O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə116/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

ma’muriy huquq ijodkorligi jarayoni — ijro etuvchi hoki- miyat organlarining ma’muriy-protsessual shaklda o‘rnatilgan tartibda ma’muriy normativ aktlarni qabul qilishga qaratilgan faoliyatidir;

  • ma’muriy huquqni qo‘llash jarayoni — ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonunchilik hujjatlarini ijro etishga qaratilgan va ma’muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan operativ-farmoyish berish hamda huquqni qo‘llash aktlarini qabul qilish va ijro etish faoliyatidir;

    1. ma’muriy yurisdiksiyaviy jarayon — ijro etuvchi hokimiyat organlarining turli subyektlar o‘rtasidagi nizolarni hal etish, shuningdek, ma’muriy-protsessual shaklda amalga oshiriladigan ma’muriy va intizomiy majburlov choralarini qo‘llashga qaratilgan faoliyatidir.

    «Ma’muriy jarayon» va «ma’muriy-protsessual faoliyat» bir- biriga yaqin va bog‘liq tushunchalardir. Lekin har qanday ma’muriy jarayon faoliyati ma’muriy-protsessual faoliyat hisoblanmaydi.
    Yu.M.Kozlovning ko‘rsatishicha, ma’muriy-protsessual faoliyat tushunchasiga ikki xilda yondashish mumkin:

    1. ma’muriy jarayon (keng ma’noda) — butun davlat boshqaruvi faoliyatini o‘z ichiga oladi;

    2. ma’muriy jarayon (tor ma’noda) — moddiy normalar sanksiyalarini qo‘llash bo‘yicha faoliyatni o‘z ichiga oladi.

    Yu.M.Kozlov ma’muriy-protsessual faoliyatni, uning yuqoridagi ko‘rinishlaridan kelib chiqqan holda, ikkiga bo‘ladi:

    1. ma’muriy ish yuritish.

    Uning mazmunini ijro etuvchi hokimiyat organlari (mansab- dor shaxslari) tomonidan ma’muriy huquq normalarida belgilan- gan ish yuritish bo‘yicha farmoyish berish harakatlarini amalga oshirish tashkil etadi.

    1. ma’muriy yurisdiksiyaviy faoliyat.

    Uning mazmunini ijro etuvchi hokimiyat organlari (mansab- dor shaxslari) tomonidan yurisdiksiyaviy harakatlarni amalga oshirish tartibida, huquqni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish tashkil etadi.
    Ma’muriy jarayon, odil sudlov (fuqarolik, jinoiy, xo‘jalik) singari, hokimiyat organlari tomonidan qanday masalalarning hal etilishiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. Hal etilayotgan ishlarning mazmuni — ma’muriy-protsessual shaklga yoki uning ayrim elementlari xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
    Agar, har qanday jarayon doirasida ma’lum bir ishlar hal etiladigan bo‘lsa, unda maxsus protsessual qoidalarning zaruriyati vujudga keladi. Aynan mana shu xususiyatlarga qarab jarayonda, uning o‘ziga xos qismi — ish yuritish ajratiladi. Davlat hokimiyati organlari, ma’lum bir ma’muriy jarayon doirasida, turli xil ishlarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Ularni umumiy protsessual qoidalar bilan tartibga solish mushkuldir. Shu sababli, ma’muriy faoliyatning o‘ziga xos turlari, ya’ni ma’lum bir ishlarni hal etish- ning maxsus protsessual qoidalari mavjud bo‘lib, ularning yig‘indisi — ish yuritish faoliyatini tashkil etadi. Masalan, shi- koyatlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini tayinlash faoliyatlari ko‘pgina umumiy xususiyatlarga ega, lekin bu faoliyat turlari maxsus qoidalarga ham muhtoj bo‘ladi.
    Demak, ma’muriy ish yuritish — ma’muriy jarayonning bir
    qismi bo‘lib, umumiy va maxsus protsessual normalar yordamida ma’lum ishlarni hal etishga qaratilgan ma’muriy faoliyatning alohida turi hisoblanadi.
    Ma’muriy ish yuritish bir necha ko‘rinishlarga ega. Jumladan:
    Ma’muriy huquq ijodkorligi jarayonida:

      1. Prezident aktlarini qabul qilish; b) hukumat aktlarini qabul qilish; d) markaziy ijro etuvchi hokimiyat organlari aktlarini qabul qilish; e) ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining aktlarini qabul qilish bo‘yicha ish yuritish.

    Ma’muriy huquqni qo‘llash (operativ-farmoyish berish) jarayonida:
    a) shaxsiy tarkibni jamlash bo‘yicha (masalan, harbiy xizmatga chaqirish, davlat lavozimiga, o‘quv yurtiga qabul qilish); b) davlat mulkini xususiylashtirish; d) rag‘batlantirish choralarini qo‘llash;

    1. resurslarni (masalan, kvartira, pul mablag‘lari, yer uchastkala- rini) taqsimlash; f) ruxsat berish bo‘yicha (masalan, litsenziya, ruxsatnoma, boshqarish huquqini berish); g) ro‘yxatga olish bo‘yicha (masalan, transport vositalarini, xorijiy fuqarolarni, ko‘chmas mulkni); h) mahsulotlar va xizmatlar sifatini tekshirish;

    1. nazorat va boshqalar bo‘yicha ish yuritish.
    Ma’muriy yurisdiksiyaviy jarayonda:

      1. fuqarolarning shikoyatlari bo‘yicha; b) ma’muriy huquq- buzarliklar bo‘yicha; d) intizomiy; e) ijro etish; f) ma’muriy cheklov (ehtiyot) choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish.

    Turli ish yuritish jarayonlari har doim bir xil amalga oshirilmaydi. Ba’zi hollarda ish yuritish aniq va to‘liq protsessual shaklga ega bo‘ladi. Boshqa hollarda esa, faoliyat to‘liq tartibga solinmagan bo‘ladi.
    Har qanday ish yuritish — ma’muriy huquqning tegishli institutlari moddiy normalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Protsessual normalar esa, mana shu institutlarga xizmat qiladi.



          1. Yüklə 6,58 Mb.

            Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   209




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin