O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Oddiy va murakkab savollarni qo‘yish qoidalari



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Mantiq maruzalar kursi

Oddiy va murakkab savollarni qo‘yish qoidalari 
116


1) qo‘yilayotgan savol aniq bo‘lishi kerak; 
2) aniqlovchi savollarga «ha» yoki «yo‘q» shaklidagi muqobil javob 
olinishi kerak; 
3) savol qisqa va ravshan shaklda ifodalanishi kerak; 
4) savol oddiy qo‘yilishi kerak; 
5) 
murakkab ayiruvchi savollarda barcha tomonlarning muqobil 
ravishda sanab o‘tilishi. 
6) 
savolni ritorik (notiqlik) uslubda qo‘ymaslik lozim. Masalan, 
«Qaysi o‘zbek O‘zbekistonni sevmaydi?» shaklida. Odatda ritorik 
savollarda tasdiq yoki inkor shaklidagi mazmun bo‘lib, ular savol tarzida 
emas, balki hukm shaklida ifodalanadi. 
Javoblar ham savollar tabiatiga qarab shakllanadi. Jumladan, oddiy 
savollarga javob ham oddiy bo‘lib, «ha» yoki «yo‘q» shaklida bo‘ladi. 
Masalan, «Tergovchi huquqshunosmi? – ha» – shaklida.
Oddiy to‘ldiruvchi savollarning javoblari aniq va puxta ma’lumotlarni 
o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, «IIV Akademiyasi qachon va qaysi 
farmon bilan tashkil etilgan?» degan savolga «IIV Akademiyasi 1994 yil, 
2 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tashkil 
etilgan» – kabi to‘liq javob shaklida bo‘ladi. 
Murakkab to‘ldiruvchi savollarga javob uning tarkibidagi barcha 
oddiy savollarga javob tarzida bo‘ladi. Masalan, «Haqiqatdan ham jinoyat 
qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilganmi?» degan murakkab savolga 
javob «Jinoyat qasddan sodir etilgan» yoki «Jinoyat ehtiyotsizlikdan sodir 
etilgan» shaklida bo‘ladi. 
3. Faraz (gipoteza) va uning tarkibi 
Mantiqiy tadqiqotning asosiy maqsadi empirik izlanishlar natijasida 
olingan faktlarning mohiyatini tahlil etish, muayyan bir tizimga solish 
hamda bashorat qilish orqali ma’lum bir tamoyil va qonuniyatlarni 
aniqlashdan iborat. 
Faraz (gipoteza) – tabiat, jamiyat va insonning tafakkurida yuz 
beradigan narsa va hodisalarning umumiy aloqadorlik sabablari va 
qonuniyatlari haqidagi ilmiy asoslangan taxminiy, ehtimoliy bilimlarning 
rivojlanish shaklidir. 
Faraz (yunoncha hupothesic – asos, taxmin ) uslubiy jihatdan ikki xil 
ma’noda, ya’ni yetarlicha asoslanmaganlikni tasniflovchi bilimning 
rivojlanish shakli sifatida hamda muammolilik va muayyan bir taxminni 
izohlovchi tamoyil, nazariya va qonunlarni shakllantiruvchi uslub sifatida 
ishlatiladi. 
117


Farazning shakllanishi va ilmiy tekshirishda qo‘llanilishi jarayoni bir 
necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi: birinchi bosqichda, nazariy izohga 
muhtoj empirik ma’lumotlar bilan tanishiladi. Bu ma’lumotlar ilmiy 
qonun va nazariyalar asosida izohlashga harakat qilinadi. Agar mavjud 
qonun va nazariyalar hodisaning mohiyatini izohlab bera olmasa, ikkinchi 
bosqichga o‘tiladi, ya’ni hodisaning yuz berish sabab va qonuniyatlari 
haqida taxmin va farazlar oldinga suriladi. Bunda olim mantiqiy 
tafakkurning induktiv analogiya bo‘yicha xulosalash va modellashtirish 
singari uslublaridan foydalanadi. Bu bosqichda bir-biriga zid bir necha 
taxminiy izohlar bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichda, bir necha taxmin 
va farazlarning ichidan haqiqatga ehtimoliy yaqinlari tanlab olinadi. Bu 
bosqichda faraz (gipoteza)ning mantiqiy ziddiyatsizligi fanning 
fundamental qoidalariga zid kelmasligi tahlil etiladi. 
To‘rtinchi bosqichda asosiy faraz amaliy tajribada tekshirish mumkin 
bo‘lgan deduktiv xulosaning natijasidan olinadi va gipoteza tekshirilib, 
unga aniqliklar kiritiladi. Beshinchi bosqichda muayyan nazariyadan 
keltirib chiqarilgan natija eksperimental jihatdan tekshiriladi. Faraz 
emperik jihatdan tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. 
Farazning umumiy tarkibidan ko‘rinib turibdiki, u murakkab bilish 
uslubi bo‘lib, unda mantiqning deduktiv, induktiv hamda analogik 
xulosalash usullaridan keng foydalaniladi. Faraz tarkibining tahlili 
quyidagi muhim belgilarni ko‘rsatib beradi:
Farazning birinchi muhim belgisi bu uning mantiqiy bilish uslubi 
ekanligi. Bu belgi inson bilimlarining doimiy uzluksiz ravishda 
noaniqlikdan aniqlikka borishini, hodisalarning sababiy bog‘lanishlari va 
qonuniyatlarini uzluksiz o‘rganish bilan bog‘liqdir. Haqiqatdan ham 
tabiat, jamiyat va inson tafakkurining sabablari va qonuniyatlarini bilish 
farazdan boshlanadi; 
Farazning ikkinchi belgisi – uning taxminiy muammolik bo‘lishi. 
Farazdagi taxminiy fikrlar mantiqiy xulosaning usullari orqali aniqlanishi, 
ma’lum darajada obyektiv haqiqatga asoslanishi lozim. 
Farazning uchinchi belgisi – uning yangi bilimlarni keltirib chiqarishi. 
Farazning chinligini dalillash jarayonida bizga noma’lum bo‘lgan yangi 
bilimlar kelib chiqishi mumkin. Farazning bunday ijodiy ko‘rinishi ilmiy 
tadqiqot jarayonida yangi tamoyil, nazariya va qonunlarni keltirib 
chiqaradi. 
Faraz tadqiqot obyektiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. 
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining qonuniyatlari va sabablari 
haqida ilmiy asoslangan farazga umumiy faraz deb aytiladi. Umumiy faraz 
118


tadqiq etilayotgan hodisalarning butun bir sinfi bilan umumiy aloqadorligi 
va qonuniy tabiatini tushuntirish maqsadida qo‘llaniladi. Umumiy farazga 
fan tarixidan juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, 
Demokritning «Narsalarning atomistik tuzilishi» haqidagi farazi 
keyinchalik gipoteza shaklida o‘rganilib, isbotlangan nazariyaga aylandi. 
Juz’iy faraz deb muayyan sinf turining aniq ayrim va yakka 
hodisalarining sababiy va qonuniy bog‘lanishlari haqidagi ilmiy 
asoslangan faraziga aytiladi. Juz’iy faraz muayyan ko‘plikning ayrim 
qismlari, qonuniyatlarining paydo bo‘lish sabablarini o‘rganish uchun 
yaratiladi. Masalan, arxeolog qazish ishlarida ochilgan topilmaning yoshi 
haqida faraz tuzsa, tarixchi aniq tarixiy davrlar haqida farazlar tuzadi. 
Yakka faraz – alohida olingan narsa va hodisalarning paydo bo‘lish va 
rivojlanishi qonuniyatlarini tushuntiruvchi dalillarga asoslangan taxmin. 
Tergovchi jinoyatni ochishda, sodir etilgan jinoyatning individual 
belgilaridan kelib chiqib yoki vrach aniq bir kasalni davolash jarayonida 
individual yondashuvlarga asoslanib turli taxminlarni o‘rtaga tashlaydi. 
Masalan, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va o‘ziga xos bozor 
iqtisodiyotiga ega bo‘lishi, iqtisodiy rivojlanishning turli ehtimoliy 
taxminga asoslangan yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 
Umumiy, xususiy va yakka farazlarni isbotlash jarayonida ishchi 
farazlar ham tuziladi.
Ishchi faraz – tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida tuzilib, undan 
kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlash, muayyan bir tizimga solish, 
guruhlashtirish va bayon etishda foydalaniladi. Ishchi farazda yangi 
faktlar, aloqalar oydinlashib, yangi ehtimoliy bilimlar paydo bo‘ladi. 
Sud-tergov amaliyotida alohida faktlarni yoki jinoiy hodisalarni 
izohlashda turli farazlar oldinga suriladi. Bunday farazlar «versiya» (lotin. 
versio – o‘zgartirish, turlantirish) yoki o‘zbekcha «tusmol» deb ataladi. 
Tusmol sud-tergov amaliyotida qo‘llaniladigan jinoyatchilikning ayrim 
xususiyatlari va umuman jinoyatchilikning mohiyati va kelib chiqishini 
izohlovchi faraz shakli. Sud oldida turgan jinoyat hodisasini va jinoyatni 
sodir etgan jinoyatchini aniqlash vazifasini isbotlashda yuz bergan hodisa 
haqida umumiy tusmolni oldinga surishni taqozo qiladi. Bu tusmol 
hodisaning barcha muhim jihatlarini umumlashtirib, kim sodir etgan, 
qachon, qayerda, qanday usulda sodir etgan, jinoyatning maqsadi, motivi, 
jinoyatchining aybi kabi bir necha savollarga javob berishi lozim. Odatda 
tusmol sodir etilgan aniq jinoyatning aniq dalillari yig‘indisiga asoslanadi. 
Umumiy tusmolni tekshirish jinoiy hodisaning yakka jihatlarini, 
faktlarini keng tahlil qilish asosida olib boriladi. Jinoiy hodisaning har bir 
119


tomoni haqida juz’iy hamda yakka tusmollar oldinga suriladi. Juz’iy va 
yakka tusmollar yordamida olingan axborotlar umumiy tusmolni 
aniqlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin