Ma’muriy-protsessual munosabatlar — jamiyatda vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, huqu- qiy normalarda nazarda tutilgan aniq subyektlar o‘rtasidagi yuridik aloqalarni anglatadi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar — unda ishtirok etuvchi subyektlarning belgilangan xulq-atvorda bo‘lishini nazarda tutadi. Ma’muriy-protsessual munosabatlar — hamma vaqt ma’mu-
riy-protsessual normalar asosida vujudga keladi. Albatta, huquqiy normaning mavjud bo‘lishi, huquqiy munosabatni vujudga kelishiga yetarli emas. Huquqiy munosabatning vujudga kelishi uchun huquq subyekti (huquq layoqati va muomala layoqati) va yuridik faktlarning (harakat, harakatsizlik, hodisa) mavjud bo‘lishi ham talab qilinadi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirish barcha huquqiy munosabatlar singari, davlatning ta’sir choralari bilan ta’minlanadi. Ular turli-tuman bo‘lib, faqatgina majburlov chora- lari bilan chegaralanmaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari
faoliyatida vujudga keladigan aksariyat ma’muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirishda davlatning majburlov choralarini qo‘llash zaruriyati mavjud emas.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ma’muriy-protsessual munosabat- larning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni huquqiy munosabatlarning bir ko‘rinishi sifatida ifodalashga imkon beradi. Lekin bu xususiyatlar ma’muriy-protsessual munosabatlarning mazmunini to‘liq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, asosiy e’tiborni, uning alohida xususiyatlarining qisqacha tavsifiga qaratish lozim. Jumladan: birinchidan,ma’muriy-protsessual munosabatlar — davlat boshqaruvi sohasida ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolat- larini amalga oshirish jarayonida vujudga keladi hamda moddiy normalar singari aniq ifodalangan boshqaruv xususiyatiga egadir; ikkinchidan, bu munosabatlar protsessual huquqiy munosa- batlardir. Agar, ma’muriy-protsessual munosabatlarning birinchi xususiyati ularni moddiy normalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi xususiyati bu ikkala norma o‘rtasidagi aniq chegarani belgilab beradi. Ma’muriy-protsessual munosabatlar ma’muriy-moddiy munosabatlardan farq qilgan holda, quyidagi xususiyatlarga ega:
protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan vujudga kelishiningxususiyatigaqarabfarqlanadi. Masalan, moddiy muno- sabatlar vujudga kelishi uchun huquq normasi, huquq subyektliligi va yuridik faktning bo‘lishi talab qilinadi. Ma’muriy-protsessual munosabatlarning vujudga kelishi uchun esa, yana bir huquqiy normaning ko‘rinishi — protsessual normalar bo‘lishi kerak, ya’ni bu munosabatlar — moddiy normalar bilan bir vaqtda protsessual normalar mavjudligida vujudga kelishi mumkin. Moddiy norma bo‘lmaganda ma’muriy-protsessual munosabatlarning predmeti ham bo‘lmaydi, protsessual normaning bo‘lmaganligi esa, umuman, bunday munosabatlarning vujudga kelishini inkor etadi;
protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan huquqiy normalar orqali tartibga solinishiga ko‘ra farqlanadi. Masalan, protsessual normalar moddiy normalardan farqli ravishda, subyektlar amalga oshiradigan harakatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan «dinamik» munosabatlarni tartibga soladi. Protsessual munosabatlar ishtirokchilarining harakati qonunda belgilangan tartibda va ketma-ketlikda amalga oshiriladi;
protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan o‘zi- ning ahamiyati bilan ham farqlanadi. Ma’muriy-protsessual muno- sabatlarning asosiy vazifasi — bu tegishli moddiy normalar amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir;
protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan o‘zi- ning tuzilishiga ko‘ra farqlanadi. Ma’muriy-protsessual munosa- batlar murakkab tuzilishga ega. Protsessual munosabatlarda bir necha subyektlar ishtirok etib, harakatlarni ketma-ketlikda amalga oshirish orqali munosabat kengayib, rivojlanib boradi hamda o‘zining yuridik mazmunini, tarkibini o‘zgartiradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqanda, ma’muriy-protsessual munosabatlarni asosiy va ko‘maklashuvchi (yordamchi) munosabatlarga ajratish mumkin. Protsessual munosabatlarning ishtirokchilari mazkur munosabatlarda turlicha o‘rinni egallaydi va ularning huquqiy maqomi o‘zgarib turadi;
protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan subyektlar doirasiga qarab ham farqlanadi. Protsessual munosa- batlarning ishtirokchisi sifatida moddiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, shuningdek, moddiy munosabatlarda ishtirok etmagan boshqa ishtirokchilar ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy-protsessual munosabatlarni, normalar singari bir necha asoslarga qarab tasniflash mumkin. Jumladan:
Ma’muriy-protsessual munosabatlar mazmunigako‘ra: