O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə4/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Boshqaruv funksiyalari — boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga nisbatan aniq yo‘naltirilgan ta’sir etishi (tashkil etish, tartibga solish, nazorat qilish) hisoblanadi.
Boshqaruv funksiyalari aniq mazmunga ega bo‘lib, boshqa- ruvning uslublari va shakllari yordamida (masalan, majburlov choralari, huquqiy aktlarni qabul qilish, bo‘ysunuvchilik ta’siri va hokazo) amalga oshiriladi.
Yuridik adabiyotlarda boshqaruv funksiyalari bilan bir qatorda boshqaruv organlarining funksiyalari (ya’ni, ularning obyektga nisbatan boshqaruv ta’siri)ni ham uchratish mumkin. Lekin hozirgi dolzarb masalalardan biri — boshqaruv funksiyalarining boshqaruv organlari funksiyalaridagi aniq o‘rni va huquqiy o‘rnatilishini belgilab olish hisoblanadi.
Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda boshqaruv funksiyalari ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) organlarining funksiyasi tariqasida ko‘rsatib o‘tilgan.
Umuman, davlat va uning organlarining funksiyalari — davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, uning ijtimoiy holatini belgilaydi, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining amalga oshirilishini, davlat va jamiyatni samarali hamda bir me’yorda boshqarilishini ta’minlaydi.
Davlat boshqaruvi funksiyalari obyektiv qonuniyatlar bilan izohlanadi. Har bir funksiyaning mazmuni davlat va davlat boshqaruvi oldida turgan maqsad, boshqaruv obyekti xususiyatlari bilan belgilanadi hamda davlat boshqaruvi organlarining obyektlarga tashkiliy-huquqiy ta’sir etish yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Davlat boshqaruvining asosiy funksiyalari jumlasiga quyida- gilarni kiritish mumkin:

  1. davlat boshqaruvi organlari faoliyatini axborot bilan ta’minlash funksiyasi, ya’ni davlat boshqaruvi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish, olish, qayta ishlash va baholash;

  2. davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishining istiqbolini belgilash funksiyasi. Istiqbolni belgilash — bu kasbiy tajriba, amaliyot va ilmiy-nazariy yutuqlarga asoslangan ma’lumotlarga tayanib, davlat boshqaruvi va boshqaruv organlari faoliyati rivojidagi o‘zgarishlar, ma’lum hodisa va jarayonlarning natijalarini oldindan ko‘ra bilishdir. Istiqbolni belgilash boshqaruv qarorlari qabul qilishda juda muhimdir. Boshqaruvning bu funksiyasisiz ijtimoiy jarayonlarning

natijalari, jamiyatning istiqboldagi holati va davlat organlari faoliyatining samaradorligini aniqlash mumkin emas;

  1. rejalashtirish funksiyasi — davlat boshqaruvi tizimidagi u yoki bu jarayonlarning yo‘nalishlari, rivojlanishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari, davlat funksiyalarining amalga oshirilishini belgilash hisoblanadi. Bundan tashqari, rejalashtirish funksiyasi orqali davlat faoliyati va boshqaruvini takomillashtirish va isloh qilishning maqsad va vazifalari hamda yo‘nalishlari belgilanadi. Mazkur funksiyani amalga oshirish jarayonida davlat boshqaruvi turli sohalaridagi aloqalarning rivojlanish dasturlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari faoliyati va tuzilishini o‘zgartirish hamda yaxshilash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqiladi;

  2. tashkil etish funksiyasi — bu o‘rnatilgan tartib va prinsiðlarga asoslanib, davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, boshqaruv tizimida boshqaruvchi va boshqariluvchining tuzilishini belgilashdir. Tor ma’noda, tashkil etish — davlat organlari, davlat personali (xizmatchisi), davlat boshqaruvi jarayonlari tuzilishini belgilash hisoblanadi. Tashkil etish faoliyati — davlat boshqaruvi organlari faoliyatini ta’minlovchi harakatlar va qarorlarni o‘z ichiga oladi;

  3. farmoyish berish funksiyasi, ya’ni davlat organlari vakolatlari va mansab majburiyatlarini amalga oshirish, davlat faoliyatining belgilangan tartibini ta’minlash bo‘yicha vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini kundalik tartibga solishdir. Farmoyish berish —davlatning rahbar xodimlari (mansabdor shaxslar) tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berishdir;

  4. rahbarlik qilish funksiyasi — davlat organlari (davlat xizmatchilari), boshqariluvchi obyektlari faoliyati va ular ayrim harakatlarining qoidalari va normalarini o‘rnatish hisoblanadi. Rahbarlik qilish bilan bir qatorda «umumiy rahbarlik» atamasi ham mavjud. Umumiy rahbarlik — bu davlat faoliyatining mazmunini belgilashdir;

  5. muvofiqlashtirish funksiyasi — bu turli davlat boshqaruvi organlari (davlat xizmatchilari) faoliyatini davlat boshqaruvining umumiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun yo‘nal- tirishdir. Muvofiqlashtirish orqali boshqaruv faoliyatining tizimi tashkil etiladi va uning ish jarayoni ta’minlanadi. Masalan, bir

necha mustaqil davlat organlari mavjud va ularning har biri o‘zining tashkiliy tuzilmasi, maqsad va vazifalariga ega bo‘lib ma’lum bir muammoni ularning birgalikdagi faoliyati orqali hal etish kerak bo‘lganida, muvofiqlashtirish vakolatiga ega davlat organini tashkil etish ehtiyoji vujudga keladi;

  1. kontrol qilish funksiyasi — davlat boshqaruvi tizimi va uning tuzilishining o‘rnatilgan standart va normalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini, davlat organlari faoliyati va ayrim boshqaruv subyektlari harakatining natijalarini, davlat boshqaruvida belgilan- gan va amalga oshirilgan holatlarni o‘rganish va baholashdir. Kontrol qilish — boshqaruv faoliyatining sifati ustidan kuzatish, kamchilik va xatolarni hamda boshqaruv harakatlari va qabul qilingan aktlarning qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsiðlariga mos kelishini aniqlashdan iborat. Davlat faoliyatining ma’lum bir sohalarida u yoki bu harakatlarni amalga oshirish ustidan davlat hokimiyati organlari kontrol o‘rnatadilar. Kontrolni amalga oshirish vaqtida ketma-ketlik, asoslantirilganlik, oshkoralik, obyektivlik, qonuniylik va tezkorlikka amal qilish kerak. Kontrolning keng tarqalgan turlaridan biri - nazorat hisoblanadi. Nazorat, odatda, ma’lum bir harakatlarning (qarorlarning) qonuniyligini tekshirish maqsadidagina amalga oshiriladi (kontrol va nazoratning mazmuni va xususiyatlari ushbu darslikning 17,18-boblarida ko‘rsatib o‘tilgan);

  2. tartibga solish funksiyasi — bu davlat boshqaruvi tizimi va uning faoliyatini tashkil etish jarayonida boshqaruv uslublari va usullaridan foydalanishdir. Tartibga solish — jamoat tartibi va xavfsizligi, iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, demokratik raqobat asoslarini, fuqarolarning huquq va erkin- liklarini ta’minlash maqsadida boshqaruv obyektlari hamda turli huquq subyektlari uchun umummajburiy bo‘ lgan ko‘r- satmalarni o‘rnatish hisoblanadi. Tartibga solish funksiyasi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, normativ huquqiy akt orqali ma’lum bir sohadagi xulq-atvor qoidalarini belgilash yoki boshqaruvning aniq jarayonlarini (sertifikatlash, litsenziyalash, soliqqa tortish, ro‘yxatga olish va hokazo) o‘rnatish;

  3. hisobga olish funksiyasi — miqdor shaklida ifodalangan axborotlar, moddiy resurslar harakati, boshqaruv faoliyatining amalga oshirish natijalari, davlat organlari vakolatlari, davlat boshqaruv qarorlari hamda boshqaruv uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va harakatini inobatga olishdir. Hisobga olish funksiyasi - qandaydir predmet, hujjat va faktlarning mavjudligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.




Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin