O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish (225- m.)



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə114/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish (225- m.). Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston
Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzishi, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beradigan hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashashi, vaqtincha yoki doimiy propiska, ko‘chish yoki turarjoy tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmasligi, bo‘lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo‘yin tovlashi, shu- ningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o‘tish tartibiga rioya qilmasligi, — eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborishga sabab bo‘ladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish tartibining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, — mansabdor shaxsga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni xususiy ish bilan O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan fuqaro tomoni- dan mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan o‘tishlarini, shuningdek, ular shu yerda bo‘lishining belgilangan muddati o‘tgach, chiqib ketishlarini ta’minlashga doir choralar ko‘rilmas- ligi, shuningdek, uy-joy, transport vositalari berib qo‘yilishi yoxud boshqa xizmatlar ko‘rsatilishi, agar bu O‘zbekiston Res- publikasida bo‘lish qoidalarining buzilishiga olib kelishi oldindan ayon bo‘lsa, — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yuz barava- rigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan respublikada
bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun- larga, jamoat tartibiga rioya qilishlari, hokimiyat vakillarining qonuniy talablarini bajarishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan umumiy asosda (alohida qoidalar faqat tegishli imtiyoz va immunitetdan foydalanuvchi shaxslarga nisbatan ishlatiladi) ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Jamoat tartibini saqlashni ta’minlash, xorijiy fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan vaqtlarida va respublika hududi orqali o‘tayotganlarida normal sharoit yaratib berish maqsadida, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga muayyan va majburiy qoidalar o‘rnatiladi. «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabr qarorida belgilangan1. Xorijiy fuqaro: a) O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan taqdirda, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bo‘yicha yashaganda, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tishning, harakat qilish yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya qilmaganda, bo‘lish muddati tugagandan keyin chiqib ketishdan bosh tortganda, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tish qoidalariga rioya qilmaganda; b) O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etgandan yoki o‘tagandan yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingandan keyin, keyinchalik kelish huquqini cheklagan holda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi mumkin.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    1. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquq- buzarliklar uchun qanday ma’muriy javobgarlik belgilangan?

    2. Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qanday ma’muriy javobgarlik turlari mavjud?

    3. Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun belgilanadigan ma’muriy javobgarliklar haqida so‘zlab bering.

    4. Tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qanday ma’muriy javobgarliklar kelib chiqadi?

    5. Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun kelib chiqadigan ma’muriy javobgarliklar haqida tushuntiring.

    6. Qishloq xo‘jaligidagi, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadigan huquqbuzarliklar haqida so‘zlab bering.

    7. Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun qanday ma’muriy javobgarlik kelib chiqadi?

    8. Fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik haqida so‘zlab bering.

    9. Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik asoslari haqida tushuntiring

    10. Odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun qanday javobgarlik turlari mavjud?

    11. Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik asoslari nimalarda namoyon bo‘ladi?

    12. Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish asoslari haqida so‘zlab bering.




Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin