O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


O l t i n c h i b o ‘ l i m



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə136/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

O l t i n c h i b o ‘ l i m


DAVLAT BOSHQARUVIDA QONUNIYLIK VA INTIZOM




  1. bob

DAVLAT BOSHQARUVIDA QONUNIYLIK VA INTIZOMNI TA’MINLASH


1-§. Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash tushunchasi, mohiyati, usullari


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqib, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish uchun qonun ustuvorligini ta’min- lash alohida ahamiyat kasb etadi.


Demokratik davlatda qonun yuksak darajaga va nufuzga ega bo‘lmas ekan u ma’nosiz bo‘lib qoladi. O‘zbekiston Respublika- sining Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Qonunchilik va huquq-tartibot tantana qilmas ekan, huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi»1 .
Shunday ekan, qonunning chinakam ustuvorligini amalda ta’minlash uchun nimalar qilish zarur?
Sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘zining mashhur «Tuzuk- lari»da - davlatni boshqarish qoidalari haqida shunday bashorat qilgan edi: «Zaruriy tartibot va qonunlarga rioya qilish taqdirim va muvaffaqiyatlarimning negizi bo‘ldi».
Huquqiy davlatda qonun ustuvorligiga to‘liq amal qilinadi. Huquqiy kafolatsiz, biz barpo qilishga intilayotgan erkin fuqarolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Qonunlarning so‘zsiz amal qilishiga ishonchsizlik joylardagi ijroiya hokimiyatlar va huquqni muhofaza


1 Kapumoв И. А. ¤çáåkèñòîí – áîçîð ìóíîñаáаòлаðèãа уòèøíèíã уçèãа õîñ éулè // ¤çáåkèñòîí: ìèллèé èñòè³лîл, ñèëñаò, ìаôkóðа. T. 1. – T., 1996.
– 321-á.
qilish organlariga salbiy ta’sir qilib, ularni huquqiy nochor holatga solib qo‘yadi.
Qonuniylik huquqiy voqelik, huquqiy normalar qanday bajarilayotganligi, huquqiy tuzilmaning siyosiy asoslari boshqa ijtimoiy-siyosiy institutlar va siyosiy rejimlar bilan bog‘liqligi qay ahvolda ekanligi haqida tasavvur hosil qiladi. Ushbu tushuncha uch qoidani, ya’ni fuqarolarning qonun talablarini albatta bajarishi; jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotning qonuniy tartibi hamda qonuniylik nazariyasini o‘z ichiga oladi.
Qonuniylik nazariyasi, avvalambor, huquqiy ongda shakllanadi va huquqiy munosabatlarda qatnashadigan barcha shaxslarning qonun talablariga muvofiq harakat qilishi va biron-bir g‘ayriqo- nuniy harakatni amalga oshirmaslik talabiga bo‘ysunishni, shuning- dek subyektiv huquqlarning to‘liq ijro etilishini bildiradi.
Huquq-tartibot — jamiyatda huquqiy tartibni saqlash uchun davlat organlari, jamoatchilik tomonidan huquqiy normalarni hayotga tatbiq qilish faoliyatidir. Huquq-tartibotni amalga oshirishda hayotdagi mavjud axloq, odob, an’analar muvofiqligi ta’minlanadi. Huquq-tartibot davlat tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlar orqali tartibga solinadi.
Ma’lumki, qonuniylik huquq-tartibot bilan uzviy holda amalga oshiriladi. Huquq-tartibot jamoat tartibining bir qismi bo‘lib, faqat huquqiy normalarning amalga oshirilishi natijasida paydo bo‘ladi va kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy vositalar orqali tartibga soladi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro yoki fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlar huquq- tartibot, ya’ni huquqiy normalar orqali amalga oshirilib, qonuniylik mustahkamlanadi.
Bundan tashqari davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri - qonunlarga og‘ishmay rioya qilishni ta’minlashdir. Qonunlarga rioya etishning hamma uchun majburiyligi, uni buzishga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi huquq-tartibot va aholining huquqiy madaniyati, ongi darajasini yuksaltirish davlat huquq-tartibotni muhofaza etish funksiyasining mazmunini tashkil etadi.
Davlat ushbu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:
birinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish;
ikkinchidan, qonunlar ijrosini ta’minlash va ular ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
uchinchidan, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlar va erkin- liklar bilan ta’minlaydigan qonunchilikni yaratish;
to‘rtinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari tizimini shakllantirish;
beshinchidan, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash. Har qanday davlatning eng asosiy talabi - qonunlarni amalga oshirishga, qonunchilikni ta’minlashga safarbar etilgan kishilarning
qonunlarni aniq va og‘ishmay ijro etishidir_.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin