O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Ma’muriy-protsessual normalar



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə118/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Ma’muriy-protsessual normalar


Yuridik adabiyotlarda, ma’muriy-protsessual huquq bo‘yicha turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, ba’zi huquqshunos- olimlar, ma’muriy-protsessual huquqni — huquq tizimining mustaqil tarmog‘iga kiritadilar. Boshqalari esa, ma’muriy- protsessual huquq ma’muriy huquqning ichki sohasi hisoblanadi, deb ko‘rsatadilar.
D.N.Baxraxning fikricha, ma’muriy-protsessual huquq — ma’muriy huquq tarkibida bo‘lgan va hokimiyat faoliyatini tartibga soluvchi keng doiradagi normalardan iborat bo‘lib, yagona tizimga keltirilmagandir.
V.D.Sorokin ma’muriy-protsessual huquq muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, uni o‘zining predmeti, tizimi va tartibga solish uslubiga ega bo‘lgan huquq tizimining mustaqil tarmog‘i sifatida ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, ma’muriy- protsessual normalar — vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan, ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yakka tartibdagi ishlarni hal etish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy qoidalardir_.
Ma’muriy ish yuritish faoliyatining turli ko‘rinishlarga (huquq ijodkorligi, rag‘batlantirish, ruxsat berish, yurisdiksiyaviy va hokazo) ega bo‘lganligi sababli, protsessual normalar aksariyat hollarda, ma’muriy huquqning boshqa institutlari protsessual normalari bilan emas, balki tegishli institutlarning moddiy norma- lari bilan bog‘liqdir. Jarayonlashtirishni keng doirada amalga oshirish bilan esa, protsessual normalarni yanada yaqinlashtirish, unifikat- siya qilish va yagona tizimga keltirish mumkin bo‘ladi.
D.N.Baxraxning ko‘rsatib o‘tishicha, ma’muriy-protsessual qonunchilikni alohida tarmoqqa ajratish, amaliyotda foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Chunki, bunday ajratish bir butun normalarni ikki bo‘lakka, ya’ni moddiy va protsessual normalarning alohidalashuviga olib keladi.
Hozirgi vaqtda ma’muriy-protsessual huquq — ma’muriy huquqning ma’lum bir institutlari doirasida tizimlashtirilgan keng doiradagi protsessual normalar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Sobiq Ittifoq davridagi yuridik adabiyotlarda, ma’muriy- protsessual normalar va uning tasnifi bo‘yicha turli fikrlar bildi- rilgan. Jumladan, XX asrning 50-yillarida S.S.Studenikin tomonidan ma’muriy-protsessual normalarning ikki guruhga bo‘linishi ko‘rsatib o‘tilgan:

  1. boshqaruv organlari tomonidan u yoki bu masalani hal etish tartibini belgilab beruvchi normalar;

  2. sud organlari tomonidan ijroiya-farmoyish berish faoliyatiga taalluqli bo‘lgan masalalarni hal etish tartibini belgilab beruvchi normalar.

Lekin bunday tasnif to‘liq bo‘lmay, uni yanada aniqlashtirish talab etiladi. Chunki bu tasnifda ma’muriy-protsessual normalar, faqatgina predmet nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda bo‘lingan. 70-yillarda esa, N.G.Saliùyeva ma’muriy-protsessual
normalarga quyidagilarni kiritadi:

  1. ma’muriy majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ishlarni hal etishning umumiy prinsiðlarini belgilab beruvchi yoki mustahkamlovchi normalar;

  2. ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs huquqlarining kafolatlarini belgilab beruvchi normalar;

  3. ijro etuvchi va farmoyish beruvchi organlarning protsessual harakatlarini rasmiylashtirishga qaratilgan hujjatlar tayyorlashni belgilab beruvchi normalar;

  4. ish olib borishning protsessual tartibi, shuningdek, qarorlar qabul qilish tartibini belgilab beruvchi normalar;

  5. qabul qilingan qaror ustidan tegishli boshqaruv organi yoki sudga shikoyat qilish tartibini belgilab beruvchi normalar.

Bu davrda, B.B.Xangeldiyev ma’muriy-protsessual norma- larning uch guruhini ajratadi:

    1. yuridik tabiatiga ko‘ra jinoyat-protsessual normalarga yaqin bo‘lgan qoidalar;

    2. fuqarolik jarayoniga yaqin bo‘lgan qoidalar;

v) boshqa barcha normalar, ya’ni tashkil etish faoliyatini amalga oshirish jarayonining tartibini belgilab beruvchi normalar_.
D.N.Baxraxning fikricha, ma’muriy-protsessual huquq normalarini mazmuniga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin:


  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin