O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə140/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Birinchidan, tegishli organlar va mansabdor shaxslardan shikoyatni xolisona va qonuniy hal qilish uchun zarur bo‘lgan turli ma’lumotlarni (hujjatlar, ma’lumotnomalar) talab qilib oladi. Sud shikoyatlarni qonuniy hal qilishga nafi tegadigan har qanday materiallarni talab qilishga haqli va bu talab qondirilishi shart.
Ikkinchidan, shikoyat qiluvchilarning iltimosi yoki o‘z tashabbuslari bilan shikoyat qilinishiga sabab bo‘lgan xatti-harakat (qarorlar) ijrosini amalga oshirishni vaqtincha, ya’ni ish sudda ko‘rilib, tegishli qaror qabul qilinguncha to‘xtatib turish masalasini hal qiladi. Masalani hal qiladi, degani, xatti-harakat (qaror) to‘xtatib turiladi, degani emas. Bu sudning huquqi; lozim topsa to‘xtatib turadi, lozim topmasa to‘xtatmaydi. Bunda masala har bir shikoyatga alohida yondashuv orqali hal qilinadi. Lekin sudda shikoyat ko‘rilib hal qilingunicha, xatti-harakat (qaror) to‘xtatib turilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fuqarolar murojaatlarining ma’lum qismini takliflar tashkil etadi. Takliflar fuqarolar murojaatlarining alohida va mustaqil turi bo‘lib, u o‘z mohiyati, mazmuni va maqsadi bo‘yicha murojaatning boshqa turlaridan farq qiladi.
Taklif fuqarolarning asosan ijtimoiy xususiyatga ega murojaatlari bo‘lib, unda birinchidan, qonunchilikni, huquq-tartibotni u yoki bu davlat organlari, korxona, tashkilot, muassasa, jamoat birlashmalarining faoliyatini, tarkibiy tuzilishini takomillashtirish zarurligi haqida mulohazalar bayon qilinsa, ikkinchidan, bu borada aniq taklif va tavsiyalar beriladi.
Taklifning asosiy maqsadi qonunchilik, davlat idoralari, ja- moat birlashmalarining faoliyatini yaxshilash orqali fuqarolar o‘z manfaatlarini himoya qiladilar hamda huquq va erkinliklarining to‘laroq amalga oshishiga erishadilar. Demak, taklif ijtimoiy, umumiy xarakterga ega murojaat bo‘lsa-da, ulardagi tavsiyalar,
mulohazalarning amalga oshishi, har bir shaxsning manfaatlarini, huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlashga, huquq buzilishining oldini olishga, buzilgan huquqlarning qayta tiklanishiga imkoniyat yaratadi. Takliflarda mamlakat aholisiga taalluqli ayrim ijtimoiy- iqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish, mamlakat rivojlanishiga faol ta’sir qilish maqsadi aks etadi va bundan fuqarolar ham, davlat ham manfaatdordir.
Takliflarni o‘rganish, umumlashtirish natijasida davlat idora- lari, jamoat birlashmalari va korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatidagi ayrim kamchiliklar bilan birga ularni keltirib chiqa- ruvchi sabablar ham aniqlanadi.
Tegishli idoralarning fuqarolarning takliflariga e’tibor bilan qarashi, undagi tavsiyalardan foydalanishi davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini yaxshilashga, qonunchilikni takomillashtirishga, huquq-tartibotni mustahkamlashga va pirovard natijada xalqning turmush sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolar oldida davlatning obro‘si oshishiga, davlat bilan fuqaro o‘rtasida yaxshi munosabat o‘rnatilishiga, ishonchning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot va muassasalarning vazifasi, burchi - har qanday takliflarni sinchik- lab, har tomonlama ko‘rib chiqishdir. Agar taklifda fuqaro taklif natijasini ma’lum qilishni iltimos qilgan bo‘lsa, albatta natija murojaat qiluvchiga xabar qilinishi kerak. Har qanday taklifdagi tavsiyalarni albatta shu vaqtda hayotga tatbiq qilish imkoni bo‘lavermaydi, ana shunday holda ham taklif kirituvchiga nima uchun taklifni qo‘llash imkoniyati bo‘lmaganligi haqida batafsil
ma’lumot berish fuqarolar, shaxsga nisbatan e’tibor belgisidir. Fuqarolik jamiyatini qurish maqsad qilib qo‘yilgan respub-
likamizda fuqarolarning takliflari alohida ahamiyatga ega, chunki bu vosita orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarida keng va bevosita ishtirok etadilar, boshqaruv faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatadilar. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib hal qilishning aniq mud- datlari qonun bilan belgilanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki busiz murojaatlarni hal qilish muddati cho‘zilib ketishi, fuqarolar o‘z iltimos va talablariga zarur paytda javob ololmasligi, huquq
buzilish hollarida esa huquqlarning tiklanishini kechiktirib yuborishi mumkin.
Talab va iltimoslar, takliflar, zudlik bilan hal qilinmasa, o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ba’zi iltimos, talab va takliflar uzoq muddatlarda hal qilinishidan murojaat qiluvchilar manfaatdor bo‘lmay qoladilar. Shuning uchun qonunda murojaatlarni ko‘rishning fuqarolar manfaatiga zid kelmaydigan va har qanday murojaatni davlat organlarida atroflicha hal qilish imkoniyatini yaratuvchi muddat belgilangan.
Muddat belgilashda murojaat turlarini ham e’tiborga olish kerak. Fuqarolarning har qanday takliflari bir oy ichida hal etilib, natija taklif kiritgan shaxsga ma’lum qilinishi kerak. Agar takliflarni hal qilish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa va ularni o‘rganish zarurati tug‘ilsa, unda taklifni ko‘rib chiqish muddati vakolatli shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin. Bu haqda murojaat qiluvchi shaxs albatta xabardor qilinishi lozim.
Ariza va shikoyatlar tegishli idora va tashkilotlarga tushgan vaqtdan boshlab asosan 15 kun ichida hal qilinadi, ular qo‘shimcha o‘rganish va tekshirishni talab qilsa, u holda bunday ariza va shikoyatlar tushgan vaqtdan boshlab bir oy ichida hal qilinadi. Ariza va shikoyatlarni hal qilishni 15 kunlik muddatdan bir oylik muddatga o‘tib hal qilinishini vakolatli shaxs yoki organ belgilaydi. Bu holda murojaat qiluvchi shaxsni xabardor qilish shart emas.
Agar ariza va shikoyatlardagi masalalar murakkab bo‘lsa, uni hal qilish uchun maxsus tekshiruvlar o‘tkazish, unga mutaxassis- larni jalb qilish, turli joylardan qo‘shimcha hujjatlar, ma’lumotlar olish zarurati, hal qilish uchun bir necha organ, tashkilotlarning ishtiroki kerak bo‘lsa, vakolatli shaxs ariza va shikoyatni ko‘rib hal qilish muddatini istisno tariqasida uzaytirishi mumkin. Bunday vaqtda ham, shunday qaror haqida ariza yoki shikoyat bergan shaxs xabardor qilinishi, sabablari ko‘rsatilishi kerak. Uzaytirilgan muddat bir oydan oshmasligi kerak. Shunday holda ariza va shikoyatni ko‘rib hal qilishning umumiy muddati ikki oydan oshmaydi.
Har qanday murojaatni hal qilish muddati uning kelib tushgan kunidan hisobga olinadi, shuning uchun murojaatlar
tushgan vaqtni o‘z vaqtida va aniq qayd etish katta ahamiyatga ega. Bunda davlat idora va tashkilotlarida murojaatlarni qabul qiluvchi xodimlarning mas’uliyati muhim rol o‘ynaydi. Rahbarlar murojaatlarni hal qilish bilan birga ularni tezlikda, aniq qayd etilishini ham nazorat qilishlari kerak. Murojaat qiluvchi shaxs murojaatning bir nusxasiga mas’ul xodimning uni olgan vaqtini ko‘rsatib imzo chektirib olishi murojaatlarning o‘z vaqtida qayd etilishini ta’minlovchi vosita bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari pochta qaydlari, hujjatlari ham murojaatlarning o‘z vaqtida qayd etilishida muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘rinib turibdiki, taklif, ariza va shikoyatlarni ko‘rish muddatida farq bor. Shuning uchun ular alohida-alohida qayd etilishi, ularda taklif, ariza va shikoyatning farqi aniq bilinib turishi kerak. Shunda ularni ko‘rish muddati buzilmaydi va murojaatlar umumiy tahlil qilinayotganda aniq ma’lumot mavjud bo‘ladi.
Turli idora va muassasalarda murojaatlar bilan ishlashning ma’lum tartiblari, jarayonlari o‘rnatilgan. Ular ichki tartib- qoidalarni belgilovchi hujjatlarda o‘z aksini topgan. Ayniqsa, turli idoralarda murojaatlar bilan ishlash sohasiga kompyuterlar va boshqa texnika vositalaridan samarali foydalanish fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yaxshi yo‘lga qo‘yishga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarida ba’zi organlarda murojaatlarni alohida ko‘rib hal qilishning boshqacha muddatlari ham belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi qonunning 32-moddasida («Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 31-moddasida) saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqliklar to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilinganda, bu komissiya arizani 24 soat ichida ko‘rib chiqib, ariza bayonini qondirishi yoki rad etishi belgilangan.
«O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunning 40-moddasida fuqarolik masalalariga oid arizalarni yoki taqdimnomalarni ko‘rib chiqish muddati bir yildan oshmasligi kerakligi belgilangan. Surishtiruv, tergov organlarida ham murojaatlarni ko‘rish muddatlari boshqacha belgilangan.
«Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti- harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi
qonunda ham sudlarda murojaatlarni ko‘rishning alohida muddatlari belgilangan. Unga ko‘ra fuqarolar yoki ularning vakillari o‘z huquq va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan kundan boshlab, uch oy ichida sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Fuqaro sudga murojaat qilishdan avval tegishli idora va mansabdor shaxslarga shikoyat bilan murojaat qilgan bo‘lsa-yu, ulardan o‘z shikoyatini qondirishga rad javob olgan bo‘lsa, yozma bildirish olgan kundan boshlab bir oy ichida sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Bunda yozma xabar haqidagi ma’lumot aniq bo‘lishi kerak.
Fuqaro o‘z shikoyatiga yozma javob olmagan bo‘lsa, tegishli organlarga shikoyat bergandan keyin bir oy o‘tgan kundan boshlab, bir oy muddatda sudga shikoyat berishi mumkin.
Har qanday hollar uchun belgilangan muddatlar o‘tkazib yuboril- ganda, sud uzrli deb topsa, muddatlarni tiklashi mumkin. Qanday holatlarni uzrli deb topish sud tomonidan hal qilinadi.
Ariza - fuqarolarning ularga qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan berilgan huquq va erkinliklarini amalga oshirilishini iltimos, talab qiluvchi murojaatdir. Arizalar orqali fuqarolar qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga intiladilar.
Ma’lumki, fuqarolarning qonunlarda belgilangan ayrim huquq va erkinliklari, manfaatlari hech qanday murojaatsiz, fuqaroning tug‘ilishi bilan yoki ma’lum yoshga yetganidan so‘ng avtomatik tarzda ro‘yobga chiqadi, amalga oshadi. Masalan, shaxsiy huquqlari

  • yashash huquqi, daxlsizlik huquqi, saylov huquqi va boshqalar. Shunday huquqlar ham borki, ularni amalga oshirish uchun qo‘shimcha tegishli idoralarga murojaat qilish zarur. Masalan, ishga kirish, ishdan bo‘shash, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirish va boshqalar. Ana shunday subyektiv huquqlarni ro‘yobga chiqarish uchun ariza talab qilinadi.

Fuqarolar Konstitutsiyaga asosan mehnat qilish huquqiga ega bo‘lsa-da, uni amalga oshirish uchun albatta ariza bilan tegishli organ, tashkilot, korxona, muassasaga murojaat qilishlari shart. Xuddi shuningdek, pensiya olish huquqiga xam fuqarolar shu huquqdan foydalanish uchun ariza bilan murojaat qilishlari kerak. Ba’zi arizalarda u yoki bu organ, tashkilot, korxona va muassasalarda, jamoat birlashmalarida, ma’lum kamchilik, qonun
buzilishlari haqida xabarlar ham bo‘lishi mumkin. Bunda arizaning taklifdan farqi shundaki, arizada qo‘yilayotgan masalani hal qilish yo‘llari ko‘rsatilmaydi, taklif-tavsiyalar bayon qilinmaydi.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, tashkilot va muassasalarga tushadigan arizalarning xususiyatiga qarab ularni tegishli guruhlarga bo‘lish mumkin. Bular, ariza — talablar, ariza

  • iltimoslar, ariza - xabarlardir.


Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin