Davlat boshqaruvining demokratik jarayonlar bilan bog‘- liqligiprinsiði.Davlat boshqaruvi demokratiya bilan uzviy bog‘liqdir. Xalq davlat hokimiyatini o‘zi ishonch bildirib saylagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hokimiyat organlari orqali amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Davlat boshqaruvi - demokratik tartiblarga bo‘ysunishni talab qiladi, demokratik tartiblar, o‘z navbatida, qonuniylikni mustah- kamlash va rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiðlarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
3-§. Ma’muriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi, tizimi va manbalari
Ma’muriy huquq davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat boshqaruvi o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo‘jalik- tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, mamuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi.
Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi - ma’muriy huquq tarmog‘ini tashkil etadi.
Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish — munosabatlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ma’muriy huquq normalarida mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni o‘rnatish orqali, davlat boshqaruvi va u bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda vujudga keladigan funksiyalarni amalga oshirishning muayyan huquqiy tartibi yaratildi.
Aniq ijtimoiy munosabat ma’muriy munosabat bo‘lib, birinchidan, unda tegishli davlat organi albatta qatnashadi; ikkinchidan, davlat boshqaruvi organi unga berilgan vakolatlardan foydalanganida ma’muriy huquqning tartibga solish ta’siriga uchraydi.
Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquq — huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu uning tartibga solinuvchi predmetining o‘ ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro etuvchi hokimiyat, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o‘zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq - huquq tizimida asosiy o‘rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatadi, yoki aksincha, ularning ta’siriga uchraydi.
Ma’muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo davlat boshqaruviga xos bo‘lgan xususiyat- larni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o‘zaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiðlarini mustahkamlaydi1.
Ma’muriy huquq — davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va to‘ldirib, fuqarolarning ko‘pgina huquq va majbu- riyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish
1QarangÕóaîũáåðaèåâaÂ.X.,ÕîæèåâÝ.T.Ìаúìóðèé µó³ó³: ¤³óâ
³уллаíìа. – T., 2000. – 35-36-á.
mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har qanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi.
Ma’muriy huquq — davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi, uning vazifa va maqsadlari, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi.
Ma’muriy huquq — boshqariluvchi obyektlarning aloqalarini tartibga soladi. Ushbu normalar rejalashtirish tartibini, moddiy resurslarni taqsimlash va ish haqini belgilashni mustahkamlaydi. Ma’muriy huquq — jamoat tashkilotlari va jamoat organ-
larining huquqiy maqomini o‘rnatishda katta ahamiyatga ega.
Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi.
Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tar- tibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Ma’muriy huquq fani olimlarining aksariyati1 , ma’muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga
keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadilar:
tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunadigan davlat boshqaruviorganlario‘rtasidagimunosabatlar(masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining ularga bo‘ysungan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar);
bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasio‘rtasidavujudgakeladiganijtimoiymunosabatlar);
davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysunadigan korxona,muassasavatashkilotlaro‘rtasidagimunosabatlar;
davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagimunosabatlar;
davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi muno- sabatlar.
1Qarang: Ànåõèí À.M., Êaðìînèyêèũ À.À., Êîçnîâ Þ.Ì. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 1998; Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî Ðåñпóáлèkè Óçáåkèñòаí // Àâò. kîллåkòèâ: Õ.Ð.Àлèìîâ, Л.È.Сîлîâьåâа è дð./ - T., 1999; ÁaõðaõД.Í.,ÐîññèíñêèũÁ.Â.,Gòaðènîâ Þ.Í.Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî.
– Ì., 2004; Êîçnîâ Þ.Ì. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 2003; Ãaáðè÷èaçå Á.Í.,×åðíяâñêèũÀ.Ã.,Êèì-ÊèìýíÀ.Í.Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî. – Ì., 2004.
Qayd etilgan barcha ijtimoiy munosabatlarda davlat organi ishtirok etadi. Bu qonuniydir, chunki boshqaruv faoliyati davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllaridan biridir.
Davlat boshqaruvi sohasida davlat nomidan harakat qiladigan va uning xohish-irodasini ifodalaydigan organning ishtirokisiz, ma’muriy huquq predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli, ikki fuqaro o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar — ma’muriy-huquqiy munosabatlar hisoblanmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida shartno- malar asosida vujudga keladigan munosabatlar ham ma’muriy huquq predmetiga kirmaydi, chunki ular fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan shartnoma munosabatlari hisoblanadi.
Huquq tizimida huquqni tarmoqlarga ajratish asoslaridan biri
— huquqiy tartibga solish uslubidir.
Huquqiy tartibga solish uslubi — jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq ta’sirida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar yig‘indisidan iborat.
Har qanday huquq tarmog‘i singari ma’muriy huquq ham o‘zining tartibga solish uslubiga egadir. Ma’muriy huquq tartibga solish funksiyasini amalga oshirib, davlat boshqaruvi jarayonidagi munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki uslublarning muayyan majmuidan foydalanadi.
Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi bo‘yicha, ya’ni predmet bo‘yicha amaldagi huquq tarmoqlari ko‘pincha o‘zaro juda yaqin bo‘lib, ayrim hollarda hatto shaklan bir-biriga mos ham keladi.
Huquqning har qanday tarmog‘i uning tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma buyruq, ko‘rsatma; man etish, taqiqlash;ruxsatberish.