O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə133/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

5-§. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish


Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish uchun tayyorlashda tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni hal etishi lozim.



    1. mazkur ishni ko‘rib chiqish o‘zining vakolat doirasiga kirish kirmasligi;

    2. ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligi;

    3. ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi;

    4. zarur qo‘shimcha materiallar so‘rab olingan-olinmaganligi;

    5. ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish shunday huquqbu- zarlik sodir etilgan joyda ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi MJTK 113-moddasining 5-qismida 119, 125-135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar transport vositalari ro‘yxatga olingan joyda ko‘rib chiqilishi ham mumkin. 187-moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar shunday huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki huquqbuzar istiqomat qiladigan joyida ko‘rib chiqiladi. Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar esa, ishni huquqbuzar istiqomat qiladigan joyda ko‘rib chiqadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa joyda ko‘rib chiqish ham mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida ishlar mazkur ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab, o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 170, 180, 181, 183,
184, 187, 194-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar bir sutka mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak; 164-moddaning 2-qismida, 201-205-moddalarida nazarda tutilgan ishlar uch sutka mobaynida, 61-moddada nazarda tutilgan ishlar besh kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibi MJTKning 306-moddasiga muvofiq, shu ishni ko‘ruvchi kollegial organning tarkibini e’lon qilish yoki mansabdor shaxsni tanishtirishdan boshlanadi. Ishni ko‘rib chiquvchi kollegial organning majlisida raislik qiluvchi yoki mansabdor shaxs: qanday ish ko‘rib chiqilishi lozimligini; ma’muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e’lon qiladi; ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquq va burchlarini tushuntiradi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani o‘qib eshittiradi. Majlisda qatnashuvchi shaxslarning axboroti tinglanadi, keltirilgan dalillar o‘rganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi. Ishni ko‘rib chiqishda prokuror qatnashgan taqdirda uning xulosasi tinglanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida tegishli organ (mansabdor shaxs): ma’muriy huquqbuzar- lik sodir etilgan-etilmaganligini; mazkur shaxsning o‘zi huquqbu- zarlik sodir etishda aybdor — aybdor emasligini; uning ma’muriy javobgarlikka tortilishi yoki tortilmasligini; javobgarlikni yengillash- tiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarning bor-yo‘qligini; mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini; shuningdek, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlab chiqishi lozim (MJTK 307-m.).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining «Ma’muriy huquq- buzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti haqi- da»gi 2000-yil 15- sentabr qaroriga asosan, ma’muriy huquqbu- zarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda mansabdor shaxs surishtiruv organi va sudyalar MJTKning 307-moddasida sanab o‘tilgan holatlar bilan birga huquqbuzarning shaxsi va ishni to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni har tomonlama va sinchkovlik bilan aniqlashlari shart.
Huquqbuzarlikning sodir etilganligi va bunda shaxsning aybdorligi masalasini muhokama qilishda sudya taqdim qilingan hujjatlar bilan chegaralanmasdan zaruratga qarab qo‘shimcha
dalillar talab qilish, huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan mansabdor shaxs, jabrlanuvchi va guvohlarni chaqirish, ekspertizalar tayinlash, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish va boshqa harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ko‘rib chiqilishi haqida tegishli organ tomonidan bayonnoma tuziladi. Bu bayonnomada:
1) majlis bo‘lgan sana va joy; 2) ishni ko‘rib chiquvchi organning nomi va tarkibi; 3) ko‘rilayotgan ishning mazmuni;

  1. ishda qatnashuvchi shaxslarning hozir bo‘lgan-bo‘lmaganligi;

  2. ishni ko‘rishda qatnashuvchi shaxslarning izohlari, ularning iltimoslari va bu iltimoslarning natijalari; 6) ishni ko‘rib chiqish paytida o‘rganilgan hujjatlar va ashyoviy dalillar; 7) qabul qilingan qarorni e’lon qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar va uning ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirilganlagi ko‘rsatiladi. Tegishli organ majlisining bayonnomasi majlisda raislik qiluvchi, kotib va ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqkan organ (mansabdor shaxs) shu ish yuzasidan qaror qabul qiladi. Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi: qaror chiqargan organ (mansab- dor shaxsning) nomi, ishni ko‘rib chiqish vaqti; ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs xususidagi ma’lumotlar; ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlangan holatlarning bayoni; sodir qilingan ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul qilingan qaror.
Agar ma’muriy huquqbuzarlik uchun MJTK 242-moddasi- ning 1,2,3,4-bandlarida ko‘rsatilgan organlar (mansabdor shaxs- lar) tomonidan jazo berish to‘g‘risidagi masalani hal qilish chog‘ida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal qilinadigan bo‘lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim bo‘lgan shu zararning miqdori, uning undirib olish muddatlari va tartibi ham ko‘rsatilishi lozim. Bundan tashqari, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo‘yilgan ashyolar va hujjatlar masalasi ham hal qilingan bo‘lishi kerak. Kollegial
organning qarori majlisda hozir bo‘lgan shu kollegial organ a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi. Qaror shu ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi, kollegial organning qarori esa majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi (MJTK 309-m.).
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim hollarda undirib olish chorasini qo‘llash to‘g‘risida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga tegishlicha yozib qo‘yiladi yoxud bu qaror belgilangan usulda rasmiylashtiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan organ ma’muriy jazo berish yoki ishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ishni tugatish to‘g‘risidagi qaror og‘zaki ogohlantirish e’lon qilinganda, shuningdek MJTKning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda chiqariladi.
Ishni ko‘rib chiqilganidan keyin qabul qilingan qaror darhol e’lon qilinishi kerak. Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi yoki jo‘natiladi, shuningdek, jabrlanuvchining iltimosiga ko‘ra unga ham yuboriladi. Qarorning nusxasi tilxat bilan beriladi. Qarorning nusxasi jo‘nati- lganda, bu haqda ish materiallari bo‘lgan yig‘majildga yozib qo‘yiladi. O‘qotar qurollar, shuningdek, o‘q-dorilar xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan ishonib topshirilgan yoki korxona, muassasa, tashkilot tomonidan vaqtincha foydalanish uchun berilgan shaxslar xususida MJTK 185-moddasi va 220-moddasining 1 va 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarning nusxasi axborot uchun tegishli korxona, muassasa yoki tashkilotga yuboriladi va mazkur shaxsning o‘qotar quroldan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqish uchun MJTK 312-moddasiga ko‘ra ichki ishlar
organiga yuboriladi.
MJTKning 61, 131, 140, 183, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga jazo berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar borasida shu huquqbuzarlar ishlab, o‘qib yoki yashab turgan joyga xabar qiladi (MJTK 312-m.).
Ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash chog‘ida mazkur sabab va shart-sharoitlarni yo‘qotish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli korxona, muassasa, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga havola etadi. Mazkur tashkilotlar va mansabdor shaxslar shunday taklif tush- gan kundan boshlab bir oy mobaynida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) ko‘rilgan choralar haqida ma’lum qilishlari kerak (MJTK 313-m.).



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin