Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni ijro etish davlat va jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Agar qonunlarda o‘zgacha holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab ijro etilishi lozim. Bunday qaror ustidan shikoyat yoki
protest bildirilgan taqdirda, bu qaror berilgan shikoyat yoki protest qanoatlantirilmagandan keyin ijro etilishi kerak. Ma’muriy huquq- buzarlik sodir etilgan joyning o‘zida jazo chorasini qo‘llash to‘g‘ri- sidagi qaror bundan mustasno. Jarima solish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror, MJTK 332-moddasining 1- qismida belgilab qo‘yilganidek, shu qarorni ixtiyoriy ravishda bajarish muddati o‘tib ketgandan keyin majburiy ravishda ijro etiladi. Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror asosan uni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ijro etiladi. Ma’muriy tartibda qamoqqa olish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. Bir shaxsga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi bir necha qaror chiqarilgan taqdirda, har bir qaror alohida-alohida ijro etiladi.
Ma’muriy tartibda qamoqqa olish yoki jarima solish (ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida jarima solish bundan mustasno) tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni darhol ijro etishning imkoni bo‘lmasa, shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) qarorning ijrosini bir oygacha muddatga kechiktirishi mumkin. Mazkur organ (mansabdor shaxs) quyidagi hollarda qarorning ijrosini to‘xtatishi mumkin: 1) umumiy afv e’lon qilinib, bunda ma’muriy jazo chorasini qo‘llash bekor qilingan bo‘lsa; 2) ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo‘lsa; 3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan taqdirda.
Ma’muriy jazo to‘g‘risida chiqarilgan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oy mobaynida ijro etilmagan bo‘lsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan taqdirda, uni ijro etish muddati shikoyat yoki protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatiladi. Qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda uni ijro etish kechiktirish muddati o‘tgunga qadar to‘xtatib turiladi. Qonunda ma’muriy huquqbuzarlikning ayrim turlariga oid ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish uchun uzoqroq muddatlar belgilab qo‘yilishi mumkin.
Bojxona kodeksiga muvofiq kontrabanda buyumlari, shuning- dek, davlat chegarasi orqali kontrabanda buyumlarini olib o‘tish yoki ularni yashirin keltirish uchun mo‘ljallangan tashish vositalari
va boshqa vositalar qachon topilganidan qat’i nazar, musodara qilinishi lozim (MJTK 330-m.).
Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning ijrosi bilan bog‘liq masalalar shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan hal qilinadi. Bunday qarorni to‘g‘ri va o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qarorni chiqargan organ (mansab- dor shaxs) zimmasiga yuklatiladi.
Ma’muriy jazo choralarining alohida turlarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish tartibi. Jarima huquqbuzar shaxs tomonidan, unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirilmay, agar bunday qaror yuzasidan shikoyat berilgan yoki protest keltirilgan taqdirda shikoyat yoki protest qondirilmaganligi xususida xabar berilgan kundan boshlab, o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim. Shaxs o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lib, mayda bezorilik qilsa va ish haqi olmasa, jarima uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Jarima huquqbuzar tomoni- dan tegishli bankka to‘lanadi.
Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to‘lamasa, jarima solish to‘g‘risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq uning ish haqi yoki boshqa maoshi- dan, pensiyasidan yoki stiðendiyasidan majburiy tartibda jarima undirib olish uchun yuboriladi. Agar jarima solingan shaxs ishla- mayotgan bo‘lsa yoki huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa maoshidan, pensiya yoki stiðendiyasidan ayrim sabablarga ko‘ra jarimani undirib olishning iloji bo‘lmasa, sud ijrochisi huquqbu- zarning mulkidan jarima undirib olish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Qonunlarga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undirib olinishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkdan jarima undirib olinmaydi.
Transport vositalarida kontrabanda buyumlari borligi aniqlansa va egalari respublikada doimiy joyiga ega bo‘lmasa, jarima Bojxona kodeksi qoidalariga muvofiq undirib olinadi. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyda undirib olingan taqdirda, huquqbuzarga belgilangan nusxada kvitansiya beriladi. Jarima solish
to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs)ga qaytarib yuboriladi.
«Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror asosida olib qo‘yilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma- vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kim oshdi savdosiga realizatsiya qilinadi».
Buyumni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risida chiqarilgan qaror asosida olib qo‘yilgan buyumlar shu qarorni chiqargan organlar (mansabdor shaxs) tomonidan vositachi do‘kon yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turgan joydagi shunday maqsad uchun maxsus belgilab qo‘yilgan davlat yoki boshqa savdo do‘konlariga sotish uchun topshiriladi. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarning haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yilgan buyumni sotishdan tushgan pullar, shunday qaror chiqargan organlar (mansabdor shaxslar) tomo- nidan shu buyumning sobiq egasiga topshirilib, bunda haq to‘lash sharti bilan olib qo‘yilgan buyumni sotish xarajatlari chegirib tashlanadi. Qonunda buyumlarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yishni ijro etishning boshqacha tartibi ham belgilab qo‘yilishi mumkin (MJTK 326-m.).
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli hisoblangan narsani yoki bevosita ma’muriy huquqbuzarlik narsasini musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasi quyidagilarga yuboriladi:
uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib keti- layotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsu-
lotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi (MJTK 337- 339-m.).
Maxsus huquqdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 340-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror MJTKning 248-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror MJTK 253- moddasining 2-qismida ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslar tomonidan ijro etiladi. Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror MJTK 261-moddasining 2-qismida ko‘rsatib o‘tilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
Transport vositalarini va kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror, agar haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxs hamda kichik kema haydovchisi barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa, guvohnomaga qo‘shib beriladigan talonni olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi. Agar shaxs transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa, bu to‘g‘rida haydovchilik guvohnomasiga va unga qo‘shib beriladigan talonga mazkur shaxs transport vositalarining qaysi turini yoki qanday kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etilganligini ko‘rsatib belgi qo‘yiladi. Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi esa kichik hajmli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi. Transport vositalarini boshqarish
huquqidan mahrum etilgan haydovchi o‘z guvohnomasini berishdan bosh tortgan taqdirda, uning haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan olib qo‘yiladi. Ov qilish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi. Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda
olib qo‘yadilar (MJTK 341-342-m.).
Muayyan muddatga transportni boshqarishdan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs o‘z ishiga halol munosabatda bo‘lsa va namunali axloqi bilan o‘zini ko‘rsatsa, jazo muddatining kamida yarmini o‘tagach, korxona, muassasa va tashkilot ma’muriyati iltimosi bo‘yicha bunday huquqdan mahrum qilish muddatini qisqartirish mumkin. Transport haydovchilari va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan hisoblanadilar. Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘tgach, shuningdek, bu muddat qisqartirilsa, shunday ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsga undan olib qo‘yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi. Transportni boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi o‘z haydovchilik guvohnomasini berishdan bosh tortsa, mahrum qilish muddati uning guvohnomasi majburiy olib qo‘yilgan kundan boshlanadi, lekin mahrum etish muddati tugashidan kechiktir- masdan hisoblanadi.
Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqarilgach darhol ijro etiladi. Ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan shaxslar ichki ishlar organlari belgilab qo‘ygan joylarda soqchilik nazoratida saqlanadilar. Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish chog‘ida qamoqqa olingan shaxs shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati ma’muriy qamoqqa olish mud- datiga qo‘shib hisoblanadi. Ma’muriy qamoqqa olish muddatini o‘tash qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. MJTKning 180, 183, 184-moddalarida, 187-
moddasining 2-qismida va 194, 201, 204-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etgani uchun ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar kuchidan jismoniy ishlarda foydalaniladi. Bunday shaxslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish hokimliklar zimmasiga yuklatiladi.
Ma’muriy qamoqda olingan shaxslarga qamoqda bo‘lgan vaqtida doimiy ish joyidagi ish haqi to‘lanmaydi (MJTK 346-m.).
O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning saqlash xarajatlarini undirish to‘g‘risida»gi 1995 yil 6 may qonuniga asosan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qaroriga binoan saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlar sutkasiga eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida undirib olinadi.
Qamalgan shaxs ma’muriy qamoqda bo‘lgan vaqtida ishlagan va bu bilan o‘zini saqlab turish xarajatlarini qoplagan hollarda, undan bu kabi xarajatlar undirib olinmaydi. Ma’muriy qamoqqa olinganlar mehnatga layoqatsiz bo‘lsalar, ular ham bu xarajatlarni undirishdan ozod qilinadilar.
Ayrim hollarda, sudya aniq holatlarni va qamalganning shaxsini hisobga olib, uni mazkur xarajatlarni to‘lashdan ozod qilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik ishi yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi va bu qism ijro etish hujjati hisobla- nadi. Mulkiy zarar huquqbuzar tomonidan unga qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak, bunday qaror xususida shikoyat yoki protest berilgan taqdirda shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi haqida murojaat qilingan kundan boshlab, o‘n besh kundan kechiktirilmay to‘lanadi. Agar bu talab ana shu belgilangan muddatda bajarilmasa, bu qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqa- sidan yoki stiðendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish deganda nimani tushunasiz?
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish tartiblarini tushuntiring.
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishning qanday prinsiðlari mavjud?
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishning umumiy qoidalari tushuntiring.
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishni ta’minlash choralari deganda nimani tushunasiz?
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi haqida so‘zlab bering.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi turlari haqida tushuntiring.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan qanday organlar (mansabdor shaxslar) kiradi?
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalarning vakolatlari qanday?
10 Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda tuman markazidan olisda va borish qiyin bo‘lgan yerdagi shaharcha, qishloq va ovullardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida tuzilgan ma’muriy komissiyalarning vakolatlari qanday?
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalarining vakolatlari nimalardan iborat?
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda ichki ishlar organlarining vakolatlari nimalardan iborat?
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar kimlar?
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini tushuntiring.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish va protest bildirish tartibi haqida so‘zlab bering.
Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish jaryonini tushuntiring.
Ma’muriy jarima va huquqbuzarlik sodir etish quroli hisoblangan narsa yoki shunday ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yishga qanday hollarda yo‘l qo‘yiladi?
Dostları ilə paylaş: |