Prokuror nazorati:
qonunlarga rioya etilishi ustidan umumiy nazorat;
huquq-tartibot idoralarining ijro etish faoliyati ustidan nazorat;
dastlabki tergov idoralari faoliyati ustidan nazorat;
jazoni ijro etish idoralari faoliyati ustidan nazortni tashkil etadi.
Ma’muriy nazorat:
yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari;
yong‘in xavfsizligi xizmatlari;
sanitariya va epidemiologiya idoralari;
veterinariya idoralari;
tabiatni muhofaza qilish idoralari va hokazolar tomonidan amalga oshiriladi.
Sud organlarining kontroli - jinoiy, ma’muriy, fuqaroviy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
Jamoatchilik kontroli:
siyosiy partiyalar;
jamoat tashkilotlari;
o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
kasaba uyushmalari;
ijodiy uyushmalar;
faxriylar va yoshlar tashkilotlari;
olimlar, yozuvchilar va boshqa jamiyatlar va hokazolar tomonidan olib boriladi.
2-§. Davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashda fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlarining
o‘rni va ahamiyati
Fuqaroning davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mulk- chilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilot- larga murojaat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro- larning murojaatlari to‘g‘risida»gi 2002-yil 12-dekabr va
«Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti- harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risidagi» 1995 yil 30 avgust qonunlari bilan belgilangan.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘ruvchi davlat organlari va muassasalari doirasi kengdir, ularga Oliy Majlis, uning doimiy qo‘mita va komissiyalari, maxsus masala yuzasidan tuzilgan komissiyalari; Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman); Markaziy saylov komissiyalari (okrug va uchastka saylov komissiyalari); O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (Prezident devoni), Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, qo‘mitalar va boshqa markaziy muassasalar; Konstitutsiyaviy sud, odil sudlov organlari, xo‘jalik sudlari, ularning tarkibiy va tarmoq tuzilmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari; mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilot va muassasalar; jamoat birlash- malari - ya’ni: siyosiy partiyalar, turli jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari kiradi. Bularning har biri o‘z vakolati doirasida fuqarolarning murojaatlarini hal qiladi.
Shuning uchun fuqaro murojaat qilganda qaysi organ yoki tashkilotga murojaat qilishi zarurligini, o‘z murojaatini qaysi organ yoki tashkilotda qoniqarli hal qilinishi mumkinligini bilishi muhimdir. Shunda ko‘pgina quyi organ yoki tashkilotlarni chetlab o‘tib, bir yo‘la yuqori organlarga murojaat qilinmaydi. Quyi organlarni chetlab o‘tib, yuqori idoralarga murojaat qilish esa ularni o‘z asosiy vazifalarini bajarishdan chalg‘itishi mumkin.
Qonun fuqarolarning yuqori idora va tashkilotlarga murojaat qilish huquqini amalga oshiruvchi qoidalarni, murojaat qilish tartiblarini va murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini aniq belgilab, fuqarolarga o‘z murojaatlari yuzasidan tezlik bilan
malakali, ishonchli javob olishlarini, qo‘yilgan talablarning qondirilishini ta’minlaydi.
Fuqarolarning murojaatlarini davlat va jamiyat hayotida, fuqarolarning shaxsiy hayotida tutgan o‘rni huquqiy jihatdan aniqlab berilgan. Mazkur moddaning matnida dastlab ko‘zga tashlanadigan narsa - fuqarolarning murojaatlariga ularning davlat va jamoat ishlarida ishtirokini ta’minlovchi vosita sifatida qaralishidir. Demak, murojaatlar faqat alohida shaxsning manfaati bilan cheklanmaydi, ular shaxsning faqat iqtisodiy manfaatlari va buzilgan huquqlarini tiklash vositasi bo‘lib qolmay, balki demokra- tiyaning ham tarkibiy qismidir. Qaysi mamlakatda fuqarolarning murojaatlariga munosabat qandayligiga qarab, shu mamlakatda demokratiyaning amal qilishi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Fuqarolarning turli organ va tashkilotlarga murojaat qilish huquqi yangi narsa bo‘lib qolmay, u uzoq tarixga taqaladi. Ba’zi davrlarda murojaatlarga faqat shaxslarning haq-huquqlarini himoya qilish vositasi deb qaralgan. Demokratiyaning davlat hayotida keng o‘rin egallashi natijasida murojaatlar yangi xususiyat kasb etdi, ya’ni ular fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish vositasi darajasiga ko‘tarildi. Murojaatlarning ahamiyati ayniqsa huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan mamlakatlarda kuchaydi. Fuqarolar o‘z murojaatlari orqali davlat va uning organlari faoliyatiga, qonunchilik, qonuniylik va huquq-
tartibotni mustahkamlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar.
Murojaatlar orqali fuqarolar o‘zlariga Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan huquqiy hujjatlar orqali berilgan huquq va erkinlik- larni ro‘yobga chiqaradilar. Davlat organlari va turli tashkilot, korxona, muassasalarga murojaat qilish natijasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalash tegishli organ va idoralardan, mansabdor shaxslardan talab etiladi. Natijada huquq va manfaat buzilishining oldi olinadi, agar ular buzilgan bo‘lsa - tiklanadi.
Fuqarolar faqat o‘zlarining manfaatini ko‘zlab emas, balki boshqa shaxslarning: oila a’zolari, qarindoshlari, jamoa a’zolari hamda tashkilotlarining manfaatini ham ko‘zlab murojaat qilishlari mumkin. Bu qoidaning ayniqsa, yordamga muhtoj, qonun- qoidalarni yaxshi anglamaydigan shaxslarning huquqiy manfaat-
larini himoya qilishda ahamiyati katta. Fuqarolar o‘zlari mehnat qilayotgan tashkilotlar manfaatini himoya qilib ham tegishli organlarga murojaat qilishlari mumkin. Chunki shaxsiy manfaat bilan umumiy manfaatda mushtaraklik bo‘lgandagina tashkilot ham, xizmatchi ham manfaat ko‘rishi mumkin.
Murojaatlar idora va tashkilotlarga yakka tartibda - shaxsan, yoki jamoa (guruh) bo‘lib berilishi mumkin. Yakka tartibdagi murojaatlarda asosan shaxsiy manfaat ilgari surilsa (shikoyat va arizalarda), ma’lum guruhlar (jamoa) murojaatlarida ko‘pchilik manfaatiga taalluqli, ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan masalalar ilgari suriladi.
Murojaatlarning turlari yozma yoki og‘zaki bo‘lishi mumkin. Ba’zi murojaatlar faqat yozma bo‘lishi belgilangan. Masalan, ishga kirish, ishdan bo‘shash, ism va familiyani o‘zgartirish, fuqarolikka qabul qilish haqidagi va boshqalar. Ayrim murojaatlar esa og‘zaki tartibda bo‘lib, ular tegishli organlarda shaxsan qabul qilinganda aytiladi. Lekin ular mazmuni ham tegishli idoralardagi maxsus qaydnomalarda qayd qilinadi. Fuqarolar murojaatlarini ommaviy axborot vositalari orqali ham bayon qilishlari mumkin. Qonunga asosan fuqarolar murojaatlarining uch turi mavjud bo‘lib, bular: taklif, ariza va shikoyatdir.
O‘zbekistonda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonunlar bilan birga, alohida murojaatlarni, ayrim davlat organlarida ko‘rish tartibini boshqa qonunchilik hujjatlari ham belgilaydi. Masalan, fuqarolikni qabul qilish haqidagi arizalarni ko‘rish tartibi, «Fuqarolik to‘g‘risida»gi qonunning 33— 40-moddalarida belgilangan.
Ayrim masalalar va alohida shaxslarning harakatlari ustidan shikoyat qilish va shikoyatni ko‘rib chiqish qoidalari alohida qonunlar bilan tartibga solinadi. Masalan, surishtiruv, tergov organlari ularning harakatlari ustidan, sudning ajrimi, qarori va hukmi ustidan shikoyat qilish va shikoyatni ko‘rish taklif, ariza, shikoyatning nimaga qaratilishi, bir-biridan farqi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 194— 196, 302— 307-moddalarida belgilangan.
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, saylov to‘g‘risidagi qonunlarda saylovchilarning o‘z saylov huquqlarini himoya qilib, shikoyat berish huquqi ko‘rsatilgan. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 32-moddasi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risi- da»gi qonunning 31-moddasi, «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasida saylovchilarning saylov ro‘yxatidagi noaniqlik bo‘yicha shikoyat qilish huquqi va uni ko‘rishning alohida tartibi belgilangan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 23-moddasiga binoan «O‘zbe- kiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi». Xalqaro huquq normalariga asosan esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari ham O‘zbekiston Respublikasida normal hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan huquqlardan foydalanadilar. Shuning uchun ular o‘z huquqlarini ta’minlash, ro‘yobga chiqarish uchun tegishli idora va muassasalarga hech qanday moneliksiz murojaat qilishlari mumkin. Amaldagi qonunchilik hujjatlari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham murojaat qilish huquqini beradi. Xorijiy mamla- katlar fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi xalqaro shartnoma va bitimlar, ikki tomonlama kelishuvlar asosida belgilani- shi ham mumkin. Agar shunday hujjatlar bo‘lmasa, bunday fuqarolarning murojaatlari ham qonunlarda belgilagan tartiblarda ko‘rib hal qilinadi.
Mamlakatimizdagi har bir fuqaroning sudga murojaat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy huquqi bo‘lib, shu bilan birga bu huquq va erkinliklarning eng ishonchli va samarali kafolati hamda huquqiy davlatning muhim shartidir.
O‘zbekistonda fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining belgilanishida BMT tomonidan qabul qilingan, - «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» talablariga to‘la amal qilindi. Ana shu hujjatning 8-moddasida «Har bir inson, mabodo, uning konsti- tutsiya yoki qonun kafolatlab qo‘ygan asosiy huquqlari buzilgudek bo‘lsa, nufuzli milliy sudlar tomonidan o‘z huquqlarining samarali
tarzda tiklanishi, huquqiga egadir» - deb qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida «Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organ- lari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolat- lanadi», - deb belgilash bilan yuqoridagi xalqaro hujjat qoidasi rivojlantirilib, aniq bir mamlakat doirasida shu qoidaning amal qilishiga huquqiy asos yaratildi. «Sudlar to‘g‘risidagi» qonunning 4, 8-moddalarida fuqarolar erkinliklari va manfaatlarini har qanday tajovuzdan himoya qilish borasida sud organlarining vazifalari belgilangan. Mazkur qonun esa konstitutsiyaviy va boshqa qonun normalarining amalda o‘z o‘rnini topishiga qaratilgan.
Fuqarolarning sudga shikoyat qilishi uchun davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki qonunga zid qaror va boshqa hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shikoyat berish uchun shunday xatti-harakatlar yoki qonun- chiliikka zid ravishda qabul qilingan hujjatlar bo‘lishi kerak. Ba’zi hollarda qonunga zid xatti-harakat yoki hujjatlar bo‘lmasa ham shikoyat qiluvchining haqiqiy ahvolni, qonun-qoidalarni bilmasligi shikoyat qilishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday shikoyatlar asossiz hisoblanadi.
Nima uchun aynan sudga shikoyat qilish shaxsning huquq va erkinliklarining kafolati hisoblanadi?
Chunki sud organlari, Konstitutsiyaga asosan boshqa davlat hokimiyati organlaridan, jamoat birlashmalaridan holi, mustaqil harakat qiluvchi va faqat qonunga bo‘ysunuvchi organdir. Sud organlari fuqarolarning davlat organlari, mansabdor shaxslar tazyiqidan himoya qilish qobiliyatiga egadir. Ular shikoyatlarni ko‘rishda har qanday manfaat, idora manfaatlaridan holi ravishda faoliyat ko‘rsatadi. Boshqa davlat organlari (bo‘ysunish asosida) ish ko‘rganda, ba’zan idora manfaati ta’siridan chetga chiqib keta olmasligi mumkin. Sud organlarida esa bunday ta’sir bo‘lmaydi, chunki ular mustaqildir. Shuning uchun bo‘ysunish tartibiga asoslangan davlat organlarida shikoyatlarning adolatli hal qilinish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.
Qonun faqat O‘zbekiston fuqarolarini sudga shikoyat qilish huquqinigina emas, balki chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ham sud organlariga o‘z huquqlari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishlari murojaat qilish huquqini belgilagan. Xalqaro shartnomalar yoki bitimlar bilan boshqacha hol, tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, chet el fuqarolari ham O‘zbekiston fuqarolari kabi sudga murojaat qilishlari mumkin. Demak, shikoyatni sudda ko‘rishni rad etish uchun chet el fuqarosi bo‘lish yoki fuqarolikka ega bo‘lmaslik asos bo‘la olmaydi. Chunki ular ham respublikamiz ijtimoiy hayotida bevosita ishtirok etadilar. Shunday ekan, ularning huquq va erkinliklari ham himoya qilinishi zarur. Bu esa insonparvarlik g‘oyasining amaliy ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish chorasini yanada kengaytirish masalasi ko‘tarildi. Xususan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilish sohasini imkon qadar kengaytirish darkor. Vaholanki, ayrim tarmoq qonunlarida huquqlari poymol etilgan fuqarolarning shikoyatlarini sudlov yo‘li bilan emas, ma’muriy yo‘l bilan ko‘rib
chiqish tartibi ham uchraydi.
Albatta, bu hol Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga va Konstitutsiyamiz talablariga ziddir. Fuqaro, agar uning qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari poymol etilgan taqdirda, har qanday masala bo‘yicha himoya uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmog‘i darkor.
Fuqarolarning sudga shikoyat berishiga yoki shikoyatni vujudga keltiruvchi sabablar davlat organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlar, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari hisoblanadi. Bunday xatti-harakat (qaror) mansabdor shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yoki kollegial ravishda sodir etilishi mumkin.
Sudga shikoyat qilishda xatti-harakat yakka tartibda sodir etilganmi, kollegial ravishdami, buning farqi yo‘q.
Lekin bir narsaga e’tibor berish kerak, faqat vakillik organlari, jumladan, mahalliy xalq deputatlari kengashlarining qarorlari ustidan shikoyat qilinmaydi. O‘zbekiston Respublikasining
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi 1993 yil 2 sentabr qonunining 28-moddasiga ko‘ra faqat hokim qabul qilgan qaror va boshqa hujjatlar ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqi belgilangan. Vakillik hokimiyati organlari hujjatlarining qonuniyligini tekshirish, qonunsiz hujjatlarni bekor qilish huquqi esa konstitutsiyaviy sudga taalluqlidir.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar yoki mansabdor shaxs- larning xatti-harakati, qarori tufayli qanday oqibat vujudga kelganda sudga shikoyat qilish sabablarini uch guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |