O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə3/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

davlat boshqaruvi - ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishga qaratilgan hamda qonun chiqarish va odil sudlov faoliyatidan shakli, uslublari va mazmuniga ko‘ra ajralib turadigan alohida faoliyat turi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi — bu qonunlar va boshqa normativ (qonun osti) hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha olib boriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir;

  • davlat boshqaruvi — huquqni qo‘llash bilan bir vaqtda ma’muriy huquq ijodkorligi (huquq o‘rnatish) faoliyatini amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi organlarining huquq ijodkorligi shunda namoyon bo‘ladiki, ular vakolatlari doirasida boshqa huquq subyektlari (boshqaruv obyekti) uchun majburiy bo‘lgan xulq- atvor qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ma’muriy yurisdiksiyaviy (huquqni himoya qilish) faoliyatni yuritadilar;

  • davlat boshqaruvi qonunlarni ijro etish, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish zarurati vujudga kelgan hamma joyda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi davlat va jamiyat hayotining muhim sohalari — xo‘jalik-iqtisodiy, ijtimoiy- madaniy va ma’muriy-siyosiy sohalarda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi nafaqat davlatga qarashli bo‘lgan obyektlarni, balki nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarni ham qamrab oladi (bunda davlat boshqaruvi tartibga solish va kontrol-nazorat faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi);

  • davlat boshqaruvi — bu ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining obyektiv qonuniyatlariga asoslangan va davlat manfaatlari, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan doimiy va rejali faoliyatdir. Davlat boshqaruvi jarayonida davlat vazifalari va funksiyalari amalga oshiriladi;

  • davlat boshqaruvi — davlat tomonidan tuziladigan va yagona davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadigan ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat nomidan va davlat ko‘rsatmasiga binoan harakat qiladigan ushbu organlar xususiyatiga ko‘ra davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladilar va shu vakolat doirasida faoliyat yuritadilar;

  • davlat boshqaruvi — qonuniylik prinsiðiga amal qiladi, ya’ni ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Boshqaruv faoliyati davlat organlari tomonidan faqatgina ularga berilgan vakolat doirasidagina amalga oshiriladi;

  • davlat boshqaruvi — vertikal (subordinatsiyaviy, iyerarxik) va gorizontal aloqalar va munosabatlar asosida tashkil etiladi. Boshqaruv jarayonida eng ko‘p tarqalgan munosabatlar vertikal bo‘lib, boshqaruv subyektlarining ma’muriy va intizomiy bo‘ysu- nuvi asosida vujudga keladi. So‘nggi vaqtlarda boshqaruv jarayonida boshqaruv subyektlarining tengligiga asoslangan yangi shakldagi gorizontal munosabatlarning vujudga kelishini ham kuzatish mumkin (masalan, ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash, ommaviy yoki ma’muriy-huquqiy shartnomalar tuzish va hokazo);

  • davlat boshqaruvi — tashkil etish prinsiðiga asoslanadi, ya’ni unga butun boshqaruv mexanizmining maqsadga muvofiq va doimiy ish jarayonini ta’minlovchi xilma-xil shakllar xosdir. Davlat boshqaruvi organlarining tashkilotchilik faoliyati ham tashqi, ham ichki ma’muriy funksiyalarni ijro etishni o‘z ichiga oladi;

  • davlat boshqaruvi — yurisdiksiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan vakolatlarni ham o‘z ichiga oladi, ya’ni ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan «majburlovga oid» boshqaruvni amalga oshirishning ma’muriy tartibini (suddan tashqari) ta’minlaydi (masalan, ma’muriy jazo yoki ma’muriy ogohlantiruv yoxud ma’muriy cheklov choralarini qo‘llash).

    Davlat boshqaruvi davlat faoliyatining bir ko‘rinishi bo‘lib, davlat funksiyalari unga xos hisoblanadi. Lekin shu bilan birga, boshqaruv xususiyatlaridan kelib chiquvchi funksiyalar ham mavjuddir.
    Boshqaruv funksiyalari muammosini o‘rganish — boshqar- uvning tuzilishi va tizimini tashkil etish, boshqaruv organlarining obyektiv ehtiyojlarini aniqlash imkonini beradi.

    Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin