Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qarordan huquqbuzar, shuningdek, jabrlanuvchi shikoyat berishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) yoki ma’mu- riy ishlar bo‘yicha sudyaga, sudyaning ma’muriy ishlar bo‘yicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishi mumkin. Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi, shikoyat ma’muriy huquq- buzarlik ishi bo‘yicha qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs)ga yuboriladi va bu orada uch sutka ichida shikoyat ko‘rib chiqilib, so‘ng yig‘ma jildi bilan birgalikda qaytariladi. Ma’muriy jazo berish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha shikoyat bergan shaxsdan davlat boji olinmaydi.
Ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan shu qaror chiqarilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida shikoyat berilishi mumkin. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o‘tkazib yuborilgan taqdirda ustidan qaror chiqarilgan shaxsning arizasiga muvofiq bu muddat shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga
ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha chiqarilgan qaror yuzasidan prokuror tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi qarori ustidan — tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga; boshqa organ (mansabdor shaxs) qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.
Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi. Belgilangan muddat shikoyat berish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini shu shikoyat ko‘rib chiqilguncha to‘xtatib turadi, ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyda undirib olinadigan jarima solish hollari bundan istisno. Prokurorning e’tirozi bo‘yicha qarorning
ijrosi shu protest ko‘rib chiqilguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha chiqarilgan qaror yuzasidan bildirilgan protest va shikoyat agar qonunlarda boshqa hollar belgilangan bo‘lmasa, shikoyat va protest tushgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilishi, shu qarorning qanchalik qonuniy va asosli ekanligi tekshirilishi lozim.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki protest bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi MJTKning bobidagi qoidalar bilan belgilanadi.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha ish kassatsiya instansiyasi sudyasi tomonidan sud raisi topshirig‘iga binoan ko‘rib chiqiladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyati yoki bildirilgan protesti bo‘yicha hal qiluv qarori qaror shaklida chiqa- riladi va chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Tegishli organ (mansabdor shaxs) shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqib quyidagi hal qiluvchi qarorlaridan birini qabul qiladi:
1) chiqarilgan qarorni o‘zgartirmaydi, shikoyat yoki protestni qanoatlantirmaydi; 2) chiqarilgan qarorni bekor qilib, ishni qayta ko‘rib chiqish uchun yuboradi; 3) chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni ko‘rishni to‘xtatadi; 4) jazo chorasini o‘zgartiradi, lekin bunda jazo chorasi kuchaytirilishi mumkin emas.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqaril- gan qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun: organ (mansab- dor shaxs) tomonidan ishni to‘liq bo‘lmagan holda yoki bir tomonlama ko‘rib chiqilishi; organ (mansabdor shaxs) hal qiluv qarorining va O‘zbekiston Respublikasi MJTK Maxsus qismining qo‘llanilgan normalari va ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa normativ hujjatlar ishning faktik holatlariga mos kelmasligi; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qoida- larining jiddiy buzilishi; qo‘llanilgan ma’muriy jazoning adolatsizligi asos bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lmagan organ
(mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qaror bekor qilinadi, ish esa vakolatli organga (mansabdor shaxsga) ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqaril- gan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorida: u chiqarilgan vaqt va joy; shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs; prokuror va ishtirok etayotgan boshqa shaxslar; shikoyat bergan shaxs yoki protest bildirgan prokuror; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda shikoyat, protestning mohiyati; chiqarilayotgan qarorning asoslanishi; shikoyat yoki protest yuzasidan qaror ko‘rsatilishi lozim.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqaril- gan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir hal qiluv qarorining nusxasi o‘zi haqida ana shu qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuv-
chiga esa — uning iltimosiga binoan yuboriladi. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida prokurorga ma’lum qilinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rah- bari, prokurorning protesti bo‘yicha esa uni chiqargan organ tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 321- moddasi 2 va 3-qismlarida belgilangan asoslar bo‘yicha bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqaril- gan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga prokuror protest bildirishi mumkin.
Shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish, undirib olingan pul summalarini, haqi to‘lab olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarni qaytarib berishga, shuningdek ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarni bekor qilishga sabab bo‘ladi. Narsani qaytarib berish mumkin bo‘lmagan hollarda uning qiymati, basharti bu narsalar tadbirkorlik uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, boy berilgan foydasi ham qoplanadi.
Fuqaroni ma’muriy qamoqqa olish g‘ayriqonuniy ravishda qo‘llanilganligi natijasida yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.