Ichki ishlar organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga quyidagimansabdorshaxslarhaqlidirlar: MJTK 113-moddasining 1-2, 4 va 5 qismlarida; 114-mod- dasida; 116-moddasining 1, 3 va 4-qismlarida; 121-123, 142, 144, 145-moddalari, 146-moddasining 1 va 2-qismlarida; 156, 183, 191, 204-205-moddalarida; 220-moddasining 3 va 4-qismlarida, 221, 223-225-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman, shahar, shahardagi tuman va transportdagi ichki ishlar bo‘limlari (boshqarmalari boshliqlari yoki ularning o‘rinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlari tizimidagi militsiyaning hududiy (transport) bo‘linmalari boshliqlari;
MJTK 113-moddasining 1-qismi, 114-moddasining 1- qismida; 115-moddasida; 121-moddasining 2-qismida, 122-123, 156, 183-moddalarida; 187-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish bo‘yicha ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari;
MJTKning 225-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining chet elga chiqish, kelish va fuqarolik bo‘limlari (boshqarmalari)ning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari
MJTKning 122, 123-moddalari, 127-moddasida (maqsad- siz ovozli signal berish qismida); 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining 1-qismi, 192, 221-moddalarida; 223- moddasining 1-qismida, 224-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlari;
MJTKning 125, 126-moddalari, 127-moddasining 1- qismida; 128-moddasining 1, 2 va 3-qismlarida; 1281-moddasining 1-qismida; 1282-moddasining 1 va 2-qismlarida; 129-moddasining
qismida; 130-moddasining 1-qismida; 131-moddasining 3- qismida; 135, 1351-moddalarida; 136-moddasining 3-qismida; 138-147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqar- masi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, yo‘l-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, alohida muhim ishlar bo‘yicha inspektor (ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektor), ma’muriy amaliyot bo‘linmasi (bo‘limi) boshlig‘i, uning o‘rinbosari, ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalari- ning texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘limi (bo‘linma) boshlig‘i, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining ma’muriy amaliyot bo‘yicha inspektori, ular yo‘qligida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;
MJTKning 125, 126-moddalarida; 127-moddasining 1- qismida; 128-moddasining 1, 2 va 3-qismlarida; 1281-moddasining 1-qismida; 1282-moddasining 1 va 2-qismlarida; 129-moddasining 1-qismida; 130-moddasining 1-qismida; 135-moddasining 1- qismida; 1351-moddasida; 138-moddasining 1 va 2-qismlarida; 147-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquq- buzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati brigadasi (batalyoni, divizioni, otradi, mobil guruhi) komandiri yoki uning o‘rinbosari;
MJTK 125-moddasining 1, 2 va 3-qismlarida; 126-mod- dasining 1-qismida; 127-moddasining 1-qismida; 128-moddasining 1-qismida; 1281-moddasining 1-qismida; 1282-moddasining 1 va 2-qismlarida; 129-moddasining 1-qismida; 135-moddasining 1- qismida; 1351-moddasida; 138-moddasining 1 va 2-qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — yo‘l-patrul xizmati katta inspektori (inspektori) va yo‘l harakati qoidalariga hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa normativlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar.