O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar(191-



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə110/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar(191- m.). Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish, —
ana shu o‘yinlar buyumlarini, shuningdek o‘yinga tikilgan hamda o‘yindagi yutuq bo‘lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda ishtirok etishga jalb qilish — ana shu o‘yinlar buyumlarini, shuningdek o‘yinga tikilgan hamda o‘yindagi yutuq bo‘lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i provayderlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish yoki xizmatlar ko‘rsatishga ko‘maklashish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish, tarqatish — kompyuter va boshqa yordamchi vositalarni, shuning- dek o‘yinga tikilgan hamda o‘yindagi yutuq bo‘lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlikning obyekti jamoat tartibi hisoblanadi. Qimor o‘ynash deyilganda faqat o‘ynovchining mahoratiga yoki tasodifga bog‘liq bo‘lgan yutuqning o‘zigina emas, balki tijorat tusidagi o‘yinlar — preferans, vint, shuningdek, pul tikib o‘yna- ladigan bilyard, domino, loto, nard va hokazolar ham tushuni- ladi, o‘yin asosini pulli yutuq, buyum yoki allaqanday boshqa qimmatli boylik tashkil etadi.
Pul, buyum va boshqa xil qimmatbaho narsalarni tikib qimor o‘ynashning obyektiv tomoni shaxsning o‘ynashga rozilik berishida; pul yoki boshqa xil qimmatbaho narsalar dovga qo‘yilishida, o‘yin shartlari amaliy bajarilganda o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, huquqbuzarlikning obyektiv tomoni, shuningdek, sport va boshqa tomosha musobaqalari (futbol va xokkey o‘yinlari, yugurish va hokazolar) o‘tkazilayotganda pul, buyum va boshqa qimmatbaho ashyolar dov sifatida qabul qilinishida
(tikilishida) ham ifodalanadi.
Tashkiliy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi xatti-harakat obyektiv tomon tarkibiga kiradi:

    • o‘yin jihozlari bilan qatnashchilarni ta’minlash;

    • o‘yinga kishilarning keng doiralarini jalb etish (reklama qilish, targ‘ib etish, o‘ynashga rozilik bergan o‘tkinchilarni yutadigan qilib ko‘rsatish);

    • o‘yin uchun qulay sharoit yaratish (raqobatchilarni bartaraf etish, o‘yin tashkilotchilarining shaxsiy xavfsizligini

ta’minlash, huquqni muhofaza qilish organlarining vakillari paydo bo‘lgani haqida o‘ynovchilarni o‘z vaqtida ogohlantirish va hokazolar).
O‘yin qatnashchilari ma’muriy javobgarlikka sazovordirlar. Masalan, «angishvona» o‘yinini tashkil etgan o‘ynovchining o‘zigina emas, balki guruhning boshqa a’zolari — tezlovchilar, chorlovchilar, xazinabonlar, «jangchilar», «jilovdorlar» va barcha guruhning bevosita rahbari ham javobgar bo‘lishi lozim.
Kodeksning ushbu moddasi bo‘yicha javobgarlikning boshla- nishi shartlaridan biri huquqbuzarlik sodir etilgan joy, ya’ni ko‘cha, xiyobon, o‘yingoh, istirohat bog‘i, cho‘milish joyi, jamoat transportining barcha turlari va boshqa jamoat joylari hisoblanadi. Lekin ta’kidlash joizki, nojo‘ya ish amalga oshirilgan joy (jamoat joyi yoki boshqasi bo‘lsin) belgili holat hisoblanmaydi.
16 yoshga to‘lgan, qonun oldida javob bera oladigan shaxs huquqbuzarlik subyekti bo‘lishi mumkin.
Huquqbuzarlikning faqat qasddan amalga oshirilishi mumkinligi huquqqa xilof harakatning subyektiv tomonidir. Bunda aybdor qilayotgan ishining qonunga xilof ekanini sezadi va ma’lum bir moddiy foyda ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Ushbu huquqbuzarlik sodir bo‘lgani haqida ichki ishlar organlari xodimlari bayonnoma tuzadilar. Unda bu qilmish turini sifatlovchi vaziyat ta’kidlanadi. Bunda pul va qimmatbaho narsa tikib o‘ynash xususiy shaxslarning sport va boshqa musobaqalarda dov qabul qilishi bilan baravardir. Bayonnomalarni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ko‘rib chiqadi (245-m.).



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin