normalar.
Oxirgi guruh normalarinig mazmuni shundan iboratki, faoliyatning ma’lum bir tomonlarini protsessual normalar bilan tartibga solish, uning protsessual shaklga ega ekanligini anglatmaydi hamda bu faoliyat - protsessual faoliyat deb atalishi mumkin emas. V.D.Sorokin, normalarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ma’muriy-protsessual normalarni quyidagilarga
bo‘ladi:
Ma’muriy-protsessual normalar mazmunigako‘ra: iqtisodiyotvauningturlisohalaridavujudga keladigan ma’muriy-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;
ijtimoiy-madaniysohalardavujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;
d) ma’muriy-siyosiysohalardavujudga keladigan ma’muriy- protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi normalarga bo‘linadi. Ma’muriy-protsessual normalar tartibgasolishhajmigako‘ra: davlat boshqaruvining barcha sohalarida qo‘llaniladigan umumiy normalar;
yagona soha doirasida qo‘llaniladigan maxsus normalarga bo‘linadi.
Ma’muriy-protsessual normalar yuridik kuchiga ko‘ra turli darajadagi davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qoidalarga bo‘linadi. Masalan, qonunlarda ko‘rsatib o‘tilgan ma’muriy-protsessual normalar, ma’lum bir davlat organlarining (vazirlik, davlat qo‘mitasi) normativ hujjatlarida nazarda tutilgan normalarga qaraganda, yuqori yuridik kuchga ega.
Ma’muriy-protsessual normalar tatbiq etiladigan huquq subyektlaridoirasigako‘ra:
fuqarolarningxulq-atvorinibelgilab beruvchi normalar;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normalar;
turli mulk shakliga asoslangan korxona va muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi normalar;
tartibga soluvchi normalarga bo‘linadi.
Ma’muriy-protsessual normalar ma’muriy ish yuritishning turlarigaqarab: ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan normativ hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
davlatboshqaruvisohasidafuqarolarningvatashkilotlarning murojaatlaribo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
ma’muriy-huquqiy shikoyatlar va nizolar bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
rag‘batlantirish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
ruxsat berish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
litsenziya berish bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
ijroetishbo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalar;
davlat boshqaruvi sohasida intizomiy ishlar bo‘yicha ish yuritishni tartibga soluvchi normalarga bo‘linadi.
qiladigan normalar;
ma’lum bir hududlarda harakat qiladigan normalarga bo‘linadi.
Ma’muriy-protsessual normalar vaqt bo‘yicha harakatiga ko‘ra:
amalda bo‘lish muddati belgilanmagan, ya’ni tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinmaguncha harakatda bo‘ladigan normalar;
ma’lum bir muddatga mo‘ljallangan normalarga bo‘linadi. Demak, ma’muriy-protsessualnormalar— bu vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan, ijro etuvchi hokimiyat organla- rining o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yakka tartibdagi va aniq ishlarni hal etish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlarni
tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.
Ma’muriy-protsessual normalarni turli asoslarga ko‘ra guruhlarga bo‘lish, ya’ni tasniflash mumkin. Ularning barchasi umumiy maqsadga — davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonini o‘rnatishga va tartibga solishga qaratilgandir.