§. Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishni ta’minlash choralari
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishni ta’min- lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi MJTK va boshqa qonun- chilik hujjatlari asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
dastlab, ma’muriy huquqbuzarlikni to‘xtatish;
huquqbuzarning shaxsini aniqlash;
joyning o‘zida jarima undirish maqsadida kvitansiyalarni rasmiylashtirish;
ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida mazkur shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish;
shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish;
ashyolarini, transport vositalarini ko‘zdan kechirish;
ashyo hamda hujjatlarni olib qo‘yish.
Shaxsni sodir etgan huquqbuzarligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJTK va boshqa qonunlar asosida ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, huquqbuzarga nisbatan ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish bayonnomasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
ushlab turilgan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga shu haqda yozib qo‘yish;
ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindosh-urug‘lari, advokat, ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilinganligini yozib qo‘yish;
voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota- onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilin- ganligini yozib qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 287-moddasiga muvofiq quyidagi organlar (mansabdor shaxslar) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga haqli:
Ichki ishlar organlari; chegara qo‘shinlari; qo‘riqlanadigan obyekt joylashgan yerdagi harbiy soqchilikning katta mansabdor shaxsi; harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari; O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari; bojxona organlari xizmatchilari; harbiy patrul; Davlat soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas. Ayrim hollarda alohida zarurat tufayli O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishning boshqacha muddatlari belgilanishi mumkin.
Chegara tartibini yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat chega- rasi orqali o‘tish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha ushlab turilishi mumkin, huquq- buzarning shaxsi va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yozma tarzda ma’lum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, prokurorning sanksiyasi bilan o‘n sutkagacha ushlab turilishi mumkin.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya yoki ichki ishlar organi bosh- lig‘i (boshliq o‘rinbosari) tomonidan quyidagi ma’muriy huquq- buzarliklarni sodir etgan yoxud o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lu- motlarni yashirgan shaxslarning huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishi ko‘rib chiqilgunga qadar, 24 soatgacha ushlab turilishi mumkin:
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa — ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi.