukmlarning yig‘indisidan iborat bo‘lsa,
murakkab bo‘ladi.
62
Sodda hukm formulada quyidagicha ifodalanadi:
«S – Rdir» yoki «S – R emas».
Predikatning mazmuniga ko‘ra sodda hukmlar uch turga bo‘linadi:
1) atributiv hukmlar;
2) munosabat hukmlari;
3) mavjudlik hukmlari.
Atributiv (belgiga oid) hukm muayyan belgining predmetga tegishli
ekanligini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Masalan, «O‘zbekiston –
respublika tipidagi davlat». «Ko‘p xil fikrlilik, jinoiy javobgarlik emasdir»
– kabi hukmlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ushbu gaplarning formulasi «S – Pdir» va «S – R emas» ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi.
Munosabat hukmlari predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tasdiq
yoki inkor tarzda ifodalaydi. Masalan, «Karim Ahmaddan katta»,
«Jamiyat qonunlari tabiat qonunlariga nisbatan o‘zgaruvchandir» va
boshqalar.
Munosabat hukmning formulasi quyidagicha: «aRv».
Bunda «a» va «v» hukmlarning nomini «R» (lotincha «Relatio» –
«munosabat»ning bosh harfi) esa ularning orasidagi munosabatni
ifodalaydi.
Mavjudlik hukmida buyumlarning mavjudligi tasdiq yoki inkor etiladi.
Masalan, «Ba’zi tinglovchilar darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirmaydilar».
Mazkur hukmda tinglovchilar orasida darslarni o‘z vaqtida
o‘zlashtirmaydiganlari ham mavjud ekanligi bildirilmoqda.
Miqdor va sifat jihatidan sodda hukmlar turlarga bo‘linadi. Sodda
hukmlar miqdor jihatidan fikrning bir yoki bir necha buyum haqidaligiga
qarab yakka, juz’iy va umumiy turlarga bo‘linadi.
Hukmda ifodalangan fikr bir buyumni tasdiq yoki inkor qilsa, bu
holda u «yakka hukm» deb ataladi. Masalan, «Abu Nasr Forobiy – «Fozil
odamlar shahri» kitobining muallifi» deyilsa, yakka hukm bo‘ladi. Chunki
«Abu Nasr Forobiy» – hukmning subyekti (S), bir kishining «Fozil
odamlar shahri» kitobiga muallif (R) bo‘lishdek belgiga ega ekanligi
tasdiq shaklida kelmoqda.
Hukmda ifodalangan fikr bir emas, bir necha buyumga taalluqli
bo‘lsa, u «juz’iy hukm» deb ataladi. Masalan, «Ba’zi jinoyatlar
ehtiyotsizlik orqali sodir etilgan jinoyatlardir» deyilsa, unda predikatda
hukm buyumi maqomidagi jinoyatlarning barchasiga oid muhokama
yuritilmay, balki ularning alohida juz’iy qismigagina xos fikr yuritiladi.
Juz’iy hukmning formulasi «Ba’zi S – R» dir.
63
Agar predikatda ifodalangan fikr subyekt buyumlarining barchasiga
taalluqli bo‘lsa, unda mazkur hukm «umumiy hukm» deb ataladi.
Masalan: «Ichki ishlar organlarining xodimlarining barchasi dam olish
huquqiga egadir». Uning formulasi «Hamma S – R» dir.
Sodda hukmlar sifatiga ko‘ra, tasdiq yoki inkor hukmlarga bo‘linadi.
Tasdiq hukmdagi subyekt buyumiga xos xususiyat predikatda ifodalangan
fikr vositasida e’tirof etiladi. Masalan, «O‘zbekiston – Markaziy
Osiyodagi mustaqil davlat», degan hukmda O‘zbekiston Markaziy
Osiyodagi mustaqil davlatning belgiga egaligi uqtiriladi. Inkor hukmda
esa hukm subyektiga tegishli sifatlar inkor etiladi. Masalan, «Demokratik
davlatda qonunlar xalq irodasidan tashqari bo‘lmaydi», degan hukmda
ham subyektga xos bo‘lgan xususiyat inkor etilayapti. Inkor hukm
«emas», «yo‘q», «ma» yuklamalari orqali ifodalanadi.
Sodda hukmlarning sifat va miqdor jihatdan tasnifi. Hukmlar sifat
jihatdan tasdiq va inkor, miqdor jihatdan esa yakka, juz’iy hamda umumiy
turlarga bo‘linadi. Tasdiq va inkor hukmlar yakka, juz’iy va umumiyga
bo‘linishi mumkin yoki aksincha, yakka, juz’iy va umumiy hukmlar ham
tasdiq va inkor hukmlardan iborat bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra,
mantiqda hukmlarning sifat va miqdor jihatidan to‘rt turi tasnif etiladi.
Bular:
– umumiy tasdiq hukmi;
– juz’iy tasdiq hukmi;
– umumiy inkor hukmi;
– juz’iy inkor hukmi.
Bu hukmlarni qisqacha bayon etish va qo‘llashni osonlashtirish uchun
ular ko‘pincha lotin tilidagi «A», «I», «YE», «O» harflarida ifodalanadi.
Umumiy tasdiq A – (lotin tilidagi «Affirmo» – tasdiqlayman,
so‘zining birinchi unli harfi).
Juz’iy tasdiq I – («Affirmo» – so‘zining ikkinchi unli harfi).
Umumiy inkor YE – (lotincha «Nego» – «inkor qilaman» so‘zining
birinchi unli harfi).
Juz’iy inkor O – («Nego» so‘zining ikkinchi unli harfi).
Umumiy tasdiq «A» – (miqdor jihatidan umumiy, sifat jihatidan
tasdiq). Masalan, «Hamma o‘qituvchilar aqliy mehnat bilan
shug‘ullanuvchilardir». Uning formulasi «Hamma S – P dir».
Juz’iy tasdiq «I» – (miqdor jihatidan qisman, sifat jihatidan tasdiq).
Masalan, «Ba’zi kishilar noyob qobiliyatning sohiblaridir». Uning
formulasi «Ba’zi S – P dir».
64
Umumiy inkor «YE» – (miqdor jihatidan umumiy, sifat jihatidan
inkor). Masalan, «Hech bir jinoyat sababsiz vujudga kelmaydi». Uning
formulasi «Hech bir S – R emas».
Juz’iy inkor «O» – (miqdor jihatidan qisman, sifat jihatidan inkor).
Masalan, «Ba’zi tinglovchilar a’lochi emas». Uning formulasi «Ba’zi S –
P emas.»
Hukmlarda terminlarning taqsimlanishi. Sodda hukmlardagi
tushunchalar «terminlar» deb aytiladi. Terminlar bu hukmdagi subyekt va
predikatlardir. Hukmlarda terminlarning taqsimlanishi deganimizda,
mazkur hukmlarda subyekt «S» bilan predikatning «R» hajmlari
o‘rtasidagi munosabat tushuniladi, ya’ni S ning hajm jihatdan qanchalik
ekanligi nazarda tutiladi.
Subyekt va predikat o‘zlari ifodalangan predmetlar yoki hodisalarning
hammasini hukmda aks ettirishsa va ular hajm jihatidan to‘liq olingan
bo‘lsa, hukmda terminlar bo‘lingan deyiladi.
Aksincha, hukmda subyekt va predikat o‘zlari ifodalangan predmet
yoki hodisalarning bir qismini aks ettirsa, bunday hukmlarda terminlar
bo‘linmagan deyiladi.
Biz AYEIO hukmlarida subyekt bilan predikat o‘rtasidagi
munosabatni tahlil qilganimizda, ulardagi terminlarning hajmini bilib
olamiz.
A – umumiy tasdiq hukmi «Barcha S – R dir» degan tuzilishga ega.
Mazkur hukmga quyidagicha misol keltirishimiz mumkin.
«Boshqarmamizning barcha tergovchilari huquqshunoslardir». Bu
hukmning subyekti – S deyilganda, gap boshqarmamizning barcha
tergovchilari haqida borganligi uchun hajmi to‘laligicha olingan
hisoblanadi, predikati – R esa taqsimlanmagan, chunki bu yerda gap
huquqshunoslarning barchasi haqida emas, balki boshqarmamiz
tergovchilari bilan bog‘liq bo‘lganlari haqida borayapti. Mantiq ilmida
hukm terminlarining taqsimlanishini «+», taqsimlanmasligini esa «-» bilan
belgilash hamda doiralarda ifodalash qabul qilingan. Yuqoridagi
misolimiz Eyler doirasida shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: |