O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə12/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

II bob
MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA ULARNING TURLARI


1-§. Ma’muriy-huquqiy norma tushunchasi va xususiyatlari


Ma’muriy-huquqiy norma davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi maxsus davlat vositalari bilan ta’minlanadigan, joiz xulq- atvor me’yoridir. Huquq normasi o‘z yuridik mazmuniga ko‘ra muayyan xulq-atvor qoidasi bo‘lib, unga rioya qilinishi turli tashkiliy, ma’rifiy va rag‘batlantirish vositalarini, shuningdek ularga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan yuridik majburlov (intizomiy, ma’muriy, moddiy, jinoiy javobgarlik) choralarini qo‘llashni nazarda tutadi. Ushbu xususiyatlar ma’muriy-huquqiy normalarga ham xosdir. Ular davlat-boshqaruv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini va mazkur faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi boshqaruvga doir munosabatlarni (masalan, shaxsning, ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining huquqiy maqomini) belgilaydi.


Ma’muriy-huquqiy normalarning quyidagi funksiyalarini
farqlash mumkin:

  • ijro etuvchi hokimiyat tizimi va uning ayrim bo‘g‘inlari tashkiliy faoliyatini tartibga solish hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro oqilona aloqani ta’minlash;

  • davlat boshqaruvi sohasida fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalarining huquq va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishi va himoya qilinishini ta’minlash;

  • davlat boshqaruvi sohasida bevosita ish olib boruvchi va muayyan hajmda uning funksiyalarini bajaruvchi (masalan, mahalliy hokimliklar) yoxud o‘z harakatlari bilan bu soha (masalan, fuqarolar, jamoat birlashmalarining) manfaatlariga u yoki bu tarzda daxl etuvchi barcha shaxslar va fuqarolarning ijobiy xulq-atvori variantlarini belgilash. Ijobiy yoki lozim darajadagi xulq- atvor qanday harakatlarni bajarish mumkinligini (joizligini),

qanday xatti-harakatlardan o‘zini tiyish kerak (taqiqlarni), qanday harakatlarni bajarish zarurligini (ko‘rsatmalarni) nazarda tutadi. Aslida ma’muriy-huquqiy munosabatlar subyektlarining xulq- atvoriga boshqaruvning ta’siri xuddi mana shunda namoyon bo‘ladi;

    • ijro etuvchi hokimiyat mexanizmining konstitutsiyaviy vazifasi samarali amalga oshirilishini, ya’ni qonunlarda belgilangan talablarining bajarilishini ta’minlash va shu tariqa yagona davlat hokimiyati ijroiya tarmog‘ining mohiyatini namoyon etish;

    • davlat-boshqaruv faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarda mustahkam qonuniylik tartibi va davlat intizomini ta’minlash;

    • ma’muriy javobgarlikni nafaqat boshqaruvga doir muno- sabatlarga, balki huquqning boshqa ko‘pgina tarmoqlari (masalan, mehnat, moliya, yer huquqi) normalarini himoya qilish vositasi sifatida tatbiq etish.

Ma’muriy-huquqiy normalar muayyan ichki mutanosiblikka (iyerarxiyaga) ega. Bu ma’muriy-huquqiy normalarning pog‘ona- ma-pog‘ona bo‘ysunishini, ya’ni muayyan iyerarxiyasini: konstitutsiyaviy normalar, qonunlarning normalari va ijro etuvchi hokimiyat subyektlari (masalan, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati, vazirlik, mahalliy hokimliklar) tomonidan o‘rnatila- digan normalar mavjudligini anglatadi. Yagona yuridik mazmunga ega bo‘lgan mazkur huquqiy normalar o‘zining yuridik kuchiga ko‘ra teng emas. Konstitutsiyaviy va qonun xususiyatiga ega bo‘lgan ma’muriy-huquqiy normalar o‘z yuridik ahamiyatiga ko‘ra birlamchidir. Ijro etuvchi hokimiyat subyektlari tomonidan o‘rnati- ladigan ma’muriy-huquqiy normalar konstitutsiyaviy qonunchilik normalariga nisbatan ikkilamchi xususiyat kasb etadi.
Bundan ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining faoliyatigina emas, balki ular yaratadigan ma’muriy-huquqiy normalar ham qonunga mos bo‘lishi lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Huquqiy normalar iyerarxiyasida ular muayyan o‘rin egallaydi.
Ijro etuvchi hokimiyat subyektlari tomonidan yaratiladigan ma’muriy-huquqiy normalar huquq ijodkorligining ikkilamchi (hosila) shakli sifatida, avvalo, Konstitutsiya va qonunchilik normalarining ta’sirchanligini ta’minlaydi. Shu tariqa ular bu
normalarga aniq amal qiluvchi huquqiy qoidalar maqomini baxsh etuvchi muhim yuridik vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek ularda ifodalangan umumiy xulq-atvor qoidalarini aniqlashtiradi va muayyanlashtiradi.
Shu sababli ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan yaratiladigan ma’muriy-huquqiy normalar ushbu hokimiyat faoliyati doirasida qonunlarni amaliyotga tatbiq etish jarayonida alohida o‘rin tutadi.
Ta’kidlash joizki, ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’muriy huquq ijodkorligi muayyan sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi:

    • tegishli qonunchilik hujjatida mazkur imkoniyat to‘g‘ridan- to‘g‘ri nazarda tutiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining

«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida O‘zbekiston Hukumatining suv resurslaridan kompleks foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga tatbiq etish tartibini belgilashi nazarda tutilgan;

    • ijro etuvchi hokimiyatning mazkur subyekti uchun belgila- adigan vakolatlar majmui uning huquq ijodkorlik borasidagi vakolatlarini oddiy qayd etish tarzida emas, balki aniq ifodalangan ko‘rinishda o‘z ichiga oladi (masalan, normativ hujjatlar qaysi masalalar bo‘yicha qabul qilinishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi). Jumladan, vazirliklar to‘g‘risidagi nizomlarda ijro etuvchi hokimiyatning mazkur organlarga o‘z vakolatlari (belgilangan faoliyat sohasi) doirasida qonunlarga muvofiq ijro etuvchi hokimiyatning o‘zga organlari, shuningdek tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan;

    • ijro etuvchi hokimiyat (ma’muriy) norma ijodkorligidan ba’zan tizim doirasida tartibga solish maqsadida, ya’ni ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) mexanizmining ichki tashkiliy manfaatlari yo‘lida foydalaniladi.

Muhimi shundaki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilmaydigan qonun- chilik hujjatlarida ularni kim bajarishi lozimligi aniq ko‘rsatilishi va ayni vaqtda, buning uchun zarur bo‘lgan qonun osti norma ijodkorligi vakolatlarining hajmi belgilanishi lozim.
Ma’muriy huquq sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning quyidagi guruhlari ma’muriy-huquqiy normalarning tartibga solish predmeti sifatida namoyon bo‘ladi:

  1. davlat boshqaruvi subyektlari boshqaruv faoliyatini, ya’ni o‘z vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini bevosita amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar;

  2. tashkilotning ichki munosabatlari — davlat boshqaruvi subyektlari doirasidagi, shuningdek qonun chiqaruvchi va sud organlari tizimidagi ularning faoliyatini tashkil etish (devoni) hamda ularda davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar;

  3. ma’muriy sudlov ishlarini yuritishni tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlar.

Shunday qilib, ma’muriy-huquqiy normalar deganda, davlat boshqaruvi sohasidagi hamda boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan munosabatlarni, ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki tashkiliy sohadagi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlari apparatlarining faoliyati hamda davlat xizmatini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy norma tushuniladi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin