O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akademi ya a. A. Mavlyanov


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 417,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/61
tarix16.05.2023
ölçüsü417,23 Kb.
#114700
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Mantiq maruzalar kursi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Muammo va muammoli vaziyat tushunchalarining mohiyati nimada? 
2. Muammo va savolning o‘zaro aloqadorligini tushuntirib bering. 
3. Muammo yechimining dastlabki shartlari nimalardan iborat? 
4. 
Sud qarorini qabul qilishda protsessual jarayonlarning ketma-ketlik 
qoidalarini tushuntirib bering. 
5. Quyidagi savollarning to‘g‘riligini va to‘g‘ri bo‘lsa, turlarini aniqlang: 
121


5.1. ayblanuvchiga bir vaqtning o‘zida JKning bir necha moddasi bo‘yicha 
ayblar qo‘yilishi mumkinmi? 
5.2. fuqaro S.ning xatti-harakatida jinoyat tarkibi mavjudmi va u JKning qaysi 
moddasi bilan izohlanishi mumkin? 
6. Farazning tarkibi, turlari va tusmol (versiya) bilan aloqadorlik jihatlarini 
tushuntirib bering. 
7. Keltirilgan faraz va tusmollarning turini aniqlang: 
7.1. Yerda hayotning paydo bo‘lishi haqida rus bioximigi A. I. Oparin muayyan 
bir farazni ilgari suradi. Uning ta’kidlashicha, planetamiz dastlabki davrda o‘z 
okeanlarida juda ko‘p miqdorda suv saqlagan. Yerning o‘z o‘qi atrofida va boshqa 
sayyoralarga nisbatan aylanishi okean sathining haroratini iloji boricha 
ko‘tarilmasligiga asos yaratib bergan. Yer yuzining 150 mln. km3 qismini okeanlar 
tashkil qilgan. Yerning birlamchi qatlamini vodorod, ammiak, metan, uglekisliy gaz 
va suv kabi elementlar tashkil etgan. Atmosferada azon qatlamining yo‘qligi tufayli 
yerda quyoshning ultrabinafsha radiatsiya nurlarini intensiv ta’siri kuchaygan. 
Natijada organik birikmalarning ximik evolutsiyasi sodir bo‘lib, dunyo okeanlarining 
turli joylarida hayotning paydo bo‘lishiga turtki bergan. Shu tariqa hayot paydo 
bo‘lgan
14

7.2. «N» shahrining «A» bolalar bog‘chasida 30 dan ortiq kichik yoshdagi 
bolalar yuqumli ichak kasalligi bilan og‘rib qolishdi. Shaharning sanitariya vrachlari 
vaziyatni alohida o‘rganib chiqib, infeksiyaning sababi issiqda o‘z sifatini yo‘qotgan 
go‘sht mahsulotlaridan tayyorlangan taom ekanligi haqida xulosa kelishdi. Boshqa 
soha mutaxassislari ham mazkur taxminni qo‘llab quvvatlashdi. Darhaqiqat
taomning buzilishi kasallikni kelib chiqishiga sabab ekanligi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi va 
tegishli xizmat xodimlari muayyan javobgarliklarga tortilishdi. 
14
Опарин А. И. Проблема происхождение жизни. – М., 1976. – С. 27–
43.
122



Yüklə 417,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin